Buryatiyalik 33 yashar Mixail Nerge yaqinda hammani hayron qoldirib, 104 yoshli Vuk Kundor ismli kampir bilan nikohdan o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kampir shu kungacha yigirma marta erga tegib, ularning boshiga yetib ulgurgan. Chunki u folbin. Faoliyatidan foydalanib sobiq erlarini narigi dunyoga jo‘natgan. Yigit esa birinchi marta uylandi. Demak, yigirma birinchi erga aylandi.
Hozircha hech kim bu nikohning asosiy sababini aniqlay olmayapti. Ammo kampir aytibdiki, yigirma ikkinchi marta turmushga chiqmoqchi emas.