SESHANBA, 2026.01.27, 04:56
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Главная | Регистрация | Вход
Приветствую Вас MEXMON | RSS
EL_SHaFeYdan SHe'rlar..!
El_SHafey Дата: CHORSHANBA, 2012.12.12, 20:37 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные
Ushbu bo'limda..shunchaki o'z she'rlarimni yozganman.. Inson o'z dil izhorlarini ba'zida qog'ozga to'kkisi kelarkan..
El_SHafey Дата: CHORSHANBA, 2012.12.12, 20:38 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные
G’amgin ayol,hokisor ayol…! Yostiq quchib o’tirar yolg’iz, Yillaridan jabri bor ayol..! Yuzlarida ajinlardan iz.. Shamol o’ynar parda chetini, Izg’irinlar tilaydi bardosh.. Dard kemirar ayol etini..! Ko’zlarida qotib qolgan yosh..! Ayol buncha nimadan g’amgin.? Axir nedan buncha hokisor..?! Yoki ishqlar bildirib dilgin..! Biror kimsa etmagan izhor.. Yo’q!yo’q bo’lgan vaqtida uning, O’z oilasi,suygan yo’ldoshi, Yuzlariga tabassum berib, Tunlarida bo’lgan sirdoshi..! Taqdir asli emas bir tekis, Degan ekan qaysidir kosib, Qoldi ayol dardini yutib. Qo’ydi yori o’zini osib..!! Qarindoshlar bo’ldi uzoqroq, Ayol nomi bo’ldi behosiyat. Yuraklari tuygancha titroq! Qolmadi-ku,uzlatda niyat. Ancha yillar o’tdi oradan… Topdi ayol jamiyatda o’rnin, Ammo, lekin shuncha saradan, Topolmadi birorta tengin..! Qancha yillar,qancha og’riqdan, O’ta oldi ayol idroki.. Izlamadi mag’rib-mashriqdan, O’z tengini ayol hattoki..! Ko’cha kuyda ayol qaddini, Tutib yurar go’yoki hisor.. Yupatolmas..lekin dardini, Tunlarida ayol hokisor..!! Muallif:EL_SHaFeY
El_SHafey Дата: PAYSHANBA, 2012.12.13, 17:56 | Сообщение # 3
Группа: Удаленные
Uzun tunlar,beomon tunlar.. Lahzalarga tilaydi bardosh.. Yuragimdan o’kirik,unlar..! Ko’zlarimga qalqiyotir yosh..! Dardlarimni o’zimga aytib… Kuzataman oynadan bejon.. Shamol uvlar,o’ylarni titib.. Tomirlarda qotib qoldi qon..! Fahm etmak,ne o’zi ayting..?! So’ngsiz savol,qoldi javobsiz..! Qaytolsangiz,albatta qayting.. U vaqtgacha,biling sarobsiz..! Umidimni uzmoq istayman.. O bu jonim,solmoqda titroq..!? Ohanglari qurigan nayman..! Buncha manzil,bo’lmasa yiroq..? Lekin shamol bermaydi halal, Yuragimda shamlarim o’chdi. Kimdir kelib besas,bemahal.. Astagina yelkamdan quchdi..! Men qaradim,ammo osmonga, Tikilardim,ro’himda titroq..! Qaramasdim,uning tomonga..! U chi,hanuz hurram va qo’vnoq.. Tuman edi,mening-chun dilbar..! Anglamadim,yo anglab yetdim.. Yonimga u keldi,shu safar..! Sirlarimiz,shivirlab ketdi..! Nima edi,u bir hotirot.. To’zg’ib ketdi,behud hayolim.. Kulba dilim,bo’lmasdan obod.. "Bas etar.!”der mushfiq ayolim..! U anglamas olis o’tmishni, Ko’ngil g’arqdir silsilasiga.. Boshim yana qancha mish-mishni, Tavon berar minglartasiga..! Ammo,endi yashayman nochor.. Yashamoqlik mumkinmi gardsiz..?! Dunyo bo’lsa katta bir bozor, Bozor ichra yagona dardsiz..!! Muallif:EL_ShaFeY
