POGONINGIZDA NECHTA YULDUZ BOR?
Bu test, albatta, harbiy soha haqida emas. Biz pogondagi yulduzcha deb sizning jamiyatda tutgan o‘rningizni nazarda tutdik, xolos. Qani, shu testni yechib ko‘ring-chi, odamlar orasida, o‘zaro munosabatlarda qanday o‘ringa ega ekansiz?
1. Do‘stlik siz uchun:
a) hamkorlik (3 ball)
b) bir-birini qo‘llab-quvvatlash (2 ball)
v) alturizm (1 ball)
2. Haqiqiy rassom (artist) qanday bo‘lishi kerak?
a) qobiliyatli (3 ball)
b) bir so‘zli (2 ball)
v) yaxshi tayyorgarlikka ega (1 ball)
3. Ziyofatda o‘zingizni:
a) xo‘rozday tutasiz (3 ball)
b) tovuqday tutasiz (2 ball)
v) jo‘jaday tutasiz (1 ball)
4. Agar sizga geometrik shakl bo‘lishni taklif qilishsa, nimani tanlardingiz?
a) tsilindrni (1 ball)
b) sferani (3 ball)
v) kubni (2 ball)
5. Ayol (erkak) e’tiboringizni tortsa, siz:
a) birinchi bo‘lib so‘z boshlaysiz (3 ball)
b) uning ham e’tibor qaratishini kutasiz (2 ball)
v) bilinar-bilinmas tanishuv harakatini qilib ko‘rasiz (1 ball)
6. Kutilmagan tasodifga duch kelsangiz:
a) darhol to‘xtab, o‘ylay boshlaysiz (3 ball)
b) tavakkal qilasiz (2 ball)
v) o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz (1 ball)
7. Agar ko‘pchilik oldida so‘zlashga to‘g‘ri kelsa, siz:
a) boshqalar so‘zingizni tinglayapti deb hisoblaysiz. (3 ball)
b) tanqid qilishayapti deb o‘ylaysiz (2 ball)
v) hech narsaga e’tibor qilib o‘tirmaysiz (1 ball)
8. Ekspeditsiyaga qanday do‘stlar bilan birga borish lozim?
a) chayir (3 ball)
b) aqlli (2 ball)
v) tajribali (1 ball)
9. Sizningcha, Zolushka kim?
a) baxtsiz bir qizaloq (1 ball)
b) ayyor va jodugar (3 ball)
v) g‘iybatchi (2 ball)
10. Sizga qolsa, hayotingizni qanday qurardingiz?
a) shaxmat kabi (2 ball)
b) boks jangi kabi (1 ball)
v) karta kabi (3 ball)
NATIJALAR:
16 balldan kam bo‘lmasa. Siz jamiyatda oddiy askarga o‘xshagan bir odamsiz. Boshqalarni haddan tashqari hurmat qilasiz. Shuning uchunmi, birov ustidan hukmronlik qila olmaysiz. Raqobatlashishga ham ko‘nglingiz bo‘lmaydi.
17-23 ball. Sizni kichik ofitser desa bo‘ladi. Ishda ham bir qarorga kelguncha uzoq o‘ylaysiz. Rahbarlik qilish salgina bo‘lsa-da, qo‘lingizdan keladi.
24 va undan yuqori ball. Siz generalsiz. Bolalikdanoq jamoat ishlari boshlandi deguncha, o‘z xizmatingizni taklif etishni xush ko‘rasiz. Rahbarlik sizga beshikdan o‘tgan bo‘lsa ajab emas.
MaVeRicK
|