SIZNING O‘RNINGIZ QAYERDA?
Hozirgi kunda ayollarimiz ham nafaqat oilada, balki jamiyatda ham o‘z o‘rinlariga ega bo‘lib, erkaklar bilan turli sohalarda yonma-yon mehnat qilishayapti. Biroq ba’zi ayollarimiz hamon o‘z o‘rni qaerda ekanini bila olmay halak. Test ana shu narsaning yechimini topishda yordam beradi.
1. Begona erkaklarga men:
a) katta qiziqish bilan munosabatda bo‘laman (3 ball)
b) hamma qatori munosabatdaman (5 ball)
v) umuman e’tibor bermayman (0 ball)
2. Ish yuzasidan uchrashuv belgilangan. Ammo farzandim kasal bo‘lib qoldi. Men:
a) uchrashuvni orqaga surib, bolamga qarayman (1 ball)
b) ma’lum muddatga enaga yollayman (5 ball)
v) bolamning o‘zini yolg‘iz qoldiraman (3 ball)
3. Katta pulni nimaga sarflaysiz?
a) yaxshi, o‘zimga yoqqan buyumlar sotib olaman (2 ball)
b) bankda saqlayman (4 ball)
v) aktsiyalar sotib olaman (0 ball)
4. Qandaydir qaror qabul qilish zarur bo‘lsa, men:
a) o‘zim qarorni qabul qilaman va javobgarligini ham o‘z bo‘ynimga olaman (2 ball)
b) yaqinlarim, do‘stlarim bilan maslahatlashaman (5 ball)
v) qaror chiqarishni yaqinlarimga havola qilaman (0 ball)
5. Sizga qanday ishlar yoqadi?
a) chuqur fikrlashga majburlamaydigan ishlar (1 ball)
b) daromadi yaxshi, lekin og‘ir bo‘lmagan (2 ball)
v) ijodiy yondashiladigan (4 ball)
6. Sizga baqirishsa, siz:
a) shunday javob qaytarasiz (0 ball)
b) o‘zingizni bosishga urinasiz (5 ball)
v) tilimni tiyaman (3 ball)
7. Agar qo‘yib berishsa, men:
a) ishlamasdan uyda ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lardim (2 ball)
b) jamoat ishlariga sho‘ng‘irdim (0 ball)
v) tashkiliy ishlarni topardim (5 ball)
8. Qiziqarli va daromadli ishdan birini tanlash kerak bo‘lsa:
a) qiziqarli ishni tanlardim (2 ball)
b) daromadli ishni tanlardim (0 ball)
v) qiziqarli ishni daromadliga aylantirardim (4 ball)
9. Bir ishni qanday boshlashni bilmay qolsangiz:
a) yordam olishga arziydigan badiiy asar qidirardim (5 ball)
b) do‘stlarim, yaqinlarim bilan maslahatlashardim (1 ball)
v) qalbimga quloq tutardim (2 ball)
10. Siz hisoblaysizki, yechilmaydigan muammolar:
a) bo‘lmaydi (0 ball)
b) muammolardan qo‘rqish kerak emas (1 ball)
v) faqat bir qarashda yechilmasga o‘xshaydi. Yaxshilab o‘ylab ko‘rilsa, buning ham yo‘li topiladi (5 ball).
NATIJALAR:
3-18 ball. Agar umringizni oila, farzand tarbiyasiga bag‘ishlashga qaror qilgan bo‘lsangiz, sira xato qilmabsiz. Sizga faqat oilagina baxt, omad beradi.
19-34 ball. Siz hamon bir ishni tanlay olmayapsiz. Iltimos, tadbirkorlik qilib ko‘ring. Chunki fe’l-atvoringiz shu sohaga to‘g‘ri keladi.
35-47 ball. Tadbirkorlik, ishni tashkil etish, sheriklar qidirish — umringizning mazmuni va siz faqat shu narsa uchun tug‘ilgansiz.
MaVeRicK