El_SHafey Дата: MUBORAK JUMA, 2012.12.28, 18:10 | Сообщение # 4
Группа: Удаленные
Men kechikdim,vaqtlar nazdida, Soya soldi yo’llarga zulmat..! Qololmadim yillar izida, Faqat qoldi o’kinch,malomat.. Fursatlarim barin tugatib, Yetib keldim afsus kechikib. Yuragimda ishqni yig’latib, Hayollardan qoldim ichikib.. Boqma ortiq buncha g’azabkor, Unutmadim,unutmam aslo, Bilsang axir sening beozor, Sho’x ko’zlaring qilgandi shaydo..! O’sha damlar qaytib kelishin, Bilsang edi qancha hohlashim. Balkim o’sha vaqtda,olib tin, Atarmiding ko’zdagi yoshim.. Kechir jonim,ancha olisda, O’tdi umrim,kezib sarosar. O’sha tanish,qadrdon hisda, Men yo’qotgan so’zlarim yotar..! O’tdi umrim,chang to’zon aro, Bilmay bormi yo eding yo’qdan. Yer tagiga chorlaydi sado, Lek ishorat bo’lmadi ko’kdan. Kechiksamda keloldim tirik, Ro’parangda turibman behol, Meni asir aylagan kiprik..! Holatimni tushunmas alhol..! Kechikadi imkonlar ba’zan, Poyezdlar ham kechikar,ammo. Zo’r kulfatdir mabodo inson, Aytar so’zi kechiksa illo.. Yonib bitgan gulhanday g’amlar, Qulflangan bir eshikdek bu kez. Kecha uni kutgan odamlar, Kabi so’z ham bo’zlaydi yolg’iz..! So’nib bitgan sarhadlar ichra, Ma’yus tortar olis yo’l pinhon..! Saf-saf tortgan qabrlar uzra, Manzili yo’q,cheksizdir osmon..! Men kechikdim senla visolga, Yolg’iz qabr kelmoqdadir duch..! Muallif: El_SHaFeY
El_SHafey Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 18:16 | Сообщение # 5
Группа: Удаленные
Osmon edi orzularing, Sarson edi tuyg’ularing. Yurak ezar qayg’ularing, Xijron kabi holsizginam..! Sevishimni aytolmasman, Izlaringda men tolmasman. Ortginamga qaytolmasman, Onam kabi munisginam..! Dardlarimni sotib olgan, Izhorimni dilga solgan.. Sog’inchlarga botib qolgan, Qo’lim yetmas olisginam..! Armonimning cho’llarida, Qonlar yutib yo’llarimda. Sho’r taqdirning qo’llarida, Tugab bitgan holsizginam..! Sitamlardan topmay panoh, Sog’inchlardan chekibsan oh.. Ogoh etgin meni ogoh.., Mening kabi yolg’izginam..! Aytgin kelib qancha davron, Zo’raymoqda endi hijron.. Omon qolmam,endi omon, Jonin bergan jonsizginam..! Men kechikdim,yo’qdir visol, Baxtlar endi so’ramas hol. Ayo tangrim jonimni ol..! Kechir meni holsizginam..! Munis yuzli jonsizginam..! Muallif : EL_SHaFeY
Odil_oxraN Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 18:31 | Сообщение # 6
Группа: Удаленные
p.s xavas qilaman el shafeyga . . . .
El_SHafey Дата: YAKSHANBA, 2012.12.30, 20:12 | Сообщение # 7
Группа: Удаленные
Sherlarimni erinmay o'qiganingiz uchun rahmat Do'stim..
