Amerikaning Florida shtatida istiqomat qiluvchi yigirma yoshli qiz Daniel Nelson kechasi ko‘chada ketayotsa, naq 52 kilo keladigan bahaybat it chiqib uni tishlab oldi. Kamlik qildi shekilli, it sal nari borib ortiga qaytdi-da, ikkinchi marta kelib tishladi. Afsuski, bu qiz bilan hazillashib bo‘lmasligini it bilmagandi. Baqirishdan foyda chiqmasligini his etgan qiz itning o‘zini shu qadar qattiq tishladiki...
Aytishlaricha, hozir ko‘chadagi itlarning birontasi Danielga yaqin yo‘lay olmay qolishganmish.