Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июнь » 16 » TEST
|
SIZNI “ILINTIRISH” OSONMI?
Hozirgi ayollarimiz garchi zamonaviylashib ketgan bo‘lishsa-da, ba’zi hollarda baribir ayolliklariga borib, erkaklarning qarmog‘iga osongina ilinib qolishadi. Xo‘sh, siz-chi? Quyidagi test orqali o‘zingizni tekshirib ko‘ring. Eslatib o‘tamiz, har bir savolga atigi ikkitadan javob mavjud. Ular sizning shartlaringizga to‘liq javob bo‘lmasligi ham mumkin. Shuning uchun o‘zingizga ma’qulroq javobni tanlaysiz.
1. Agar ko‘chada notanish erkak sizga xushomad qilsa, qanday munosabat bildirasiz?
A) Qadamimni tezlatib undan uzoqlashib ketaman. (1 ball)
B) Unga javoban jilmayib qo‘yaman. (0)
2. Quyidagi aktyorlardan qay biri sizga ko‘proq yoqadi?
A) Tesha Mo‘minov. (1)
B) Yoqub Ahmedov. (0)
3. Quyidagi aktrisalarning qaysisi sizga ruhan yaqin turadi?
A) Saida Rametova. (1)
B) Ra’no Yarasheva. (0)
4. Gulni qanday ko‘rinishda olishni istaysiz?
A) Guldasta holida. (1)
B) Kesilmagan holda. (0)
5. Sizga tez-tez gul sovg‘a qilishadimi?
A) Ha. (1)
B) Yo‘q, erkaklar xasis bo‘lib ketishgan. (0)
6. Shahar ichida olisroq manzilga qanday yetib olasiz?
A) Jamoat transportida. (1)
B) Taksida. (0)
7. Bolaligingizda ota-onangiz bilan munosabatlaringiz yaxshimidi?
A) Bir-birimizni juda sevardik. (1)
B) Ularning men bilan munosabat yuritishga sira vaqtlari yo‘q edi. (0)
8. Yosh bolalarga qanday munosabatdasiz?
A) Ular hayot gullari. Bolalar uchun jonimni ham ayamayman. (1)
B) Ular bilan tashvish ham keragicha ko‘payadi. (0)
9. Hozirgi shaxsiy hayotingiz qay ahvolda?
A) Vulqondek qaynayapti. (1)
B) Tinchgina yashab yuribman. (0)
10. Ayollar haqidagi romanlarga qanday qaraysiz?
A) Ularni o‘qib nimanidir o‘rgansa bo‘ladi. (1)
B) Judayam chiroyli ertak. (0)
11. Bu sayt sizga yoqadimi?
A) Xa (1)
B) Yo`q. (0)
12. Go‘zallik saloniga kirib turasizmi?
A) Ha, tez-tez. (1)
B) Odatda o‘zimning tashqi ko‘rinishim bilan o‘zim shug‘ullanaman. (0)
13. Bir ko‘rishda muhabbat bor narsami?
A) Bo‘lishi mumkin. (1)
B) Faqat yoshlikda. (0)
14. Birinchi muhabbatingizni qanday eslaysiz?
A) Mahzunlik bilan. (1)
B) Allaqachon yodimdan chiqib ketgan. (0)
15. Erkak kishining asosiy jihati nima?
A) Mehribonligi. (1)
B) Pullari. (0)
16. Uchrashib turadigan odamingiz bormi?
A) Bor, hatto bir emas. (1)
B) Bor, lekin judayam jonimga tekkan. (0)
17. Yasama tirnoqlarga qanday munosabat bildirasiz?
A) Bu judayam go‘zal-ku! (1)
B) Yasama tirnoq qo‘yish ahmoqlikdir. (0)
18. Ayolning soch qirqishi to‘g‘ri ishmi?
A) Ba’zan shunday qilishga to‘g‘ri keladi. (1)
B) Noto‘g‘ri. (0)
19. Sizningcha, mallasoch ayollar haqiqatan ahmoqmi?
A) Mening o‘zim ham mallasochman. (1)
B) Judayam ahmoq bo‘lishadi. (0)
20. Zarurat bo‘lmaganda ham erkak bilan bir uyda yasharmidingiz?
A) Yolg‘izlikni tasavvur ham qila olmayman. (1)
B) Erkaksiz bemalol yashay olaman. (0)
NATIJALAR:
5 ball va undan past — Sizni ilintirish oson emas. Bunga sabab shuki, siz yo erkaklarni xavfning asosi deb bilasiz, yo ilgari qattiq aldangansiz.
6—10 ball — Tashqaridan qaraganda, hayotingiz ko‘ngildagidek. Sevimli kishingiz yoningizda. Ammo qalbingiz tubida kuchli araz mavjud. Sizningcha, yaqinlaringiz sizni yetarlicha qadrlashmaydi.
11—15 ball — Go‘zal chehrangizga ko‘zgu orqali boqib turib bilgansizki, bu Yaratganning inoyati. Demak, bu go‘zallikdan unumli foydalanish mumkin. Siz o‘z bahongizni yaxshi bilasiz. Shunday ekan, didingizga ma’qul tushmagan erkak hech qachon sizning muhabbatingizni qozona olmaydi.
16 va undan yuqori ball — Sevgi bobida o‘zingizni xuddi boladek tutasiz. Tashqi ko‘rinishingizga haddan ziyod e’tibor berasiz. Atrofingizda parvona bo‘layotgan erkaklarning sanog‘i yo‘q.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 2141 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|