El_SHafey Дата: DUSHANBA, 2012.12.31, 09:37 | Сообщение # 8
Группа: Удаленные
Ko’z yoshingni juda sevaman, Bu ishqlarim balki telbalik.. Lek istayman ko’zlaringda man, Salomlarga olishni alik..! Ular tiniq,shaffof,musaffo, Toshar qalbing irmoqlaridan.. Ko’nglim sezar mayinlik safo, G’amni telba titroqlaridan..! Yo’q,to’xtama..!yig’lagin to’yib, Tugab bitsin,azobli hislar.. Chiqsa hamki yuraging o’yib, Ular yoshmas,hurlik-munislar..! Izhor etar yuzingdan oqib, Muhabbatni shivirlar mayin. O’ksik dilim otashda yoqib, Kuydirmoqda yonganim sayin.. Yo alhazar,nadir go’zallik, Shashqatorlar nening izhori..?! Beor vaqtlar anglamas hatto, Axir bular sevgining ori..! Titrab chiqar tomchilab,sokin, Oqar yuzing sarhadlarida.. Ular sokin oqsa va lekin. Dard ko’pirar,adadlarida,,! Xazil bilma,mening so’zimni, Ishlaringda hamon telbaman.. Unutib men hanuz o’zimni, Yoshlaringni juda sevaman..! Muallif:EL_SHaFeY
_GoSPoDiN_ Дата: DUSHANBA, 2012.12.31, 13:35 | Сообщение # 9
Группа: Удаленные
juda zor werlar omad
Fast-ForWarD Дата: CHORSHANBA, 2013.01.02, 08:57 | Сообщение # 10
Группа: Удаленные
zur omad
El_SHafey Дата: CHORSHANBA, 2013.01.02, 21:10 | Сообщение # 11
Группа: Удаленные
Men qadringni toptadim ko'p bor, Kechir meni yolg'onlar uchun.. Sog'inchlarday sochilib ketgan,, Kechir so'nggi hazonlar uchun.. Men qadringni toptadim ko'p bor.. Unut bo'ldi tuyg'ular nechun.. Qadrim topmay yuribman g'arib.. Kechir..kechki mezonlar uchun... Men qadringni toptadim ko'p bor.. Kechir behol rashklaring uchun.. Yuragimga azoblar bergan.. Kechir..So'nmas ashklaring uchun.. Men qadringni toptadim ko'p bor.. Buncha tordir..Buncha kam ochun.. Qimmat narhim tekinga tushgach.. Kechir..Narxu,arzonlar uchun... Muallif:EL_SHaFeY
Odil_oxraN Дата: CHORSHANBA, 2013.01.02, 21:40 | Сообщение # 12
Группа: Удаленные
naxotki sherlarda g'amgin yashaysiz Satrlarni oqib qanday chidaysiz Qanday bardosh beryapti qalam Nega azob nega bunchalar alam Dostimga ijodiz qalbimda jo
Fast-ForWarD Дата: PAYSHANBA, 2013.01.03, 05:40 | Сообщение # 13
Группа: Удаленные
ha
El_SHafey Дата: PAYSHANBA, 2013.01.03, 13:17 | Сообщение # 14
Группа: Удаленные
Xufton mahal,oyoqda turib, Boqqanimda yo’qolar oqlar..! Sekin sekin qadam-la yurib.. Mayxonaga boshlar oyoqlar..! Tutun to’lgan,Mayxona uzra, O’zgacharoq havo kezinar. Mast-alasr bu tovushlarda ham, Kuzning otash,o’ti sezilar..! Yiroqlarda dala-hovlining, Xazonlarga to’lar ko’chasi. Nafis hidi keladi nonning, Go’dak yig’lar,unda kechasi. Maydonlarning ortida har kech, Izg’iy boshlar,masxarabozlar. Sho’x qizlar-la xarobazorda, Sayr etishar,xatto so’zbozlar..! Oqar muzli halqalar ko’lda, Ayol dodlar hech kimning ishi. Yo’qda ko’kda behis,beparvo, Evriladi oyning gardishi..! Ko’rinadi har