BOY VA SAXIYLAR QAYSI DAVLATDA
XITOY YANA BIRINCHIMa'lumki, Xitoy bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishchi kuchiga ega bo‘lgan davlat sanaladi. Xususan, ushbu mamlakatda 706 million ishchi kuchi mavjud. Bu esa butun Yevropa ahlidan uch, Shimoliy va Janubiy Amerika qit'alari aholisidan ikki barobar ko‘p demakdir.
BOY VA SAXIYLAR Olimlar lyuksemburgliklarni, aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar deb topishdi. Qiziqarlisi, sayyoramizdagi eng saxiy kishilar ham mazkur davlat fuqarolari sanalarkan.
MILLION KISHIGA UCHTA NOBYEL Eng iste'dodli kishilar irlandiyaliklar deyishmoqda olimlar. Ularning aytishlaricha, har million irland fuqarosiga uch nafar Nobel mukofoti sovrindori to‘g‘ri kelishi bunga yaqqol misol bo‘la olar ekan.
SUPERSHAHARLAR Shaharda yashashni xohlaysizmi? Unda: Gvadelupa, Gibraltar, Monako, Nauri, Singapur va Bermud shaharlarini tavsiya etamiz. Sababi, bu maskanlar 100 foiz shahar talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli joylardir.
TASODIFIY BILIM Kanada va amerikaliklar antiqa ma'lumotga duch keldilar. Unga ko‘ra, Kanada aholisining 5 foizi o‘z yurti madhiyasining boshidagi besh so‘zni bilmas ekan. Biroq Amerika madhiyasining boshidagi to‘qqizta so‘zni Kanadaning shuncha foiz aholisi bilarkan. Amerikaliklarning ham 7 foizi o‘z madhiyasining birinchi to‘qqizta so‘zini bilmaydi, lekin shuncha foiz aholisi Kanada madhiyasining boshidagi yetti so‘zni biladi.
ENG TILI UZUN HAYVON Jirafa nafaqat bo‘yi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bo‘lib, tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.