Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik… Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar… Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydi-da.«Turishingni qara, cho‘pga o‘xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesang-chi. Og‘zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?» Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing‘ir ishi ko‘p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung‘ayib¬gina turgan boyagi «cho‘pday» tanishim o‘sha paytda ko‘zimga juda chiroyli ko‘rinib ketdi… Tan olish kerak, ko‘pchilikda halol bo‘lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo‘llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi. «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o‘zimizni ovutganday bo‘lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo‘rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo‘lsa?
halol… Necha marta g‘alaba qozongansiz? «Halol!» Kurashda raqibining ikki yelkasini hech qanday g‘irrom ishlatmasdan yerga tekkazgan polvonlar uchun, aslida, eng oliy mukofot shu birgina so‘z. «Halol» - bellashayotgan mardning ori, nomusi, g‘ururi. Hamma polvonlar shu kalomni eshitish orzusida maydonga tushadilar. «Halol» uchun kurashadilar. Aslida, hayotning o‘zi kurash maydoni. Unda faqat mardlar bo‘lmasligi aniq. Lekin g‘irrom bilan yutganlar el oldida qanday obro‘ga ega bo‘lishi mumkin? Shuningdek, ushbu maydonda «halol lafz», «halol luqma» degan tushunchalar ham bor. Lafzi, luqmasi halol bo‘lganlar yutqazmaydilar. «Halol» sof g‘alabani bildiradi. Haqiqiy g‘oliblargina mana shu so‘zni eshitadilar. O‘ylab ko‘ring-chi, siz necha marta g‘alaba qozongansiz?
«Harom»ning «salmog‘i» Nazarimizda, «harom» so‘ziga nisbatan munosabat o‘zgardi. Odamlar go‘yo uni «oddiylashtirib» yubordilar. «Ushlama, harom!», «Harom qilibsan», «Harom bo‘ladi» kabi gaplar bilan bolalarga tanbeh berishadi. Ba’zi joylarda hatto o‘z bolasini «Haromi» (!) deb urishadiganlar bor ekan. Yosh bola nazarida bu gaplar faqat tashqi jihatdan «notoza» bo‘lgan narsalarga nisbatan aytiladi. To‘g‘ri, bolaga bu haqda tushuncha berib, «harom»¬ga yaqinlashmaslikka o‘rgatib borgan yaxshi. Ammo «harom» faqat moddiy narsalarga nisbatangina ishlatilishi kerakmikan? Ma’naviy halollik-chi? «Harom»ni «oddiylashtirib» borish natijasida borgan sari undan qo‘rqmaydigan kishi «tarbiyalanadi». Uning nazarida bu arzimasdek bo‘lib tuyuladi. Va… Halollik faqat bozordagi tarozi bilan o‘lchanmasligi rost. Amallaringizni qalb tarozisiga solib ko‘ring, qaysi palla ko‘proq tosh bosar ekan?
Bemor tabib Halollik ustozlarga ham shu darajada yarashadiki… - Ta’lim-tarbiya jarayonida halollikning o‘rni juda muhim, - deb gap boshladi bir o‘qituvchi. - Yoshlarga bu go‘zal fazilatning qadri, ahamiyatini tushuntirish uchun bor kuch va imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz. Bir rivoyat eshitgandim. Bolasining ko‘p asal yeyishidan tashvishga tushgan ota uni tabibga olib boradi. Kichkintoyning bu odati haqida eshitgan hakim otaga uni davolatish uchun qirq kundan keyin kelishini tayinlaydi. Nihoyat, belgilangan kun kelib, ota yana o‘g‘li bilan tabibning huzuriga shoshadi. U esa kichkintoyning boshini silab: «O‘g‘lim, bundan keyin¬ asal yemang», - deydi va otasiga ketishi mumkinligini, endi bola bunday qilmasligini aytadi. Hayron bo‘lganini yashira olmagan ota so‘raydi: «Shu gapni o‘sha biz kelgan birinchi kunning o‘zidayoq aytib qo‘ysangiz bo‘lardi-ku?». Donishmand hakim esa jilmayib: «To‘g‘ri. Lekin o‘sha kuni o‘zim ham asal yegan edim. Shuning uchun bolaga aytgan nasihatim kor qilmasdi. Qirq kun asal yemadim. Endi bolangiz ham ko‘p asal yeyishini bas qiladi», deydi. Donishmand bolani davolashning bunday usulini aytib, otani ham lol qoldirgan edi. Bu bilan nima demoqchiman? Demak, biz o‘qituvchilar ham, avvalo, o‘zimizni tarbiyalab, keyin bu haqda o‘quvchilarga gapirganimiz ma’qul. Nega gaplarimiz bolalarga ta’sir qilmayapti? Nima uchun farzand¬larimizga halollik, olijanoblik haqida aytganlarimiz ertakday tuyulayapti? Chunki o‘zimiz hozir ana shu asal yeb qo‘ygan tabib ahvolidamiz. Bolalarimiz faqat ko‘p asal yeyish «kasal»igagina chalingan bo‘lsalar, qaniydi. Biz ham qirq kun asal yemay turib nasihat qilsak bo‘lardi. Ammo o‘quvchilarga halollik haqida gapirishimiz uchun o‘zimiz ham ma’naviy tayyorgarlik ko‘rishimiz shart.