shom,yolg’iz do’st, Qo’limdagi may ichra faqat. Achchiq,sirli ta’mli nafasdan, U ham huddi meningdek karaht..! Oldimdagi qo’shni stolda, Mudroq ishchi qaqqayib turar, Humor ko’zli mayxo’r ayollar. Gunohini yolg’iz haq bilar..! Oqshomlari aynan bir paytda, Yo tushimga kirarmikan bu? Oynalardan sirg’alar tuman. Ro’moliga o’rangancha u..!? Mayxo’rlarni oralab o’tar, Doim yolg’iz,doim ohista. Tuman atir hidi urinar.. Derazaning yoniga asta..! O”tiradi shohi ko’ylaklar, Tovlanadi boqqanim sari. Tillo uzuk, tillo baldoqlar, Zanjirlaydi meni ul pari… Zanjirlaydi meni tobora, Yuzidagi qayg‘u ortidan Ko‘rinadi — beqiyos kenglik, Ajib qirg‘oq uning ortida… Ochilmagan sirlar ochildi, Qo‘llarimda — nening otashi? Yuragimga sanchildi yomon O‘tkir mayning hasratli yoshi. Uchayotgan parlar singari Xayollarim sarxush va uyg‘oq. Tubsiz, moviy ko‘zlarning yurti — Olislarda shovullar qirg‘oq. Yurakdagi sirlarim bilan Sharob ichra to‘kilaman jim. O, sarxushlik, sarxushlik, haqsan! Gunohimni bilar xudoyim… Muallif:EL_SHaFeY
_MAFIYA_ Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:44 | Сообщение # 15
Группа: Удаленные
Гунохкорман кирдим калбингга, Эркам бўлма бунча бемехр. Илож канча сенга талпинган, Калб амрига кўнмайин ахир. Учрашганда юзингни бурма, Кўзларимга мехр билан бок. Кейин ўзинг кийналиб юрма, Калбимда ишк оловини ёк. Майли ишкдан юраклар ёнсин, Бахтимиздан порласин кўзлар. Висолингга ташна дил консин, Качонгача юраклар бўзлар. Севмайман деб бекор айтасан, Кўзларингдан кўриб турибман. Бугун кетсанг эрта кайтарсан, Буни зимдан сезиб турибман. Юраккинанг кўпдан безовта, Дуч келганда чўгдай ёнасан. Менку майли сен хам азобда, Айт севгиндан нечун тонасан?
Fast-ForWarD Дата: DUSHANBA, 2013.01.14, 14:37 | Сообщение # 16
Группа: Удаленные
yahwi
_MAFIYA_ Дата: SESHANBA, 2013.01.15, 00:09 | Сообщение # 17
Группа: Удаленные
Ok
El_SHafey Дата: PAYSHANBA, 2013.01.17, 21:49 | Сообщение # 18
Группа: Удаленные
Bu ko'zlaring begonadir yuragimga, Hatto endi hislaring ham mendan bo'lak, Hayqirig'im shamollarda to'zg'ib ketar, Alamlarim ko'tarolmas mushtdek yurak.. Qiynoqlaring o'tib ketgan bu jonimdan, Titroqlaring vujudimga singdirolmam.. Nafratlarim qonday oqar tomirimdan, Yuragingda ne borligin men bilolmam.. SHo'x shalola sochlaring ham shunday chirkin, Senga chidab qolmadiku menda sabr, Muxabbat ham berar edim yurakka lek... Oramizda joy izlabon toldi qadr... Chirib bitagan tuyg'ularni kovlab bu kun, Unut bo'lgan Muxabbatga qaytolmasman, So'nggi so'zing aytib mendan kechgan eding, Qaytganingda birinchi so'z aytolmasman... Muallif: El_SHaFeY
_MAFIYA_ Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.18, 02:54 | Сообщение # 19
Группа: Удаленные
Omad
El_SHafey Дата: SESHANBA, 2013.01.22, 20:51 | Сообщение # 20
