MUBORAK JUMA, 2024.12.27, 22:52
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
SMS JONLI SHERLAR [2]
SMS JONLI SHERLAR
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » Файлы » SMS JONLI SHERLAR » SMS JONLI SHERLAR

SMS JONLI SHERLAR
2008.08.20, 21:36
SMS JONLI SHERLAR
Категория: SMS JONLI SHERLAR | Добавил: JAVOXIR
Просмотров: 35602 | Загрузок: 0 | Комментарии: 239 | Рейтинг: 4.3/58
Всего комментариев: 1341 2 3 ... 8 9 »
1 bestboy92   (2013.02.15 09:19) [MALUMOT]
Bo'ldi endi ortiq to'kmagayman yosh,
Meni yupatadi birgina najot.
Yana gul umrimda porlagay quyosh,
Sizdan yaxshirog'in uchratar hayot.

Ja bo'lsa bir daryo yosh to'kibmanda
Toki meni boshqa suymasin armon.
Bitta bevafo deb ichikibmanda,
Ming kuymay,yig'lamay tirikman hamon.

Tirikman tirikjon barhayot ekan,
Hali bo'g'zimda bor yashashga nafas.
Zulmatning ortidan nur kelar derkan,
Ayting qay dunyoni qilayin havas.

Kuyuk ko'ksim jonga darmon bo'lar,
Ovungani bitta dard ham kerakda.
Va lek birinchi ishq armon bo'lar,
G'am izi qolarkan hasta yurakda.

Ortingizga boqmay ketavering yor,
Sizni qarg'amadim Xudo ursin deb.
Men ojizga qancha bersa ham ozor,
Taqdirdan so'radim kulib yursin deb.

2 bestboy92   (2013.02.15 09:19) [MALUMOT]
Сизни кўриш бахтми, азизим,
Ёхуд дилни ўртаган армон?
Соғинади сизни жуфт кўзим,
Соғинади юрагим ёмон.

Сизни кўриш бахтми, азизим,
Айтинг, бахтми юракни ёқмоқ?
Сизга жуда интиқман ўзим,
Тилагимдир бир тўйиб боқмоқ.

Сизни кўриш бахтми, азизим,
Нечун юрак тўкилиб кетди?
Нечун қалбим кўз ёш тўкиб жим,
Чок-чокидан сўкилиб кетди?

Сизни кўриш бахтми, азизим,
Ёхуд мени ўртаган ҳижрон?
Сизга деган бир эзгу сўзим
Юрагимда қолмоқда пинҳон.

Сизни кўриш бахтми, азизим,
Ё бошимга битган балолар?
Ахир бугун тишлаб қолган мум
Бизга ёғий бўлган ошнолар.

Сизни кўриш бахтми, азизим,
Ёхуд мени куттирган висол?
Айтинг, гуллаб кетарми кўзим,
Севгингизни этсам мен хаёл?

Сизни кўриш бахтми, азизим,
Айтинг, менга ростини айтинг.
Соғинсангиз мени, ёлғизим,
Юрагимга, ёнимга қайтинг!..

3 bestboy92   (2013.02.15 09:20) [MALUMOT]
Бир гўзал туйғуни кўнгилга бердик,
Туйғуга кўнгилни бердик эҳтимол.
Биз учун дунёга тоза ишқ келди,
Ишқ учун дунёга келдик эҳтимол.

Нигоҳлар, қарашлар, нафасимиз бир,
Қалбда куртак ёзар орзу, эҳтирос.
Севги водийсида ҳавасимиз бир,
Аммо ғусса бунда қилар эътироз.

Соғинчда яширин, ситамда пинҳон,
Азоб ҳам, оғриқ ҳам овунсин, майли,
Тақдир сўқмоғида, маликам, ишон,
Севги қадр топар ғусса туфайли.

Шукр қил, ишқ сабаб олам бир бутун,
Қара, дунё гўзал, бергин эътибор.
Эҳтимол муҳаббат омон биз учун,
Омонмиз муҳаббат учун эҳтимол!..

4 BoM7779   (2013.05.20 01:00) [MALUMOT]
Мен аслида нима топдим шу,
Икки сатр ноламдан бошқа,
Юрагимга из солган қайғу,
Дил ўртаган аламдан бошқа.

Дўст сўзини таҳлил этмоққа,
Ғанимларим бердилар кўмак.
Оқни оқ деб аниқ айтмоққа,
Керак экан қора ҳам демак.

