Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Июнь » 13 » ANVAR SOBIROV
|
ANVAR SOBIROV
Men Asad burjida Xorazm viloyatining ko’hna va hamisha navqiron Urganch shahrining qadimiy Eski Xiva yo’li ko’chasida san’atkorlar oilasida dunyoga keldim. Men taqdirga va Xudoga juda ishonaman. Chunki hech bir insonga o’zini-o’zi yaratish imkoniyati berilmagan. Balki shunday bo'lganida u juda nomukammal narsa bulib qolar edi. Oilamizda to’rtta o’gil va to’rtta qiz – sakkiz farzand bulib men ularning eng kenjasiman. Shu bois aka-opalarim meni juda erka qilib o'stirishgan. Hozir juda yaxshi eslayman. O’ynash uchun ko’chaga chiqqanimda qaddimni g’oz tutib hatto uzimdan besh-olti yosh katta bolalarga ham zo’rlik qilishga botina olardim. Mendan "jabr ko’rganlar" ham tilini tishlab ketaverardi. Chunki orqamda meni himoya qiladigan toga’larim – pahlavon akalarim bor edi-da. Ular buni yahshi bilishardi. Yodimga yoshlikning beg’ubor va shux-shan davrlari tushib ketsa ko’nglim boshqacha bo’lib ketadi. Qanday ajoyib davrlar bo'lgan ekan. Hech qanday tashvish seni besovta qilmaydi. Bolalar bilan to’yib-to’yib quvlashmachoq o’ynardik. Koptok tepib oyog’imiz yara bulib ketardi. Bir safar chumilishga borib chukib ketishimizga ozgina qolgan. Hayriyatki, bir amallad qutqarib olishgandi. Xullas, mening bolaligim juda quvnoq va qiziqarli o’tgan. Otam – Karimboy aka san’atkor bo’lgan. U kishi garchi respublikaga tanilmagan bo’lsayam, do’stlari doirasida yahshi bilishardi. Lekin ovozi uncha-buncha taniqli honandalardan qolishmas edi. Otamning otasi ya’ni bizning bobomiz Xiva honligining eng sunggi ma’rifatparvar podshocsi Muhammad Rahimxon II – Feruz saroyuda mashshoqlar guruhi rahbari bo’lgan. Xonning katta-kichik bazmlari va davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda musiqa masalalari bo’yicha mas’ul, sozandalar faoliyatiga javobgar shaxs bo'lgan. Shunday ekan san’at bizga begona emas. Xalqimiz ta’biri bilan sodda qilib aytganda, qonimizda bor. Yoshligimizdan katta akam Maqsud Sobirov kichik akam Ogabek Sobirov va meni musiqiyda tarbiyamizga alohida e’tibor bilan qaradi. Keyinroq u kishining izchil sayi-harakatlari tufayli biz ikkalamiz o’rta maktabda tahsil olishdan tashqari, musiqa maktabiga ham qatnadik. Besh yil davomida u qashg’ar rubobini, men esa doira sozini o’rgandim. Ogabek bilan birga o’sib-ulgayib, unga jo’rnavoz sozanda bulib, o’z mahoratimni oshirdim. Otam qishning qahraton kunlarida sandal atrofida bir piyola choy ustida, oilamiz a’zolari davrasida farzandlarga ibratli saboqlar berishni kanda gilmasdi. O’sha farazbazsh kunlar yodi sira xotiramdan chiqmaydi. "Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtning birikuvidan hayot yo’li chiziladi. Odamzod hayoti qilgan ezgu ishiga qarab uzayadi" derdilar ular salmoqlanib jiddiy qiyofada. Shunday kunlarda men cheksiz orzular og’ushida otamning qo’yniga bosh qu’ygancha uxlab qolardim. 1983 yil Urganch shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi o’rta maktabga o’qishga borib, uni 1991 yilda tamomladim. 1985-1990 yillarda Urganchdagi bolalar musiqa maktabida ta’lim oldim. 1991 yili Matyusuf Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtining an’anaviy ijrochilik bulimiga uqishga kirdim va uni 1995 yilda yakunladim... Sanalar hisobida qisqacha tarixim shu. Biroq men uchun eng muhim narsa – 1999 yildan boshlangan o’z yakka xonandalik faoliyatim mustaqil hayot boshlaganimni bildirar edi. Shu paytga qadar milliy san’atimizda o’z nomi va maktabiga ega bir qancha katta ustozlar sabogini oldim. Bu borada O’zbekiston xalq artistlari rahmatli Otajon Xudoyshukurov, Ortiq Otajonov, Olmaxon Xayitova, Bobomurod Hamdamov va Rahmatjon Qurbonovlar mehnati hamda o’gitlari samarasini aytmasam bo’lmaydi. Ortiq aka "Qush parvoz uchun inson baxt uchun yaralgan" degangaplarini qulog’imga qurg’oshinday qo’yganman. Biz albatta baxtli bulishimiz kerak. Buning uchun esa faqat olg’a intilish lozim. Men doimo kamolot sari intilishni istayman. Nomim ellararo asrdan-asrga yaxshi nom bilan elanishi uchun bir umr izlanish va mehnatdan tolmayman.
|
Категория: YULDUZLAR BIOGRAFIYASI |
Просмотров: 2592 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|