Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июнь » 14 » TEST
|
SIZ AYYORLIK QILA OLASIZMI?
1. Kimgadir ko‘ngilsiz voqea haqida gapirmoqchi bo‘lsangiz, uni xafa qilib qo‘yishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘rasizmi?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
2.Siz maktabgami, ishgami kech qolsangiz, xonaga hech kimga sezdirmasdan kira olasizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
3. O‘zingiz amalga oshirishga qo‘rqadigan ishni bajarib berishi uchun do‘stingizga murojaat eta olasizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
4. Qimorda g‘irrom o‘ynab yutgandan halol yutqazgan ma’qul deb hisoblaysizmi?
- Ha. (0 ball)
- Yo‘q. (1 ball)
5. Kimgadir yashirincha hazil qilsangiz, o‘sha odam bu kimning ishi ekanini darhol bilib qoladimi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
6. Suhbatdoshingizni ochiq-oydin gapirishga undash uchun ba’zida yolg‘on ham ishlatib turasizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
7. Maktabda o‘qib yurganingizda partadoshingizdan yozma ishlarni unga bildirmay ko‘chira olganmisiz?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
8. O‘zingiz istagan narsaga erishish uchun har doim ham yo‘l topasizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
9. Hech kimga sezdirmay ayyorlik qila olasizmi?
- Ha. (1 ball)
- Yo‘q. (0 ball)
NATIJALAR:
6 balldan yuqori. Siz ayyorlikda ustasi farangsiz. Dunyoda siz erisha olmaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Faqat bir yomon tomoni bor. Ayyorlik har doim ham odamlar bilan samimiy muloqotda bo‘lishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Sal ortga qaytsangiz bo‘larmidi...
3 dan 6 ballgacha. Siz, shubhasiz, aqlli insonsiz. Sizni hech kim alday olmaydi. Shu jumladan, o‘zingiz ham yolg‘on gapirishni yoqtirmaysiz. Bu jihatingiz juda ma’qul. Chunki, u insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.
3 balldan kam. Juda sodda va ishonuvchansiz. Sizni adashtirish, aldash juda oson. Shu sababli ham ko‘pincha sizga hazil qilib, noqulay holatlarga solib qo‘yishadi.
|
Категория: Тесты |
Просмотров: 1480 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|