«Афсус қадам босганман эгри»,
Бундай ҳислар кўҳна ва қадим.
Билмадим қай аъмолим тўғри,
Хатоларим кечроқ англадим.

Баъзан дейман мен кимман ўзи,
Яшамоқдан борми мақсадим?
Заҳмат тотсам вақт ўзи қози,
Уни ажримчи деб атадим.

Кузатсам гар зимдан муҳитни,
Айбим аниқ кўринар шу он.
Мезонталаш фаросат дидни,
Танқид этмоқ ҳаммадан осон.

Етар, юрак чиранмоқни қўй,
Ким тингларди ахир додингни.
Эрк ҳақида сургунингча ўй,
Жоним асра бор бисотингни.

Тушунгинда одамни сен ҳам,
Танлаб бўлмас қараб кўз қошга.
Айт не қилай йўқлаб келса ғам,
Дўст топмасам қаламдан бошқа…..

5 BoM7779   (2013.05.20 01:01) [MALUMOT]
Sevdimu eng suluv sanamni,
Unga berdim ko‘ngil xonamni,
Bir bevafo qizga yoqay deb,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.

Ul malakka ko‘nglim ochardim,
Poyiga dunyoni sochardim,
Volidam chorlasa qochardim,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.

Xiyonatdan yuzim sarg‘aydi,
Yuragimni aqlim qarg‘aydi,
Yiqilsam xolim kim so‘raydi,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.

Muz edimmi erib ketyapman,
Chinormidim chirib ketyapman,
Nahot yerga kirib ketyapman,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.

Ota, axir nima qil deysiz,
Buxoroga tezroq kel deysiz,
Kamon bo‘ldim nishonsiz yoysiz,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.

Odam o‘lmas uyi bo‘lmasa,
Azamas-ku to‘yi bo‘lmasa,
Umid yo‘qdir kuyi bo‘lmasa,
Ko‘p qiynadim yolg‘iz onamni.

6 BoM7779   (2013.05.20 01:01) [MALUMOT]
Seni kechirmayman ketganing uchun,
O‘zganing qo‘lidan tutganing uchun,
O‘zingni arzonga sotganing uchun,
Sevgi dunyosiga qo‘ygandim qadam,
Hayotimni buzding uchrab qaydanam.

Sendan yashirmayman mendan ham o‘tdi,
Mening gunohlarim dard bo‘lib qaytdi,
Muhabbatim endi ko‘z ochgan payti,
Sevgi dunyosiga qo‘ygandim qadam,
Meni qaytarmadi birorta odam.

Nimamga ishonib sevdim men nodon,
-Men ham kuyib ketdim
Qichqirar qozon,
Yaxshi niyat bilan uyg‘onib azon,
Sevgi dunyosiga qo‘ygandim qadam,
Omadimni sinab ko‘ray deb men ham.

Yig‘lama...!
Shaytonning urg‘ochisisan,
Hammani do‘zaxga chorlovchisisan,
Yolg‘onchilarning eng yolg‘onchisisan,
Sevgi dunyosiga qo‘ygandim qadam,
Bilmay bir shaytonni tanlab qo‘yibman.

7 BoM7779   (2013.05.20 01:01) [MALUMOT]
Imoratlar qurib qo‘yib qavat qavat,
O‘z onasi och uxlaydi bermas ovqat,
Mashinayu dollorlarin sanar faqat,
Boyligiga itdek qilar qo‘riqchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Bir joy borsa nasihatlar burro burro,
Amalsizdir aytmaydiyam buni birov,
Harom pulning orqasidan joni egov,
Do‘zaxdan joy talashishda ko‘rikchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

O‘z do‘stining xotiniga ko‘zin qisib,
Orqavarotdan ish bitirar dumin qisib,
Do‘stingman deb terisiga somon tiqib,
Ittan batar qilarkan kambag‘alchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Tirikchilik to‘rt tomonga choptiradi,
Yo‘qni bordan, borni yo‘qdan toptiradi,
Kimni siylab, kimlarnidir qoptiradi,
SHerni ham quyon qiladi quruqchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Erta qular imoratni bugun qurib,
Rost bu deymiz xurofotni ko‘rib turib,
Haq der edik kecha oyoq yalang yurib,
Ey do‘stlarim jarga keldik, go‘rga kirdik-
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

