|
Baxt kutgan yurak
|
|
| Fanessa | Дата: SHANBA, 2010.05.22, 19:33 | Сообщение # 1 |
|
Группа: Удаленные
| Sizhatgohga kelganimda hayotdan, yashashdan umidim ham, maqsadim ham yo'q edi. Go'yo ota-onamdan boshqa hech kimga keraksizdek, zaif jismim o'zimga-da ortiqchadek tuyulardi ba'zan. Sizlarga bu haqda gapirishimdan maqsadim, ishq qissamni hammaga ovoza qilish yoki o'zimni ertaklardagidek tutmoq emas. Inson yolg'izlikdan so'ng bir marta baxtni his etdimi, uni qo'yib yubormas ekan. To'g'ri, sevgini ba'zan qadriga yetmaydilar va u baxtsiz yakun topadi. Kinoda aytishganidek, agar bu baxtli yakun bo'lmasa, demak, qissamiz hali tugamagan. Bilasizmi, mening qissam 15 yoshligimda doktorlardan tug'ma yurak kasaligim haqidagi habarni eshitganimda tugagan edi. Hatto, boshlanmasidan tugagan edi. O'sha kezlarida ishq qissalarini endi o'qiy boshlagan, ilohiy tuyg'uga nisbatan yuragimda allaqanday hurmat va muhabbat uyg'ona boshlagan kezlari edi. Sezganingizdek, shundan so'ng mening ishq qissam bo'lmasligiga ishonib qolgandim. Lekin adashibman. Sihatgohga ota-onam har yili yuborishardi. Bu safar olis tog'lar bag'riga bog'langandi yo'lim. Doktor otamning tanish do'sti bo'lganligi tufayli ular meni ishonib qoldirib ketdilar. Bu yerda ham doimgidek honamdan deyarli chiqmas, faqat davolovchimning da'vatiga ko'ra istar-istamas sayrga chiqar edim. Shunday kunlarning birida bir guruh davolanuvchilar sharshara tomon yo'l oldik. U yer juda so'lim edi. Ilk bor hayot qanday go'zal-a, degan his o'tdi ichimdan. Shu on bundan yetarlicha bahra olomasligim yodimga tushdi-yu, maxzun tortdim. Keyin honamga qaytgim keldi va ularni tashlab bir o'zim ortga yo'l oldim. Yo'l olis edi, hotiramga ishonib so'qmoqlarni adashtirmay keta boshladim. Yarim soatlardan so'ng hotiram ham menga hiyonat qilganini sezdim. Adashib qolgandim. Lekin bu mening hatoim emas, umid chirog'im bo'lishini o'shanda bilmagan edim. Atrof kimsasiz, onda-sonda mitti hayvonlarning ovozlari eshitilardi. To'nkaga o'tirganimcha, o'yga cho'mdim. Negadir ho'rligim keldi, bilmadim, balki doim yolg'izligimdandir. Inson juft yaratigan-ku, nega menga bu taqdir bitilgan? Dugonalarim allaqachon ona deb atalmish baxt egasi edilar. Shularni o'ylab ko'zlarimga yosh kelgan bir paytda orqadan ovoz eshitildi: - Salom, mobodo shu yerlik emasmisiz? Ortimga qaradim. Bo'ylari baland bir yigit hiyol jilmaygancha menga savolomuz tikilib turardi. - Yo'q,-dedim asta. - Siz ham adashib qoldingizmi? - Ha,-dedim o'sha alfozda. U yonimga kelib, yig'laganimni sezdi va hushchaqchaqlik bilan ortga ishora qildi: - Qidirgan imkon topar, izlagan yo'l ham topar. Qani ketdik. ...Yo'l bo'yi jimgina ketdik. U onda-sonda ob-havodan gapirib qolardi. Sihatgohga yetib kelganimizda kun hiralashgandi. Yigit men turadigan honani so'radi. Davolanish maskanidaligimni