“Forbes” jurnali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa Anjelina Joli 100 nafar eng obro‘li mashhurlar orasida yetakchisi sanaladi.
Joli ikki yildan beri ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab kelayotgan amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfrining joyini egalladi. Eri Bred Pitt esa ro‘yxatning to‘qqizinchi qatoriga ilindi.
Ilk o‘ntalikda Madonna, Beyons Noulz, golfchi Tayger Vuds, musiqachi Bryus Springstin, rejissyor Stiven Spilberg, aktrisa Jennifer Eniston va basketbolchi Kobi Brayant ham bor.
Barak Obama “Forbes”ning yulduzlar reytingidan joy olgan birinchi prezident bo‘lsa-da, atigi 49-o‘rinda turibdi. Ammo OAVda nomining tilga olinishi bobida unga yetadigani yo‘q.