— Uning ismini onasi qo‘ygan. Chaqaloq 6 oylik bo‘lguniga qadar juda yig‘loqi edi.
— Bolaligida juda ham do‘mboq bo‘lgan Samandarni “Ponchik” deb chaqirishgan.
— Ikkinchi sinfda maktabdagi bolalar bilan birga muzqaymoqchi amakining qutisida qolgan muzqaymoq yuqini yalab yurganda onasi urishib bergan.
— Uchinchi sinfda dadasi unga kabob olib berardi.
— Dadasi vafot etganda Samandar o‘n yoshda bo‘lgan. Otasining o‘lganini eshitgan bolakay: “Endi shashlik yemaymiz”, deb xafa bo‘lgan.
— Uchinchi sinfda onasidan yashirib, bir quti saqich sotmoqchi bo‘lgan. Lekin onasi undan sotuvchi chiqmasligini yaxshilab tushuntirib qo‘ygan.
— Dadasi Samandarning tug‘ilgan kuniga flomaster va plastilin sovg‘a qilardi. U bolaligida ko‘proq samolyotlarning rasmini chizib, uchuvchi bo‘laman, derdi. Ammo...
— 11-sinfda o‘qiyotganida ingliz tili fanidan kiradigan o‘qituvchisining qizini yaxshi ko‘rib qolgan. Onasidan pul olib, qizga sovg‘a tayyorlaydi. Biroq qizi tushmagur uning tuhfasini otib yuboradi. Shundan so‘ng Samandar boshqa qizni yaxshi ko‘rmagan.