bilib hayron bo'ldi. - Nahotki, ko'rinishingizdan otdeksiz-ku, u yerdan darhol chiqib bizning tarafga o'ting, -dedi hazilona . - Sizchi? -deb so'radim beixtiyor. Men odatda berilgan savollarga javob berar, yigitlardan o'zi haqidagi narsalarni so'ramasdim. - Men dam olish uchun kelgandim. Joyimiz anavi yerda, - u soy bo'yi tomonni ko'rsatdi. Biz hayrlshdik. Shu-shu u doim yonimga keladigan, hol-ahvolimga qiziqadigan bo'lib qoldi. O'zimga bildirmay, doktorim bilan gaplashayotganini bir kuni tasodifan eshitib qoldim. U shu paytgacha qanday kasalim borligini so'ramagandi. Ertasi kuni odatdagidek yonimga keldi va samimiy so'rashdi. Uning qiyofasida hech qanday o'zgarishni sezmagach, unga ishona boshladim. Men ham ichimdagi dardlarimni, shodlik va qayg'ularimni unga aytishga o'rganib qoldim. Bir oy ichida qalin do'st bo'lib qoldik. Biz kitoblar o'qir va muhokama qilardik, u menga har kuni bitta latifa aytib berar, kuldirmasdan qo'ymasdi. Bir kuni uni bog'dagi o'rindiqda o'tirgancha, varqqa nimanidir yozayotganini ko'rib qoldim. Sekin orqadan borib, qo'rqitmoqchi bo'ldim. Shu payt nogohon qog'ozga o'z ismimni va ishq izhorini o'qib qoldim. Ortimga qaramay yugurib ketdim. U ortga qaradi-yu, barini bildi. Negadir yuragim dunyoga eshitilgandek urardi. O'shanda ilk bora muhabbat tuyg'usini his qildim. Haligacha bu his mening yashashimga kuch bo'lyapti. O'shandan keyin bir-birimizdan biroz tortinib yurdik. Lekin ikkimiz ham sevishimizni bilardik. Shu tahlit uch oy ham o'tdi. Uning muddati tugagan bo'lishiga qaramay, shu yerda edi. Doktorlar ahvolim yaxshilanayotganini va doim takrorlashganidek, hayotdan zavq olish men uchun eng yaxshi davo ekanligini aytishdi. Bir kuni u uy manzilimni so'radi. Sababini aytmadi. Bir haftalardan so'ng onam yonimga keldi, jilmayganicha meni bag'riga bosdi va uyga sovchilar kelganini aytdi. Uning kimligini eshitib ko'zlarimni yumib oldim: baxtimni qo'rqa-pisa qarshi oldim. Bilasizmi, u menga hech qachon sevaman, deb aytmagan, men ham shunday. Lekin buni har kuni yuraklarimiz, ko'zlarimiz takrorlaydi. O'shanda men dunyodagi eng baxtiyor qiz edim. Hozir ham shunday... Mening ishq qissam o'z qahramonlarini topdi.
|
| |
|
|
| Shoxrux | Дата: SHANBA, 2010.05.22, 21:59 | Сообщение # 2 |
|
Группа: Удаленные
| O'zizzi hayotizdanmi bu voqiya? Iloyim bahtiz butin bo'sin
|
| |
|
|
| Belosnejka89 | Дата: DUSHANBA, 2010.05.24, 13:28 | Сообщение # 3 |
|
Группа: Удаленные
| Hammaga baxt tiliman! Hech kimni yuzini tabassum tark etmasin!
|
| |
|
|
| SardorSHOX | Дата: DUSHANBA, 2010.05.24, 16:29 | Сообщение # 4 |
|
Группа: Удаленные
| Belosnejka89ni gapiga 100% qo'shilaman......
|
| |
|
|
| _Mahzuna_ | Дата: PAYSHANBA, 2010.10.07, 18:33 | Сообщение # 5 |
|
Группа: Удаленные
| Quote (Belosnejka89) Hammaga baxt tiliman! Hech kimni yuzini tabassum tark etmasin!
