Hindiston qishloqlaridan birida yashovchi 88 yoshli qariya Virmar Jat yaqinda o‘g‘il ko‘rdi.
Aytishlaricha, bu xotini uchinchisi bo‘lib, o‘zidan naq qirq besh yosh kichik.
— Birinchi xotinim farzandli bo‘lmadi, — deydi qariya. — Bir kuni uning o‘zi menga xotin izlab, ikkinchi marta uylantirib qo‘ydi. Ammo u ham bepusht ekan. Shundan so‘ng ikkinchi marta hozirgi xotinimni topdi. Undan o‘n besh yil burun qiz ko‘rganman. Baribir o‘g‘il boshqa-da! Niyat qilib qo‘ygandim, xotinim egizak tug‘di-yu, biri vafot etdi. Shunisigayam shukur. Biroq bir narsani aytib qo‘yayki, Xudodan yana bir farzand tilayman.