Hindistonning Tirupati shahrida noutbuk qol kompyuterining yangi va
ajoyib nusxasi namoyish etildi. Uning diqqatga sazovor jihati shundaki,
ushbu kompyuterning narxi bor yog`i 10-20 dollar atrofida boladi, deya
xabar qiladi Bangalordan IANS axborot agentligi.
Noutbuk Chennaydagi Hindiston Texnologiya instituti hamda Bangalor
shahridagi Hindiston Ilm-fan instituti hamkorligida Aholi resurslarini
rivojlantirish vazirligi buyurtmasi asosida yaratilgan.
Arzon kompyuterni yaratishdan maqsad ijtimoiy kam taminlangan aholi
qatlamlarining ham kompyuter savodxonligini oshirishdir,- deydi
Hindiston Texnologiya instituti vakili taqdimot marosimida.
Odatdagi noutbuklarga qaraganda ogirligi va olchami kichikroq bolgan
ushbu yangi kompyuter 2 gigabayt xotiraga hamda internetga simsiz
ulanish imkoniyatiga ega. U odatdagi kompyuter bajaradigan barcha
vazifalarni uddalaydi.
Vazirlik mazkur yangi noutbukni mamlakat boylab barcha maktablarga
tarqatishni va shu yol bilan aholining kompyuter savodxonligini
oshirishni rejalashtirgan. Shuningdek, maktablarni yuqori tezlikdagi
internet xizmati bilan taminlash ham rejalashtirilgan.
Maqsadimiz 2014 yilgacha oliy talimda oquvchi talabalar sonini 5 foizga
oshirish, - deydi Aholi resurslarini rivojlantirish vaziri Arjun Singh.
Ayni maqsad yolida markaziy hukumat 1 mlrd. dollardan ziyod mablag ajratgan.