So‘nggi paytlarda ancha faol ijod qilayotgan Alisher Uzoqov “Uylanish” deb nomlangan filmda suratga tushyapti. Rejissyor — Jahongir Ahmedov. Qahramon qiz obrazini “Janob hech kim”da bosh rolni o‘ynagan Asal Shodieva talqin qilyapti. “Uylanish” filmida yana Matyoqubov Matchonov, Rajab Adashev, Shohida Uzoqovalar suratga tushishyapti. Hozirgi paytda filmni suratga olish ishlari davom etyapti.
ZIYODA IJODIY SAFARDAN QAYTDI
Har doimgi hamrohlari — Oybek va Nigora bilan to‘rt kunlik gastrol safari tugab, Samarqanddan qaytib kelgan Ziyodaning ijodida yangiliklar anchagina. Ayni paytda u Oybek va Nigora bilan birgalikda “Tohir va Zuhra” filmi musiqiy sahnalarida suratga tushyapti. Filmda Ziyoda, Oybek va Nigorani yangicha qiyofada ko‘rishimiz mumkin.
NIGORA YANGI FILMDA
Oybekning duetdoshi Nigora yana bir yangi filmda suratga tushyapti. Javlon Shodmonov hamda Mo‘min Oripovlar yaratayotgan kartinada Nigora qanday qahramonni talqin qilayotgani, filmning nomi hozircha sir tutil-yapti. Biroq suratga olish ishlari boshlanib bo‘lgan.
Nilufar Usmonova va Otabek Mutalxo‘jaev duet kuylashdi
“MAYLI”
. Duetning nomi — “Mayli”. Qiziq, kim-kimga “mayli” deyapti? “Mayli” qo‘shig‘i Otabekning kontsertida ilk bor premera sifatida muxlislarga taqdim etildi. Endi unga klip olish ham rejalashtirilmoqda.