Halol orzular Endigina maktab yoshiga yetgan o‘g‘il-qizlar ota-onasini juda yaxshi ko‘rib ketgani sababmi, ba’zan «Katta bo‘lsam, sizga mashina sovg‘a qilaman», «Pulim ko‘paysa, oyimga falon narsa olib beraman» deb aytadilar. Farzandning yoshlikdanoq ota-onasiga bu qadar mehr qo‘yishi, ularga yordam berishni xohlayotgani yaxshi, albatta. Lekin bu qimmatbaho narsalarni faqatgina halol yo‘l bilan pul topib olish kerakligini aytishni unutib qo‘ymayapsizmi? Aslini olganda, bu ham bolani halollikka o‘rgatib borishning bir yo‘li. Halollik faqat oldi-sotdida emas, biz juda oddiy, arzimas deb o‘ylagan ishlarda ham bo‘y ko‘rsatishi mumkin. Birgina baho olish va qo‘yish tartibini olaylik. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchiga ham katta mas’uliyat yuklanadi. Osongina olgan «5» sizga tatirmikan? Kechayu kunduz demay o‘qib-o‘rganib, darsga imtihondagidan ham ko‘proq tayyorlangan tengdoshingiz zo‘rg‘a «a’lo» baho oladiyu, sizga ham «5». Bahoni ham halollab olish kerak emasmi? Oliyo‘quv yurtiga hujjat topshirgan yigit-qizlar ko‘pincha o‘qishga kirishning oson yo‘llarini qidiradilar. Qanday qilib bo‘lsa-da, talaba bo‘lish kerak. Ba’zilar qing‘ir¬ yo‘llar orqali oliy dargohga kirmoqchi bo‘ladilar. Endigina mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yoshlar ilk qadamlarini bunday egri yo‘llar bilan boshlasa, ularning kelajagini qanday tasavvur qilish mumkin? Xulosa o‘rnidagi hikoyat Halollik haqidagi mulohazalarni bir kichik maqolaga sig‘dirib bo‘lmaydi. Shu bois ibratli bir hikoyat bilan fikrimizga yakun yasaymiz-da, xulosani o‘zingizga qoldiramiz. Bir kuni Abdurahmon ibn Avf mo‘minlarning xalifasi hazrat Umar (r.a) ning ziyoratiga keldi. Salom berdi-da, kutib turdi. Xalifa yonib turgan shamni o‘chirib, keyin boshqasini yoqdi. Bu ahvol mehmon diqqatini tortdi, u hazrat Umarga: - Ey, Amiral-mo‘’minin! Oldingizda sham yonib turardi, uni o‘chirdingiz. Yana unga o‘xshash boshqa shamni yoqdingiz. Buning bir hikmati bordir? - dedi. Amiral-mo‘’minin hazrat Umar (r.a) tabassum bilan dedi: - Yo Abdurahmon, o‘chirganim davlatning shami (molidir). Yoqqanim esa o‘zimning shaxsiy shamim, o‘z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda, davlatning shamini yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o‘tirganimda, davlat shamini yoqishim halollik bo‘lmaydi, shuning uchun uni o‘chirdim. O‘zimnikini yoqdim. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman? Behzod Fazliddin “Ma’rifat” gazetasidan olindi
- Bodring : Kengaygan yuz teshiklarini toraytirib, oqartiradi. Qarigan va so’ligan teriga foyda. Hususiyatlari: Bodring suvini losyon sifatida ishlatsa bo`ladi. Retsept: Agar yuz terisi yog’li va teshiklari keng bo’lsa, bodring atalasini ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan yoki bir-ikki tomchi limon kislotasi bilan aralashtiring. Teri quruq bo’lsa, bodringga 2 osh qoshiq yangi qaymoq qo’shing.
