Kuni kecha "100%" guruhi yigitlari Timur hamda Sherzod, yangi yaratgan "Radiostansiya" taronasi uchun ajoyib klip suratga oldi. Klipning e'tiborli tomoni shundaki, unda estradamizning boshqa namoyondalari qatnashishdi. Jumladan...
"Bojalar" guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonov, xonanda va bastakor Jakhongir.Uz, Mirjamol, Aziz Rametov, Zebolarni ko'rishimiz mumkin. Klipda Sitora Farmonova va xonanda Mirjamolning barcha kliplaridan yaxshi tanish bo'lgan aktrisa Nigina Toshniyazovalar bosh qahramon obrazini talqin qilishgan. Klip grafika uslubida yaratilmoqda. Bevosita klipning ijodkorlariga to'xtaladigan bo'lsak, grafika muallifi Bahtiyor, sahnalashtiruvchi rassom Xusan Po'latov, operator Dilmurod Turdiboev. Klip rejissori debyutant rejissor Dilmurod Agzamov. Guruh yigitlarining imijini esa Furqat yaratgan. Ularni 3 xil obrazda ko'rishingiz mumkin. "100%" guruhi aynan shu taronasi uchun klip suratga olayotganini asosiy sababi, bundan bir qancha vaqt muqaddam o'tkazilgan so'rovnoma javoblariga binoan guruh a'zolari sho'x tarona uchun klip suratga olishni rejalashtirilgan edi. "100%" guruhi muxlislarning talablariga ko'ra ish ko'radi.
P.S.: "100%" guruhi klipni suratga olishda ishtirok etgan xonandalar, aktrisalar va texnik guruhga, shuningdek, portali hamda xonanda Farruh Ahmedovga ham ko'rsatgan xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.
|