|
| |
|
|
| SardorSHOX | Дата: MUBORAK JUMA, 2010.10.22, 12:06 | Сообщение # 6 |
|
Группа: Удаленные
| P.S. Nega bu mavzuga hechkim izoh bermayabdi
|
| |
|
|
| IGVES | Дата: MUBORAK JUMA, 2010.11.05, 07:14 | Сообщение # 7 |
|
Группа: Удаленные
| agar sevgi bolsa muz tanaga ham qon yuguradi agar sevgi bolsa murdaga ham jon kirarkan. balki togridir. ammo bu hayotda bor bolsa ham sevgi olamiga kiriw mandek qizlarga taqiqlangan. katta bagri keng ewiklariga zanjirlar urilgan. sevgiga iwonib yawardim. ammo baxtim muhabbatim qolimdan tutganda menga qoyilgan cheklovni deb undan vos kechdim u xamon mani qaytiwimni istaydi. lekin qanchalar istamayin mani qolimdan kelmaydi. yaratgandam unga uzoq umr baxtini sorayman. siz sevgingizni yoqotmang iltimos.
|
| |
|
|
| Ahmadjon_4471 | Дата: SHANBA, 2010.11.06, 15:20 | Сообщение # 8 |
|
Группа: Удаленные
| Хаммага бахт тилайман
|
| |
|
|
| SardorSHOX | Дата: SHANBA, 2010.11.20, 12:31 | Сообщение # 9 |
|
Группа: Удаленные
| Baxt va omad bor hamrohimiz bo'lsin
|
| |
|
|
| Sanjarcha | Дата: PAYSHANBA, 2010.12.23, 07:50 | Сообщение # 10 |
|
Группа: Удаленные
| Xamma baxtli bölsin
|
| |
|
|
| SHERKHAN_0777 | Дата: SHANBA, 2011.03.26, 15:28 | Сообщение # 11 |
|
Группа: Удаленные
| XAMMAGA OMAD VA BAXT TILIMAN
|
| |
|
|
| _GooGooWa_ | Дата: CHORSHANBA, 2011.04.13, 21:33 | Сообщение # 12 |
|
Группа: Удаленные
| Baxtli bölila
|
| |
|
|
| SHERKHAN_0777 | Дата: PAYSHANBA, 2011.06.23, 18:45 | Сообщение # 13 |
|
Группа: Удаленные
| XAMMAGA OMAD VA BAXT TILIMAN
|
| |
|
|
| Jayson | Дата: PAYSHANBA, 2011.06.23, 20:27 | Сообщение # 14 |
|
Группа: Удаленные
| roman
|
| |
|
|
| _MAFIYA_ | Дата: SESHANBA, 2011.07.05, 04:15 | Сообщение # 15 |
|
Группа: Удаленные
| Xamma baxtli bölsin
|
| |
|
|
| _MAFIYA_ | Дата: SESHANBA, 2011.07.05, 04:15 | Сообщение # 16 |
|
Группа: Удаленные
| Xamma baxtli bölsin
|
| |
|
|
| _MAFIYA_ | Дата: SESHANBA, 2011.07.05, 04:15 | Сообщение # 17 |
|
Группа: Удаленные
| BAXT
|
| |
|
|
| Borya7557 | Дата: CHORSHANBA, 2011.08.24, 23:15 | Сообщение # 18 |
|
Группа: Удаленные
| Baxtga yetsn
|
| |
|
|
| Borya7557 | Дата: CHORSHANBA, 2011.08.24, 23:15 | Сообщение # 19 |
|
Группа: Удаленные
| Baxtga yetsn
|
| |
|
|
| Borya7557 | Дата: CHORSHANBA, 2011.08.24, 23:15 | Сообщение # 20 |
|
Группа: Удаленные
| Omin
|
| |
|
|
| _MAFIYA_ | Дата: CHORSHANBA, 2011.08.24, 23:40 | Сообщение # 21 |
|
Группа: Удаленные
| Xamma baxtli bölsin
|
| |
|
|
| _MAFIYA_ | Дата: CHORSHANBA, 2011.08.24, 23:40 | Сообщение # 22 |
|
Группа: Удаленные
| Xamma baxtli bölsin
|
| |
|
|
| Borya7557 | Дата: PAYSHANBA, 2011.08.25, 00:51 | Сообщение # 23 |
|
Группа: Удаленные
| ha
|
| |
|
|
| Borya7557 | Дата: PAYSHANBA, 2011.08.25, 00:51 | Сообщение # 24 |
|
Группа: Удаленные
| ha
|
| |
|
|
| _MAFIYA_ | Дата: PAYSHANBA, 2011.08.25, 01:02 | Сообщение # 25 |
|
Группа: Удаленные
| bilmadim
|
| |
|
|