CHidagandik ba’zan qolsak bo‘htonlarga,
Boshimizdan yoqqan ofat bo‘hronlarga,
Nechun bugun ko‘milyapmiz yolg‘onlarga,
Dunyoni ham ko‘kartirdik, odam qildik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Tomoq yirtib hayqiramiz: San’at, san’at!
San’atni ham biznes qilgan bilan harchand,
Ikki yo‘lni birga tutib bo‘lmas garchand.
To‘rtta chala savod bilan san’at qildik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Farzandim deb ilhaq kutar ota-ona,
Foniy dunyo atrofida biz parvona
Jahon asli boshdan oyoq bir g‘amxona,
Maynavozchilikni orzu havas bildik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Oshiq yurak bilmasa gar dil qadrini,
Qaydan bilar bahor nima gul qadrini,
Muhabbatdan ustun bilib pul qadrini,
Ichkuyovmas itkuyovdek qilar qiliq,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

O‘zga elda toparman deb halol rizqin,
Er yigitlar musofirdir g‘arib, miskin.
O‘z yurtida or nomusin bilib to‘sqin,
O‘n gulimiz ochilmayin nechun so‘ldik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Davlat undog‘, davlat bundog‘ deydi kimdir,
Xotiniga so‘zi o‘tmas uyda jimdir,
Mehnat qilmas xoh majburla yo ur o‘ldir,
Tarbiyadan emasmikin bu kamchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Umr-yo‘ldir, adashmaylik, ey do‘stlarim,
YOritaylik kelajakning yo‘llarini,
To‘g‘ri anglang Umid so‘zlarini,
O‘tib turgan bo‘lsa arang tirikchilik.
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

8 BoM7779   (2013.05.20 01:02) [MALUMOT]
Ey do‘stlarim dilda dardim ko‘p aytmoqqa,
Tugma topib qaday desam, yirtiq yoqa,
Etmish hunar kamlik qildi kun ko‘rmoqqa,
Ming ko‘chaga boshlab kirdi yigitchilik.
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

YEllar oldi qaynoq yoshlik zavolini,
Olmasaydim orzularning uvolini.
Juda og‘ir ko‘tarmoq dil malolini,
YAxshini ham yomonni ham mana ko‘rdik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Tirikchilik deb kirmadik ne yo‘llarga,
YOmg‘irdan qochib uchradik biz do‘llarga,
Taqdirimizni topshirdik yot qo‘llarga,
Bitta emas, o‘nta emas biz ko‘pchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Maqtayvermang hadeb soxta qadrimizni,
Erta kimdir titmasmikan qabrimizni,
Kimlar zimdan sinamoqda sabrimizni,
Do‘stu dushman orasida sovuqchilik-
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Avval boshqa hozir boshqa zamon demang,
O‘zni yaxshi boshqalarni yomon demang,
Or nomusin sotganlarni yolg‘on demang,
Mahalliychilik bor yo o‘zbekchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Kimlargadir ko‘rinyapmiz quvga o‘xshab,
Nafsimiz deb qolayapmiz yovga o‘xshab,
Talashamiz o‘rmondagi ovga o‘xshab,
Qayga ketdi axdu paymon sherikchilik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Tinglamasak axir ko‘ngil nidosini,
Kuygan yurak berar bir kun sadosini,
Ba’zan kiydik munofiqlik libosini,
Yo‘q narsani bor deb gapni ko‘pirtirdik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Ilmin sotdi tuppa-tuzuk yurgan olim,
Bir pul uchun mulla bo‘ldi hatto zolim,
Birov jonim deb yig‘laydi, birov molim,
Ayting do‘stlar bilmadim bu ne ko‘rgulik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Qorin to‘ysa, paymona ham to‘lmaydiku,
Sabr qilsa odam axir o‘lmaydiku,
Bo‘yin tovlab bunday yashab bo‘lmaydiku,
Turmush asli to‘rt mush ekan-o‘likchilik-
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Hech kim boqmas kimsan naslu nasabingga,
Ota chidar nodon o‘g‘il asabiga,
Bunday farzand uchrar Ollox g‘azabiga,
Ildizimiz yarmi xasta, yarmi chirik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

Netay, axir, tilkalar bir tig‘ ko‘ksimni,
Haq talashib yuz ko‘rmasdir og‘a-ini,
Gunohkor deb aytolmayman biror kimni
Qaysi yurtda ter to‘kadi el bizchalik,
Ne ko‘ylarga soldi, qarang, tirikchilik.

9 BoM7779   (2013.05.20 01:02) [MALUMOT]
Chayon chaqsa, chaqqan joyi ko'rinar,
Ilon chaqsa, zahri so‘rib olinar,
Boshing silab joning sug‘urib olsa-
Odamning zahriga davo ne bo‘lar.

