Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida ko' pqavatli
binoning 16-qavatidan beton qoplama ustiga yiqilib tushgan o'n
besh yoshli o'smir bola tirik qoldi.
Tushib ketishdan oldin bola balkonda
o'ynayotgan bo'lgan, keyin undan tushib ketib, temir
listdan tayyorlangan garajning tomini buzib tushirgan holda beton
yerga tushgan. 16-qavatdan pastgacha u 40-50 metr masofani
bosgan,deya xabar qiladi "New Zealand Herald" nashri.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, bolaning
yiqilib tushishi natijasida chiqqan tovush shu darajada baland
bo'lganki, oldiniga ular ikkita avtomobil to'qnashgan
bo'lsa kerak deb o'ylashgan.
Tibbiy xodimlar o'smir bolani Middlmor
kasalxonasiga olib kelishganida uning bilagi, qovurg'alari
singani, oyog'i shikastlangani hamda ichki jarohatlar olgani
ma'lum bo'ldi. Shifokorlar esa umuman uning tirik
qolganidan hayratda.