Bill Geyts tez-tez maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlarga qatnashib, o’zining chiqishlarida turmush tajribalari bilan alishib, 11 qoida haqida gapiradi. Uning fikricha bu qoidalarni maktabda o’rgatishmaydi.
1 qoida: Hayot adolatsiz – ko’nikinglar. 2 qoida: O’zingiz haqidagi fikrlar jamiyatni mutlaq qiziqtirmaydi. Sizdan faqat muvaffaqiyatlar kutiladi. 3 qoida: maktabni tugatgach, siz birdaniga yiliga 60.000 dollar ishlay ololmaysiz. Shaxsiy shofyorli boshliq o’rinbosari bo’lib qolmaysiz, toki o’zingiz ishlab topmagungacha. 4 qoida: Agar o’qituvchingizni qattiqqo’l deb o’ylasangiz – yanglishasiz. Sabr qiling sizda boshliq(boss) paydo bo’ladi. 5 qoida: Somsa tayyorlab sotish o’zingizga nomunosib ish deb bilasizmi? Sizning ajdodlaringiz bunday o’ylashmagan. Ular uchun somsa qilish bu hayotga ilashmoq imkoniyati edi. 6 qoida: Agar sizdan biror ish chiqmasa, bunda ota-onangizning ayibi yoq, nolimang. Xatolaringizda o’rganing. 7 qoida: Hozirda, sizga tuyulganday, ota-onangiz doyimo zerikarli bo’lmagan. Balki siz haqingizda jonkuyarlik ularni shunaqa qilib qoygan? Ular sizni boqishadi, kiyintirishadi, doimo qulaq solishadi. Ota-onani tanqid qilishdan oldin, o’zizga boqin. 8 qoida: Balki maktabingizda biror o’quvchini, ochiqcha, omadsiz deb aytib bo’lmas va maktablaringda ishi o’ngmagan talaba yo’q dir, lekin hayotda unday emas. Hozirgi maktablarda ikkinchi yilga qolish mumkin emas, chunki imtihon topshirish imkoniyati keng berilib, keyingi sinfga o’tilaveradi. Hayotda esa mutlaq boshqacha. 9 qoida: Hayot chorak yoki semestrlarga bo’linmaydi. Yozgi ta’tillar bo’lmaydi va ish beruvchi o’zingizni topib olishga yordam bermaydi. Bo’sh vaqtlaringizda o’z malakangiz ustida ishlab, o’zingizni majburlashingizga to’g’ri keladi. 10 qoida: Televizorda haqiqiy hayotni ko’rsatishmaydi. Mavjud hayotda do’stlar bilan kun bo’yi kafeda gaplashib o’tira olmaysiz. 11 qoida: Ilmga qiziqqanlar bilan xushmuomalada bo’ling. Maktab tugagandan so’ng u sizni boshlig’ingiz bo’lib qolishi mumkin.[color=purple]