- Kartoshka: Ajinlarni tekislaydi. Hususiyatlari: Xom paytida ko’z ostidagi shishlarga juda foydali. Yangi kartoshka suvi yallig’lanishning oldini oladi. Retsept: Pishgan kartoshkani sut bilan aralashtirib yuzga surtamiz. 1choy qoshiq glitserin qo’shish ham mumkin. Maskani yuzga iliq holda surtib pergament qog’ozi bilan berkitamiz. 15-20 daqiqadan so’ng iliq suv bilan chayib tashlaymiz.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:27 | Сообщение # 10
Группа: Удаленные
-Olma: Terini namlantirib yallig`lanishlarning oldini oladi. Hususiyatlari: Olmada yallig`lanishlarni davolovchi moddalar ko`p, shuning uchun uni teri yallig`lanishida ishlatish mumkin. Retsept: Yarimta olma qirg’ichdan o’tkazilib, 1choy qoshiq asal, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq olma sirkasi, 1choy qoshiq o’simlik yog’I bilan aralashtiriladi.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:28 | Сообщение # 11
Группа: Удаленные
-Limon: Yuz terisi teshiklarini toraytirib, oqartiradi. Hususiyatlari: Limon suviga doim suv qoshish kerak. Retsept: 1osh qoshiq tvorogni 1-2tomchi limon suvi bilan aralashtiring. Bu maska ajinlarni yaxshi tekislaydi. Oqartirish uchun: 1ta limon suvi 2osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Dokani shu aralashmada ho’llab yuzga 15-20 daqiqaga qo’yish kerak. Bu aralashmani muzlatgichda 1hafta saqlash mumkin.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:29 | Сообщение # 12
Группа: Удаленные
-Pomidor: Yuzni tozalaydi va hujayralarning tez bitishiga yordam beradi. Hususiyatlari: Tomat suvi tualet suti (tualetnoye molochko) o’rnini bosadi. Retsept: Yaxshi oziqlantiradigan va erta qarishni oldini oladigan maska:1ta pomidor, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq kraxmal aralashtiriladi.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:30 | Сообщение # 13
Группа: Удаленные
-Banan: Terini tekislaydi va yumshatadi. Hususiyatlari: Banan maskalari ayniqsa uzoq vaqt havosi quruq joyda bo’lganingizda yordam beradi. Ularni muhim uchrashuv oldidan ekspress modda sifatida ishlatish mumkin. Retsept: Yarimta bananni vilka bilan ezib, nozik qilib yuzga surtish kerak.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:30 | Сообщение # 14
Группа: Удаленные
E’tibor bering: - Hamma maskalar yangi mevalardan faqat bir marta foydalanish uchun tayyorlanishi kerak. - Har qanday maskani yuvganda 2-3 marta choy, losyon yoki bodring suvida ivitilgan paxta bilan artib olish yetarli. - Normal va quruq teriga maska haftada 1-2marta, yog’li yuzlarga esa 2-3marta surtiladi. Bo’yinga ham surtishni unutmang, ahir bo’yin terisi haqiqiy yoshingizdan xabar berib turadi. Bir kurs 15-20 muolajaga teng. 2 oydan so’ng yana qaytarish mumkin.
Дата: DUSHANBA, 2012.01.02, 05:31 | Сообщение # 15
Группа: Удаленные
Juda muhim : Agar teri yog’li bo’lsa sizning o’simliklaringiz – qizil smorodina, brusnika, karam. Teringiz quruq bo’sa – o’rik, uzum, qovun, olxo`ri, banan. Tarvuz, bodring, apelsin va qulupnay har qanday teriga to’g’ri keladi.
Дата: CHORSHANBA, 2012.01.04, 11:07 | Сообщение # 18
Группа: Удаленные
Mavzu uchun raxmat dugonajon judayam yaxwi mavzu ochibsiz! Manimcha sog'lom ayol ko'pro chiroyli,go'zal ko'rinsa kere. Salomatligimiz yaxwi bo'masa,yuzimizam so'lg'in holatga kep qoladi,hozi hammaga chiroyli "nosog'lom" kelin,xotindan ko'ra sog'lom ayol kere! Nima bo'gandayam biza bo'lajak onamiz!
Дата: YAKSHANBA, 2014.08.31, 18:36 | Сообщение # 25
Группа: Удаленные
Yuzdigi dog'larni ketqizish uchun : 1choy qoshiq limon soki, 1choy qoshiq olma qirg'ichdan chiqarib dokada suvi siqib olinadi, kn yuzga surtiladi qurib qolishi Bn Yana surtiladi 30 minutda yuvib tashlanadi