Kaliforniya gubernatori Arnold Shvartseneggerga mashhur “Vahshiy” filmi davomidan rol taklif qilishdi. Kinorejissyor Robert Rodrigesga kinoni davom ettirish topshirilgan.
“Ular chindan ham Shvartsenegger uchun rol tayyorlashyapti. Rodriges rimeykni suratga olishga butunlay qarshi. U Jon Maktirnanning birinchi filmini davom ettirish g‘oyasi bilan yuribdi. U xuddi “Terminator”dagi kabi asosiy odam Shvartsenegger ekanligini tushunadi. Arnold ham shunday fikrdaligiga umid qilamiz”, dedi nomini oshkor qilishni istamagan shaxs.