"Qashqirlar vodiysi - Iroq"
Yili, davlati: 2006, Turkiya.
Rejissori: Serdar Akar
Prodyusseri: Raci Sasmaz
Ssenariy mualliflari: Raci Sasmaz, Bahadir Ozdener
Bastakori: Gokhan Kirdar
Bosh rollarda: Necati Sasmaz, Billy Zane, Ghassan Massoud, Berguzar Korel
Film kompaniyasi: Pana Film
Davomiyligi: 122 minut
Tili: Turkcha, kurdcha, arabcha, inglizcha
Syujet: ekshn
Byudjeti: 10 mln $
Ilk namoyishi: 3 fevral, 2006. Turkiyada "Qashqirlar vodiysi - Iroq" namoyishining 3-kunidayoq barcha rekordlarni zabt etdi. Milliondan ortiq tomoshabin filmni ko'rish uchun kinoteatrlarga tashrif buyurdi. Bu hammasi milliy g'urur tufayli edi.
"Qashqirlar vodiysi - Iroq" raqamlarda
- Film ishtirokchilari uchun 412 ta aviachipta, 70 ta avtobus chiptasi olingan. Jami 1.085.184 km yo'l bosilgan. Bu degani Yer ekvatori aylanasini 27 marta aylanib chiqishdir (Ekvator liniyasi 40.076 kmni tashkil etadi).
- 15 dan ortiq millat vakillari filmda ishtirok etdi.
- 3391 ta kiyim ishlatildi.
- Kuniga o'rtacha 36 ta mashinada 120 km.lik yo'l bosildi. 120 km X 36 mashina X 42 kun: 181440 km. Bu butun dunyo bo'ylab 4,5 marta aylanib chiqish demakdir.
- Dargoh va bozor maydonini barpo etish uchun 30 ta dekorativ ustalar ishladi. Ikki oyda bitkazildi. 1,5 tonna bo'yoq, 10 tonna metal, 50 kilogram porox ishlatildi. 2 oy davomida 2 generatorni ishlatish uchun kuniga 160 litrdan mazut yoqildi.
- Film olish mobaynida 75000 idishda suv ichilgan. Kuniga 560 kishiga issiq ovqat X 42 kun tushlik va kechki ovqat: 47040.
- Turkiyada ilk bor bir sahna uchun 6 ta kameradan foydalanildi.
"Qashqirlar vodiysi - Iroq" filmidan ta'sirli iqtiboslar
Sam Marshall: Men bolalarni yaxshi ko'raman. Bilasanmi nega? Chunki ular dahshatdan qo'rqmaydilar. Xuddi men kabi: o'lishdan qo'rqmaganim kabi. Lekin ular ulg'ayganlarida vahshiy bo'lib yetishadilar. Hamma gunohkor bandalar kabi. Bilasanmi, ba'zida menga bir narsa qiziq tuyuladi: biz agar bolalarni ular ulg'aymasdan avval o'ldirsak nima bo'ladi? Sen nima deb o'ylaysan?
Polat Alemdar: Sen shundog'am qancha bolalarning qotilisan. Bu bolalarni shu yerga keltirish uchun yana qanchasining qonini oqizding? Sen meni bu bolalarni o'ldira oladi deb o'ylayapsanmi? Men esa bunday deyman: Yo'q, men ularni o'ldirmayman, men ulardan o'yinchoq kabi foydalanmayman. Unday bo'lsa, men va sen oramizda qanday farq qoladi?
Sam Marshall: Qanday farq borligini men senga tushuntiraman. Sen hech qachon 11 odamni o'ldirmaysan. Men esa 11000 odamni qurbon qilishga tayyorman. Sen o'z tuyg'ularing bilan bolalarni o'ldirolmaysan. men esa o'z tuyg'ularim bulan ularni bitta qo'ymay o'ldirishga ham tayyorman. Men dunyoni harob qilayotgan har bir insonni o'ldirishga tayyorman. men sendan farqli o'laroq bu yerda tasodifan emasman. Men "ilohiy missiya" bilan bu yerga kelganman. Men tinchlikni barqaror qilaman... Tinchlikparvarlar xudoning bolalaridir.
* * *
Doktor: Senga necha marta aytaman bularga insonlarcha muomalada bo'l deb. Bular inson, hayvon emas!
Dante: Men bulardan ko'ra ko'proq hayvonni hurmat qilaman...
Doktor: Shundaymi, agar mening mijozlarimni o'ldirishni bas qilmas va ularning a'zolarini ko'chirishimga halaqit berarkansan, uxlayotganingda seni ham o'ldiraman...
* * *
Iroqda o'ldirilayotgan begunoh odamlarning ko'chirilgan a'zolari (yurak, buyrak...) solingan idishlardagi yozuvlar:
DIQQAT!
Transplantatsiya qilingan inson a'zolari!
Qayerdan:______
Qayerga: Tel-Aviv/Isroil
London/Angliya
Nyu-York/AQSh...AbdulAziz tayyorladi. ziyouz.com