Nega rus tilida so'zlashasiz? O’zbek estradasida ijod qilayotgan ba’zi xonandalarning hayotda ko’proq rus tilida so’zlashishi ziyrak muxlis va muxlisalar etiboriga tushibdi. “Nega xonandalar rus tilida so’zlashasiz?” – mana shu savol bilan xonandalarimizga murojaat qildik. Shahzoda: Chunki yoshligimda maktab yoshiga yetgunimga qadar Moskvada ulg’ayganman. Keyinchalik Toshkentga qaytgach ham, maktabda rus guruhida o’qidim. Undan so’ng e’sa Toshkentdagi Xalqaro Kiyev Davlat universitetida tahsil oldim. Mana shundan so’ng rus tilida so’zlashishim tabiiy bo’lsa kerak. Bu degani o’zbek tilini bilmaydi, degani emas. O’zbek tilini juda ham yaxshi bilaman. Axir o’zbek tili ona tilimiz-ku. Shunchaki fikrimni rus tilida ifodalash qulayroq menga. Lola: Sababi, oddiy. Bog’chada ham, maktabda ham rus guruhida o’qiganman. Shuningdek, Yevropada, jumladan London hamda Moskva shaharlarida ko’p bo’lganman. U yerlarda ko’proq rus tilida so’zlashardik. O’zbek tilida ham bemalol gaplasha olaman. Aida Davletova: Menimcha inson kamida uch xil tilni bilishi kerak. Men ingliz, rus hamda o’zbek tillarini yaxshi bilaman. Rus va o’zbek tilini aka-uka deb ta’riflasak to’g’ri bo’ladi, fikrimcha. Nega rus tilida so’zlashishimga keladigan bo’lsak, men maktabda rus guruhida o’qiganman. Yaqin tanishlarimning millati har xil, lekin ularning aksariyati rus tilida so’zlashishadi. Shuning uchun ham ko’proq rus tilida so’zlashaman.
|