OTABEK DAN QO`SHIQLAR MATNI
GO'ZAL
Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib, Eng yorug yulduzdan seni so'rayman. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadi, men uni tushda ko'raman.
Tushimda ko'raman, shunchalar go'zal, Oydanda go'zaldir, kundanda go'zal.
Ko'zimni olaman oy chiqqan yoqqa, Boshlayman, undan-da seni so'rmoqqa. Ulda aytadur bir qizil yanoqqa, Uchradi, tushimda ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal, Oydanda go'zaldir, kundanda go'zal.
Erta tong shamoli sochlarin yoyib, Yonimdan o'tganda so'rab ko'raman. Aytadi, bir ko'rib yo'limdan ozib, Tog'u – toshlar ichra istab yuraman.
Bir ko'rdim men uni shunchalar go'zal, Oydanda go'zaldir, kundanda go'zal.
Men yo'qsil na bo'lib uni suyibman, Uning uchun yonibman, yonib kuyibman. Boshimni ne ishga berib qo'yibman, Men suyib, men suyib, kimni suyibman.
Men suygan suyukli shunchalar go'zal, Oydanda go'zaldir, kundanda go'zal.
HAZON
Hazon ingrar qadamimda, Hiyobonlar yolg'iz kezdim, G'am bilmagan bola edim, Bugun ko'nglim g'arib sezdim.
Qaydan seni uchratdim men, Tanimasam bo'lmasmidi, Buncha senga bog'landim men? Sevgi uchar yelmasmidi?
Naqorat:
Kelib-kelib, kelib-kelib Senga tushib ishqim mani, So'zim yig'lar zor-intizor, Bag'rim ezar rashkim mani.
Ko'ngil zori, dil ozori, Umidsiz sevgi azobi. Hech ketmaydi hayolimdan, Mast qildimu ishq sharobi.
Shodon o'ynar favvoralar, Meni holim bilmaydilar Tuyg'ularim ovoralar, Hazonlarga o'xshaydilar.
Naqorat:
Kelib-kelib, kelib-kelib Senga tushib ishqim mani, Sozim yig'lar zor-intizor, Bag'rim ezar rashkim mani.
MUHABBATDAN KUTMA BAHT
Go'zalliging singari, O'tkinchidir muhabbat. Olib qochma yuzlaring, Muhabbatdan kutma baxt.
Naqorat:
Balki yonmas, balki kuymas. Muhabbatdan kutma baht.
Dilimizda yongan ishq, Balki yonmas bundan so'ng. Ming ichida bir oshiq Ishqigina kelar o'ng.
Naqorat:
Balki yonmas, balki kuymas. Muhabbatdan kutma baht.
Olib qochma yuzingni, Bir kun o'tadi bari. Yoshlik bizdan o'zini, Olib ketgan singari.
Naqorat:
Mayli yonmas, mayli kuymas. Muhabbatning o'zi baht.
DILINGMAN
Dilimdagi so'zlarim, Hayol surgan kezlarim, Aytib tursa ko'zlarim, Tinglar yorni toparman.
Bordir meni sevgan yor, Joni dildan sevgan yor. Qalbim tanho unga zor, U dildorni toparman.
Naqorat:
Diling, dilingman, Zoring-zoringman. Diling, dilingman, Yolg'iz yoringman.
Dili, dili, dilingman, Holsiz zoringman. Dili, dili, dilingman, Yolg'iz yoringman.
Dilimdagi so'zlarim, Hayol surgan kezlarim, Aytib tursa ko'zlarim, Tinglar yorni toparman.
Sho'x jilmayar yulduzlar, Kular zebo gul yuzlar. O'tadi qishu kuzlar, Men bahorni toparman.
Naqorat:
Diling, dilingman, Zoring-zoringman. Diling, dilingman, Yolg'iz yoringman.
Dili, dili, dilingman, Holsiz zoringman. Dili, dili, dilingman, Yolg'iz yoringman.
Dilimdagi so'zlarim, Hayol surgan kezlarim, Aytib tursa ko'zlarim, Tinglar yorni toparman.
Bordir meni sevgan yor, Joni dildan sevgan yor. Qalbim tanho unga zor, U dildorni toparman.
YURAK
Yurak uradi tinmasdan, Halak, tunlar uhlamasdan. Nega zor-intizor bu yurak, Uradi tinmasdan halak.
Naqorat:
Tillarim lol, aqlim hayron, Sevdim go'zal jonon.
Tingla, meni yurak zorim, Senga meni butun borim. Ohu ko'zlaringga shaydo, Bo'ldim, men oshiq benavo.
Yana zor-intizor bu yurak, Uradi tinmasdan halak.
Naqorat:
Tillarim lol, aqlim hayron, Sevdim go'zal jonon.
|