Bilolmaysan kimning ichda qorasi,
Bilolmaysan yuzdan inson sarasin,
Do‘stlaringdan chiqsa yovning to‘dasi,
Odamning zahriga davo ne bo‘lar.

Tandagi jarohat bitadi bir kun,
Hatto unutilib ketadi bir kun,
Dildagi jarohat qiynaydi har kun,
Odamning zahriga davo ne bo‘lar.

Ichingdagi dushman buqalamundir,
Ming xilda tovlanar nag‘masi ko‘pdir,
Zoti ham aniqmas, laycha yo itdir,
Odamning zahriga davo ne bo‘lar.

Luqmonu Hakim yo Ibn Sino ham,
SHu savolga jimdir meditsina ham,
CHaqib o‘ldirsa-ya, odamni odam,
Bilmadim olamga kim yordam berar,

10 BoM7779   (2013.05.20 01:02) [MALUMOT]
Men bormasam, sen kelmasang,
Men yonmasam, sen yonmasang,
Bir kun kuyib kul bo‘larman,
Sevganimga ishonmasang.

O‘rtamizda g‘urur bordir,
Ikkimizga dunyo tordir.
Har kun eshik qoqadi baxt,
Umidvordir, umidvordir.

Ko‘zlarimiz mahzun-mahzun,
Hislarimiz bizdan, mavhum.
So‘zlarimiz qisqa-qisqa,
Shartlarimiz uzun-uzun.

Birovlarga o‘xsholmasak,
Odamlardek yasholmasak,
Oxiri qanday tugaydi,
O‘zimizga ishomasak.

Bu darddan qutulay deyman,
Bir umrga uxlay deyman.
Bir zumga seni o‘ylasam,
Yig‘lay deyman, yig‘lay deyman.
Men bormasam, sen kelmasang...

11 BoM7779   (2013.05.20 01:02) [MALUMOT]
Yuragimda dardim kop mani,
Senga aytar arzim kop mani,
So'ray desam yana baxt omad,
Xudoyimdan qarzim ko'p mani.

Dilga otgan nishlaring sanchiq,
Azoblarim bunchalik achchiq,
Osmonlarga ketsang yolg'izmas,
Suyukligim meni xam opchiq.

Kaftlarimning chiziqlarida,
Kipriklarim siniqlarida,
Yomon tushni yaxshiga yoydim,
Peshonamning yoziqlarida.

Dilimga sanchilar armonlar,
Poyimda yanchilar xazonlar,
Yulduzga qo'lim uzatsam,
Osmonlarga qo'yib narvonlar.

Yo qaytadan bermasa xayot,
Yana ishq deb ichar edim ont,
Yolg'onchi savdoga aldanmay,
Faqat sen deb ichardim faryod!

12 BoM7779   (2013.05.20 01:02) [MALUMOT]
Yuragim qon bo‘lgan kun,
Ichimda g‘am to‘lgan kun,
Ko‘z yoshim to‘kilgan kun,
Holim so‘rab kelmading,
Boshqami yo sevganing?

Yursam, yo‘lim adashar,
Kulsam dilim adashar,
So‘zlab tilim adashar,
Baxtim eding bilmading,
Boshqami yo sevganing?

Qalbimni ko‘p g‘ashlama,
Sirli nigox tashlama,
G‘irrom o‘yin boshlama,
Rostmi ko‘ngil uzganing,
Boshqami yo sevganing?

Oylar o‘tar, yil o‘tar,
Javobing Umid kutar,
Seni qanday unutar,
Ko‘ngil uyin buzganing,
Boshqami yo sevganing?

13 BoM7779   (2013.05.20 01:02) [MALUMOT]
Qiynalyapman, yuragimni armon teshar,
Yig‘layapman, ko‘zlarimdan daryo toshar,
Sog‘inchlarim hayotimga dardlar qo‘shar,
Netay endi yolg‘izlikka ko‘nikaman.
Ayt azizim seni qanday unutaman?

Sen kelmasang bog‘larimdan bahor ketar,
Umid so‘ngan ko‘zlarimdan mador ketar,
Seni o‘ylab tunlarim ham bedor o‘tar,
Yulduzlarga mayus boqib g‘am yutaman,
Ayt azizim seni qanday unutaman?

Oh bilsayding oshiq dilning nolasini,
YOnayotgan alamlarning na’rasini,
Bir kelib ko‘r hanjaringni yarasini,
Jonim chiqqan, ruhsiz tanam tobutdaman,
Ayt azizim seni qanday unutaman?