Группа: Удаленные
Yoshim o’ttiz,yo’l yarim yetar..! Bugun umr,o’rtasidamiz.. Ketmoqdadir,yoshligim gavhar.. Yolvorishlar bugun foydasiz..! Kiprikdagi yoshga qaramay ketar.. Sochlarimga qor inmoqda,qor..! Nahot menman,bu ajinli yuz..! Ko’zlarim ostida endi halqalar, Buncha dushman ko’rinayapsiz..?! Do’st bilganim o’shal oynalar..! Fursatlarim shavqatsiz chunon, Suratlarga boqsam men emas..! Qayda qoldi o’shal hayajon..!? Kulib turgan aksim ham yoshmas..! Yolg’on..qayg’usiz bo’lganim yolg’on..! Ro’yolardan barpo ilk muhabbatim, Xotirasi hatto begona kelar.. Hayotni barobar boshlagan do’stim, Sheriklar yo’llarda ayrilib qolar.. Tanholik ustimga bosib kelar jim..! Osmonning boshqa bir rangi bor ekan, Bildim kech tog’larni sart bo’lishini.. Insonni suv bug’ar,olov yoqarkan, Tuqqan har kunning bir dard bo’lishini.. Odam ushbu yoshga kelib toparkan..! Muallif:EL_ShaFeY
panoh-3434 Дата: CHORSHANBA, 2013.01.23, 11:19 | Сообщение # 21
Группа: Удаленные
Nima bolgan dysanmi hop aytaman mayli. Telba majnun edim u esa layli. Uni qizg'onordim begona kozdan. U esa qorqardi odamlar gap sozidan. Gaplashardik kop uchrashardik kam. U uyottan qizorardi ozgina erkalasam. Malikam edi u men uni shaxzoddasi. Afsus qarchi chiqdi bunga ota-onasi
Kuydirgijon85 Дата: PAYSHANBA, 2013.02.07, 23:32 | Сообщение # 22
Группа: Удаленные
зур дустим ижодизга омад.
_MAFIYA_ Дата: MUBORAK JUMA, 2013.02.08, 13:02 | Сообщение # 23
Группа: Удаленные
Nima qilay? Unutolmayman, Xayolimdan ketmaysan sira. Hamma narsa seni eslatar, Go‘yo borliq sendan xotira. Nima qilay? Unutolmayman, Imkon bermas xatto uyqular, Qulog‘imda jaranglar hamon, Men yig‘lasam o‘sha kulgular. Nima qilay? Unutolmayman, Izlaring bor, yursam yo‘limda. O‘qiy-o‘qiy titilib ketdi, Maktublaring mening qo‘limda. Nima qilay? Unutolmayman, Irodamdan qilaman nafrat. Gunohim ko‘pmidi shunchalar, Mahkummanmi, hijronga abad? Nima qilay? Unutolmayman, Yetolmayman manziling yiroq. Taqdirga tan bera qolmayman, Bu qanday kuch? Bilmayman biroq. Nima qilay? Unutolmasam, Hasratlarni qilolmasam bas. Axir qanday unutib yashay, Yoding bilan olaman nafas, Yurak seni so‘rar xar nafas
muslima_lady Дата: CHORSHANBA, 2013.03.06, 06:32 | Сообщение # 24
Группа: Удаленные
uzim judayam woirlikga qiziqaman lekn he4 qa4on yoza olmaganman. Bu narsa hamani ham qulidan kelavermaydi. Qofiyalar judayam zur tuwibdi.
→•ZVERI•← Дата: CHORSHANBA, 2013.03.06, 16:30 | Сообщение # 25
Группа: Удаленные
Aqlim deydi yo'qlama uni Balki bahtdir bermagin halal Ko'nglim deydi holin bilaylik Osmon uzilib tuwmaydi ahir Ruhim deydi sogindim yomon Mehrim tortar borib ko'raylik Jismim deydi bo'lgin bardowli Insonmizku sabr qilaylik
2026 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz