YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:59
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 5
MEXMON 5
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июнь » 4 » TETS
10:11
TETS

SIZ JANJALKASHMISIZ? 



Hayot yo‘li hech qachon bir tekis emasligini barchamiz bilamiz. Bugun vaqtimizni xushchaqchaqlikda o‘tkazsak, ertasiga nima bo‘ladi-yu, kimdir asabimizni buzadi. Shunday lahzalarda nafaqat o‘zimiz, balki, yuragimiz, ko‘nglimiz katta sinovdan o‘tishini, afsuski, sezmaymiz. Agar o‘zingizning janjalkash, ko‘ngli tor yoki aksincha ekanligingizni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, umid qilamizki, quyidagi test sizga albatta ko‘mak beradi. 



1. Tasavvur qiling, jamoat transportida janjal boshlanib qoldi. Siz: 

a) janjalga aralashmaysiz (4 ball) 

b) kim haq bo‘lsa, o‘shani himoya qilasiz (2 ball) 

v) hamisha janjalga aralashasiz va oxirigacha o‘z fikringizni o‘tkazishga urinasiz (1 ball) 

2. Majlisda boshliqlarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun tanqid qilasizmi? 

a) yo‘q (4 ball) 

b) ha, lekin shaxsiy munosabatdan kelib chiqib (2 ball) 

v) hamisha tanqid qilaman (1 ball) 

3. Boshlig‘ingiz ishda sizga ma’qul bo‘lmagan rejani o‘rtaga soldi. Siz o‘zingizga yoqqan rejani aytib ko‘rasizmi? 

a) agar boshqalar ham meni qo‘llab-quvvatlasa, ha (4 ball) 

b) ha, men o‘z rejamni oldinga suraman (2 ball) 

v) yo‘q, tanqidim tufayli meni mukofotdan mahrum etishlaridan qo‘rqaman (1 ball) 

4. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz bilan bahslashishni xush ko‘rasizmi? 

a) agar arazlab qolmaydiganlari bo‘lsa, shu bahs bizning o‘zaro munosabatlarimizga ziyon yetkazib qo‘ymasa (4 ball) 

b) ha, faqat muhim mavzularda (2 ball) 

v) hamma bilan bahona topildi deguncha bahslasha ketaman (1 ball) 

5. Navbatda turibsiz-u, kimdir navbatsiz oldinga o‘zini ursa, qanday yo‘l tutasiz? 

a) undan kam joyim yo‘q. Men ham navbatning oldiga o‘tib ketaman (4 ball) 

b) ensam qotadi-yu, dardimni ichimga yutaman (2 ball) 

v) o‘zimning noroziligimni ochiqchasiga aytaman (1 ball) 

6. Ishxonada hamkasbingizning sinov rejasi muhokama qilinayapti. Ko‘rayapsizki, yutuqlar bilan birga kamchiliklari ham bor. Bilasiz, sizning fikringiz hal qiluvchi. Qanday yo‘l tutasiz? 

a) rejaning yaxshi — tomonlarini va kamchiliklarini aytib o‘taman (4 ball) 

b) yaxshi taraflarini aytib, ishni davom ettirishni maslahat beraman (2 ball) 

v) tanqid qilaman (1 ball) 

7. Tasavvur qiling. Qaynonangiz qachon qarasa, sizga tejamkor bo‘lish haqida maslahat beraveradi-yu, ammo o‘zi qimmatbaho buyumlar sotib olishdan bo‘shamaydi. Eng so‘nggi sotib olgan buyumi haqida sizning fikringizni bilmoqchi. Nima deysiz? 

a) o‘ziga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldi-da! Maqtayman (4 ball) 

b) bu didimga to‘g‘ri kelmasligini aytaman (2 ball) 

v) janjallashib qolishim mumkin (1 ball) 

8. Chekayotgan o‘smirlarni ko‘rib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz? 

a) yomon, tarbiya ko‘rmagan bolalar dastidan kayfiyatimni buzib nima qilaman? (4 ball) 

b) ularga tanbeh beraman (2 ball) 

v) agar jamoat joyida shunday qilishsa, adablarini berib qo‘yaman (1 ball) 

9. Restoranda ofitsiantning sizdan ko‘proq pul olib qo‘yganini sezib qolsangiz: 

a) u holda ko‘ngildan chiqarib bermoqchi bo‘lgan pulni bermayman (4 ball) 

b) yana qaytadan hisoblashini iltimos qilaman (2ball) 

v) bu ayni janjal ko‘tarishga bahona bo‘lardi (1 ball) 

10. Siz dam olish uyidasiz. Ma’mur o‘z vazifasini bajarish o‘rniga boshqa ishlar bilan band. Tozalik, taomnomalar bilan qiziqmaydi. Ensangizni qotiradimi? 

a) ha, lekin arz qilgan bilan foydasi yo‘q (4 ball) 

b) arz qilaman. U yaramasni jazolashsin, ishdan bo‘shatib yuborishsin (2 ball) 

v) farrosh, ofitsiantkalarga aytib, alamimdan chiqaman (1 ball) 

11. Siz o‘smir o‘g‘lingiz bilan bahslashib qoldingiz. Lekin u haq. Xatoingizni tan olarmidingiz? 

a) yo‘q (4 ball) 

b) albatta tan olaman (2 ball) 

v) agar xatoimni tan olsam, otalik hurmatim qayoqda qoladi? (1 ball) 

NATIJALAR: 

30 dan 44 ballgacha. Siz janjalni yoqtirmaysiz. Eng murakkab vaziyatlardan ham osongina, silliqqina chiqib keta olasiz. 

15 dan 29 ballgacha. Sizni janjalga suyagi yo‘q deb atashadi-yu, ammo ishda, ko‘chada tanish-bilish, hamkasblar bilan munosabatingizga putur yetkazmaydigan darajada janjal qila bilishingizni ham tan olishadi va shuning uchun sizni hurmat qilishadi. 

10 dan 14 ballgacha. Siz qachon qarasa, janjalga bahona qidirib yashaysiz. Birovlarni tanqid qilishni xush ko‘rasiz. Nohaq bo‘lsangiz-da, o‘z fikringizda turaverasiz.


MaVeRicK


Категория: Тесты | Просмотров: 1579 | Добавил: MaVeRicK | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz