Amerikaning Florida shtati fuqarosi Lourens Roach xotini bilan qachonlardir ajrashib ketgandi. U kutilmaganda bolalari uchun nafaqa puli to‘lashdan bosh tortdi. Uning aytishiga qaraganda, sobiq xotini yaqinda o‘z jinsini o‘zgartirib erkakka aylangan. Demak, endi u qonun bo‘yicha nafaqa puli undirishga haqli emas.
— Bilasizlarmi, — dedi u sudda, — men erkak sifatida erkak kishiga nafaqa to‘lashni istamayman. Chunki men bir paytlar ayol bilan ajrashganman...
Sud Roachning talabini to‘liq qondirdi. Endi beboshlarcha jinsini o‘zgartirgan sobiq ayol bolalarini o‘zi ishlab boqishga mahkum.