Lahta-lahta qonlar oqar jigarimdan,
Sening isming tushmas bir zum lablarimdan,
Eru falak dod solayapti g‘amlarimdan,
Ko‘ngil uyin hotirangla yoritaman,
Ayt azizim seni qanday unutaman?

Osmonimda yo‘qdir qora qarg‘alarim,
Yo‘qdur menda senikidek nag‘malarim,
O‘ylab yurma, ichimda ham qarg‘amadim,
Men ajrimni oshiqlardek jim kutama,
Ayt azizim seni qanday unutaman?

Muhabbating ko‘mdim ishqing mozorida,
Umid, darvesh hijron bozorida,
Kuylar yendi vafosizlar ozorida,
Ohiratda ko‘z oldingdan bir o‘taman,
Ayt azizim seni qanday unutaman?

Qiynalyapman, yuragimni armon teshar,
Yig‘layapman, ko‘zlarimdan daryo toshar,
Sog‘inchlarim hayotimga dardlar qo‘shar,
Netay endi yolg‘izlikka ko‘nikaman.
Ayt azizim seni qanday unutaman?

14 BoM7779   (2013.05.20 01:03) [MALUMOT]
Yo'l chetida bir qiz turar yerga qarab..
Ko'nglimda bir behuzurlik titramoqda..
Yerga qarab,kuchli alam bilan yo rab..!

Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..

Ehitiroslar..og'usidan topib zavol..
Ishqlarni ham yuragiga olib malol..
Yoshlari ham ko'zlaridan sizib behol..
Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..

Unga nasib bo'lgan edi totli tuyg'u..
Yashar edi bir zamonlar ko'zda kulgu..
Bu kun esa iffatidan ajrab mangu..
Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..

Duganalar havasdaydi o'shal damlar..
Taqdirida yo'qday edi..yarim,kamlar..
Diyonatni unutub zor ey odamlar..
Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..

Aytmang unga nasihatlar berib bot-bot,
Unga emas balki vijdon sizlarga yot..
Ko'zlaridan qonlar oqib bugun hayhot..
Nomusidan ayrilgan qiz yig'lamoqda..

Singlim ko'zing artib sekin tashla odim..
Balki seni qalbing afsus tig'lamoqda..
Tezroq ketgin,buxtonlardan qochib dedim..
Ammo hamon benomus qiz yig'lamoqda..

15 BoM7779   (2013.05.20 01:04) [MALUMOT]
Unutishing mumkin shirin tushlarni.
Balki unutarsan kuzgi barbglarni.
Kimlardur sen uchun keltirganda gul.
Baribir eslaysan bizning gulzorni.

Qanchalik xarakat qilma befoyda.
O'zingni qiynaysan qiynaysan juda.
Unutaman deysan, xotira borda.
Unutaolmaysan xech qachon meni.

Eslaysan birga o'tkazgan damlar.
Og'ushimda birga qilgan orzular.
Tarixga muxirlangan shirin tuyg'ular.
Unutolsang unut visol o'tgan tunni.

Qanchalik xoxlasam bag'rim ochishni.
Shunchalik xoxlayman sendan qochishni.
Iloji bormikan seni unutishni.
Sen xam unutolmaysan xech qachon meni.

Unutolmaysan o'sha oqshom, ul ajoyib tun.
Go'zal kulgularinga bo'lardim maftun.
Shirin kulgularing edi man uchun.
Endichi yig'layapsan ko'zlaring be un.

Naxotki boylik deya yiroqsan mandan.
Faqat xotiramda yashaysan xammon.
Sani deb bitardim judda zo'r sherlar.
Tunlar yuragimda yig'laydi armon.

Xamon xotiramda o'sha laxzalar.
Ko'zlarimni yumsam bari namoyon.
San endi yiroqda jonim qiynoqda.
Bu ne achiq qismat, abadiy xijron.

Yangi yor muborak bo'lsin azizam.
Diydoringdan endi umid uzdim jim.
Man sani sevardim ox qandoq sevdim.
Umirbot sevardim imkoni bo'lsa.

O'zganing bog'ida gullashing mumkin.
O'zga bilan baxtga yetishing mumkin.
Baxtli bo'lgin iloxim gulim guloyim.
Lek unutolmaysan xech qachon meni.

1-15 16-30 31-45 ... 106-120 121-134

O`ZBEK QIZLARI AXVOLI +18

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz