MUBORAK JUMA, 2026.01.30, 01:13
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: Hasan, _SHERZOD_, GENERAL  
Roman Yozamiza
★ZumRAshA★Дата: PAYSHANBA, 2011.12.22, 13:14 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





bu u erda 1-chi
ishtirokchi Faqat va faqat 1 ta
Mavzuga mos so`zini yozadi shu
so`z
bilan bo`g`lama hosil qilamiza
shu
tariqa o`yin davom etadi va
oyning
oxirida bizninga Romanimiz qay
darajada ekanligini ko`ramiza
hammaga omad .... Flod va
So'kinishlar bitta foydalanuvchi 1 tadan
ortiq post(izox)qoldirish Bo'lmasin Flod
bolmasin
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:59 | Сообщение # 2876
Группа: Удаленные





Taqdir sahifalarini bir-bir varaqlab,

O'tib ketgan umrimdan sizni ahtardim.

O'z-ozimga savol berdim, nega, ne uchun.

Men sizni avvalroq uchratmagandim.

Nega hamroh bo'lmagansiz mening umrimda,

Shu choqqacha qayerlarda edingiz Erkam.

Yo men uchramadim sizning yo'llaringizda,

Balki shuning uchun derlar: bu dunyo bir kam.

Qaylarda edingiz? Sizni sokin kechalar,

Ko'kka boqib yulduzlardan so'raganimda.

Yoki bolaligim o'tgan eski ko'chalar,

So'ginch bilan yo'lingizga qaraganimda.

Qayerlarda edingiz, har bahorimda,

Sizni quchoq to'la gullar bilan kutganim.

Bevafo yomg'irlardan, sizni so'roqlab,

Topib ber deb ko'kka qo'llarimni tutganim.

Siz qaylarda edingiz yor-yor sadosi,

Meni sizdan olislarga olib ketganda.

Yuragimni tilkalagan, ko'zim yoshlari,

Butun umr vaslingizni istab o'tganda...
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 14:00 | Сообщение # 2877
Группа: Удаленные





Сени севаман... Инон, бу гапни мен шунчаки айта олмайман. Бу гапни айтиш учун менга купдан куп куч керак. Кучки - тогларни кулатадиган, чакмокни тухтатадиган, осмонни йиглатадиган куч! Мен бу кучни топа олмасам керак. Балки, шу учун хам узимча, ич-ичимда пичирлаётгандирман: Сени севаман..

Agar inson bir birin sevsa

Aytishsin behijolat

Agar aytolmasa ham

Urushishga ne hojat?

Sevgi berilar bir bor

Yetgin uni qadriga

Sevgini hor qilsang gar

Ko’milarsan hijronga

Keyin afsus chekasan

Xudoga aylab nola

Singan shisha qaytadan

Birlashmaydi na chora

Xuddi shunday ko’ngilning

Shishasin sindirmaylik

Qalbda nish urgan ishqning

G’unchasin so’ndirmaylik

Derlar ko’ngil so’zlasa

Til so’ziga yo’q hojat

Dillar so’zlashsa bilki,

Bu sevgidan dalolat!
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 14:01 | Сообщение # 2878
Группа: Удаленные





Mana yana o'sha har kungi mungli tong lekin bu tongmi yoki tun endi Sarvarga farqi yo'q edi u qo'lidagi o'zi uchun eng aziz yagona xotira dil isxorini va yumshoq o'yinchoqni quchoqlab yeg'lagancha o'ziga o'zi savol berardi : nega mani tashlab ketting Shahzoda .....

Bir oy oldin Sarvarning hayoti butunlay boshqacha edi chunki uning oldida sevimli insoni, sirdoshi yagona quvonchi Shahzoda bor edi. ular juda baxtli edi Shahzoda Sarvarga juda mehribon uning uchun jonini berishga ham tayyor edi, Sarvar esa Shahzodani hammadan qizg'onar uni asrab avaylashga harakat qilardi. Sarvar ishdan chiqib doim Shahzodani o'qishdan olib uyiga olib borib qo'yardi, ularning sevgisiga hammaning havasi kelar edi . Doimgidek Sarvar ishdan so'ng Shahzodani o'qishdan olib istiroxat bog'iga olib bordi ular muzqaymoq yeb bog'ni sayr qilishdi
Shunda Shahzoda Sarvarga : Sarvar aka mani butun umr sevasizmi
Sarvar : ha albatta man uchun san eng yaqin insonsan san yo' bo'sen man uchun yashashi keragiyam yo'
shahzoda: hech qachon unaqa demang man bu hayotta yashasam ham yoki o'lsam ham siz albatta yashasiz kere va albatta baxtli bo'lishiz kere
Sarvar va Shahzoda har kungidan ko'ra o'zlarini juda baxtli his qilishdi ular orzulari niyatlari ham bir xil faqat baxtli bo'liw edi..... Bu uchrashuv ularning eng quvonchli damlari edi lekin eng ohirgi uchrashuv ham bo'lishini bilganlarida ular hech qachon hayrlashib ajralishmasdi.
Yana har doimgidek sarvar shahzodaga telefon qilib uchrashishni va uning oldiga ketayotganini aytdi lekin shahzoda negadir o'zi borishini Sarvar uchrashuv joyida kutishini aytib telefonni qo'yib qo'ydi. Shahzoda Sarvarga o'zining eng yaxshi ko'rgan o'yinchog'ini va Sarvar uchun eng chiroyli dil so'zlar yozilgan xatni olib unga sovg'a qilmoqchi edi va uchrashuv joyiga shoshilib taksiga o'tirdi... Sarvar esa uni intizorlik bilan kutar, har doim birga kelardik nega bugun u bir o'zi kelishini ayti deb hayollar bilan band bo'lib uni kutardi lekin Sarvarning yuragi negadr g'ash edi.. Shahzoda taksida ketayotib har xil orzular qilib Sarvar bilan ucharshishidan quvonib unga sevishini aytishga shoshilardi. Shahzoda uchrashuv joyiga yaqinlashib qolgan edi , sarvar esa havotir olib yuragi bezovtalanayotgan edi ko'z oldiga shahzoda kela boshladi shunda u katta yo'lga chiqib shahzodani kutdi, Shahzoda Sarvarga qo'ng'iroq qilib uchrashuv joyiga yaqinlashganini matiz mashinasida ketayotgani , unga syurpirz tayorlab qo'yganini va sevishini ayti va telefonni qo'ydiyu to'g'ridagi unga yaqinlashib kelayotgan mashina ovozini eshitgancha hushidan ketti, ular kamaz mashinasini bilan avtohalokatga uchragandi mashina haydovchisi yarim jon holatda Shahzodani mashinadan sudrab olib chiqdi, atrof to'la odam Sarvar ham uzoqda nega odamlar to'planganiga hayron bo'lgancha ularning oldiga bordi ne ko'z bilan qarasaki ko'z oldida Shahzoda qongi belangan holda yumshoq o'yinchogi bilan yerda yotardi Sarvar shahzodani quchoqlagancha yeg'lardi atrofdan odamlarning har xil gaplari "bechora qiz hali yosh ekan", " bu dunyodan erta ketbdiya" ba'zilar esa yoqa tishlagancha astahfirilloh, , joyi janatta bo'lsin degan gaplarni aytishardi, endi Shahzoda bu dunyoda yo'q edi..
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 14:02 | Сообщение # 2879
Группа: Удаленные





Hayot davom etaverarkan…
Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga, soatlarlar kunlarga, kunlar oylarga , oylar esa yillarga aylanaverarkan… Hamma hamma narsa kelib ketaverarkan…
Lekin…
To tirik ekansan sevgi yurakda yashayverarkan… Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…

Kunlar o’tdi, o’tdi beshavqat yillar
Qalbimda sevgingla yolg’iz qolding
Yolg’on ersa agar barcha sevgilar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Oydin kecha. Xiyobonda bir o’zim, Sensiz yolg’iz sayr qilmoqdaman…
Yo’q yolg’iz emasman… Xotiralar ham men bilan birga… Yaxshiyam shular bor bo’lmasam… Agar sendan shu shirin xotiralar yodgor bo’lib qolmaganida qanday yashardim… Bilmadim…
Sevilmoq – ayrilmoq! Ayrilmoq – sog’inmoq! Sog’inmoq – ko’rishmoq ! Hayot deganlari shumi bilolmadim… Anglolmadim…
Men ham Sevdim, sevildim, ayrildim, sog’indim lek ko’risha olmayman… faqat oydin kechada osmondagi mayus oy qiyofasidan seni axtarib ko’kka termulaman halos…

Sevgini ovunchoq etar beboshlar
Unuttim derkanu yangisin boshlar
O’tmishim eslasam ko’zimda yoshlar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Barchasini unutib, yangidan hayot boshlayman deymanu… Lek…
Men uchun yangi sevgilar… Muhabbat to’la qalblar… Bisyordir… Biroq ularni aldagim kelmaydi… Beboshlarcha seni unutib yangi sevgini qalbimga joylagim keladi… Ammo… Qalbimda sen bilan bo’g’liq o’tmish borki, yangi sevgini sig’dirmaydi… Yangidan sevdirmaydi… Seni bir on bo’lsada unutishga yo’l qo’ymaydi…

Men, qalbim va xotiralar har tunda hiyobonda oy nuri ostida sayr qilamiz. Seni eslaymiz…
Mayus oy shulasidan nigohingni izlaymaysiz…

Men uchun sen hamon farqlisan ishon
Har joyda xotirang qalbimda yarang
Seni unutmadim yillardir bir on
Shu kecha xayolim yana sen olding

Endi diydorin nasib etmasligini bilsak ham har tun seni eslayveramiz…. Izlayveramiz…
Hayot davom etaverarkan…
Ammo…
Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:04 | Сообщение # 2880
Группа: Удаленные





qanday
 
M@STERДата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:07 | Сообщение # 2881
Группа: Удаленные





QILIB
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:07 | Сообщение # 2882
Группа: Удаленные





nima qilib
 
M@STERДата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:11 | Сообщение # 2883
Группа: Удаленные





O'TIRIBDI
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:13 | Сообщение # 2884
Группа: Удаленные





kim
 
21_Yigitcha_21Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:13 | Сообщение # 2885
Группа: Удаленные





Кейинчи
 
☜❶☞OltiNBoL@☜❶☞Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:16 | Сообщение # 2886
Группа: Удаленные





йолдан кочилааа хозир хаммани босиб кетаманнн дебди biggrin
 
SkRoMnAyA_DeVoChKaДата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:17 | Сообщение # 2887
Группа: Удаленные





kn xamma kochibti..
 
☜❶☞OltiNBoL@☜❶☞Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:21 | Сообщение # 2888
Группа: Удаленные





караса ану жинни асални олдига сурган экан
 
M@STERДата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:31 | Сообщение # 2889
Группа: Удаленные





DEBDI
 
21_Yigitcha_21Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:32 | Сообщение # 2890
Группа: Удаленные





У ерда яна уша темирбола дуч келибди biggrin
 
☜❶☞OltiNBoL@☜❶☞Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:34 | Сообщение # 2891
Группа: Удаленные





киен барчани йулдан кочирворибди
 
21_Yigitcha_21Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:35 | Сообщение # 2892
Группа: Удаленные





Кетаётиб юлдан адашибди
 
☜❶☞OltiNBoL@☜❶☞Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 19:37 | Сообщение # 2893
Группа: Удаленные





караса асал билан биттаси турган экан
 
21_Yigitcha_21Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 20:08 | Сообщение # 2894
Группа: Удаленные





Кейин эски хотиралар ёдига тушиб кулиб юборибди
 
☜❶☞OltiNBoL@☜❶☞Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 20:51 | Сообщение # 2895
Группа: Удаленные





кулгусидан бутун форум кувончга тулса борми
 
SkRoMnAyA_DeVoChKaДата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 21:06 | Сообщение # 2896
Группа: Удаленные





xamma kochardida
 
21_Yigitcha_21Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 21:08 | Сообщение # 2897
Группа: Удаленные





Эртаклар.узга
 
zokir1994Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 22:39 | Сообщение # 2898
Группа: Удаленные





Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podshoh bor ekan. Lekin uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kun o‘ylab, xafa bo‘lib o‘tirsa, o‘ng qo‘l vaziri so‘rabdi:
— E podshohi olam, nega xafasiz?

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podshoh bor ekan. Lekin uning farzandi yo‘q ekan.

Kunlardan bir kun o‘ylab, xafa bo‘lib o‘tirsa, o‘ng qo‘l vaziri so‘rabdi:

— E podshohi olam, nega xafasiz? Davlatingiz bor. Hamma fuqaro sizning ixtiyoringizda bo‘lgandan keyin, buncha xafagarchilikning nima keragi bor?

— Men shuncha davlat-saltanatga ega bo‘lsamu, — debdi podshoh, — xizmatimga shuncha odamlar tayyor tursa-yu, dunyodan farzandsiz o‘tsam, men xafa bo‘lmay kim xafa bo‘lsin? Farzand bo‘lmagandan keyin bu podshohlik va davlatning nima keragi bor?

O‘zining befarzandligini eslab, vazir ham oh tortibdi. Podshohga ahvolini bayon qilibdi. Ikkalasi xafa bo‘lib, yig‘lab, bir uyga kirib dardlashib yotibdi. So‘ngra ikkisi befarzand bo‘lib dunyoda yurgandan ko‘ra davlat va izzat-ikromdan kechib, bosh olib ketishni ortiqroq ko‘ribdi. Podshoh bilan vazir butun mol-dunyoning bahridan o‘tib, shahardan chiqib ketishibdi. Yo‘l yura-yura ular oxiri bir boqqa yetishibdi. Ammo unga kirishga iloj bo‘lmabdi. Bog‘da gullar ochilgan, ko‘m-ko‘k maysalar yoyilgan, bulbullar, turli qushlar sayragan. Rayhon, jambil va boshqa xushbo‘y giyohlar gurkirab turarkan. Suvlar sepilgan. Supada gilamlar yozilgan, ko‘rpachalar solingan, yostiqlar qo‘yilgan emish. Bu bog‘ juda chiroyli ekan, qo‘rgan odamning bahri-dili ochilib, g‘am-hasrati, qayg‘u-alamlari ketar ekan. Bog‘ ichi jimjit, hech kim yo‘q ekan.

Ikkovlari boqqa kiribdilar va hayron bo‘lib, bir-biriga qarab o‘tiribdilar. Bog‘ning bir burchagidan bir chol chiqib kelibdi:

— Ha, bolalarim, nima qilib o‘tiribsizlar? — deb so‘rabdi.

Bular darhol o‘rinlaridan turib, salom beribdilar. Podshoh bilan vazir bir-birlariga qarab qo‘yishibdi va befarzand ekanliklari, shu sababdan xafa bo‘lib, mol-dunyodan kechib, shu joyga kelganliklariii gapiribdilar.

Chol bularning so‘zini obdon tinglabdi. Keyin qo‘ynidan ikkita qizil olma chiqarib, birini podshohga, birini vazirga uzatib, bunday debdi:

— Bolalarim, bu olmalarni olib borib sevgan xotiningiz bilan baham ko‘ringlar, o‘z ishlaringizdan qolmanglar, fuqaroga jabr-zulm qilmay, yurtni obod saqlanglar.

Keyin ularga bir shart qo‘yibdi.

— Men olmani sizlarga shu shart bilan berdimki, qaysi biringizning xotiningiz o‘g‘il tug‘sa, otini Tohir qo‘ying, qaysi biringizning xotiningiz qiz tug‘sa, otini Zuhra qo‘ying. Ammo ularni bir-biridan ajratmang. Katta bo‘lib voyaga yetganda quda bo‘linglar, esdan chiqarmanglar, — deb kelgan tomonga qarab ketibdi. Podshoh vazirga, vazir podshohga qarabdi. Ular o‘ylashib keyin:

— Qani, cholning aytganini ham qilaylikchi, bizdan nima ketdi, — deyishib, orqaga qaytishibdi.

Yana podshoh bilan vazir yurt so‘rashda davom etishibdi.

Kundan kun, oydan oy o‘tib, vazirning xotini o‘g‘il, podshohning xotini qiz tug‘ibdi. Podshoh bilan vazir ovga chiqib ketishgan ekan. Darhol suyunchiga odam boribdi, u podshohga:

— Suyunchi bering, xotiningiz qiz tug‘di, — debdi, so‘ngra vazirga qarab:

— Suyunchi beriig, sizning xotiningiz o‘gil tug‘di, — debdi.

Xotini qiz tuqqani uchun podshoh g‘azablanib, xabarchiga buyuribdi:

— Bor, o‘sha qizpi o‘ldirib, qoniga mana shu ro‘molchani bo‘yab keltir! — deb, bir oq ro‘molchani beribdi-da, keyin qizning o‘ldirilgan, o‘ldirilmaganini so‘ramabdi.

Vazir bo‘lsa suyunib ot choptirib ketibdi. Yo‘lda ketayotganida oti toshga qoqilibdi-yu, munkib ketibdi, vazir otidan yiqilib, til tortmay o‘libdi. Bu yomon qora kunlarga qolgan bechora xotin yig‘i-sig‘i qilib, ota yuzini ko‘rmay qolgan yetimchani yaxshilab tarbiyalashga kirishibdi. Kundan-kun, oydan-oy, yildan-yil o‘tibdi. Go‘daklar yo‘lga kiribdi. Kunlardan bir kun podshoh taxtida o‘tirgan ekan, ko‘chada o‘ynab yurgan Tohirga ko‘zi tushib, yonidagi vaziridan:

— Bu kimning bolasi? — deb so‘rabdi.

— Ey podshohi olam, sultoni bokaram, bu bola avvalgi vaziringizning o‘g‘li Tohir bo‘ladi. Sizning ham qizingiz o‘lmaganda, shunday bo‘lib qolar edi, — debdi vazir.

Podshoh qattiq qayg‘uribdi va peshonasiga urib yig‘labdi. Shunda vazir darhol o‘rnidan turib podshoh xotinlaridan birini chaqirib so‘rabdi:

— Podshohning qizi tirikmi?

— Podshohim bilmasinlar. Qizchalari yo‘rtmachoq bo‘lib qolgan, bildirganimiz yo‘q hali, — debdi xotin. Vazir yugurib kelib:

— Ey, podshohi olam, sultoni bokaram, bir qoshiq qonimdan keching, sizga bir suyunchilik xabar aytaman, — debdi.

Podshoh yoshga to‘lgan ko‘zlari bilan vazirga qarab:

— Ayt, kechirdim, — debdi. Vazir:

— Yig‘lamang, podshohim, qizingiz hayot ekan, — debdi. Podshoh suyunib:

— Olib keling qoshimga! Tezroq keltiring, hayallamang! — debdi.

Qizni olib kelib, podshohga ko‘rsatishibdi.

Podshoh suyunib, qizini qo‘liga olib bag‘riga bosibdi, quvonganidan yana yig‘lab yuboribdi. So‘ngra qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilib beribdi.

Qizni yaxshilab tarbiyalay boshlabdilar. Tohir va Zuhra ko‘pincha birga o‘ynab yurar ekanlar.

Kunlardan bir kun Tohir yong‘oq o‘ynab yurganda, otgan yong‘og‘i ip yigirib o‘tirgan bir kampirning charxiga tegibdi. Kampirning achchig‘i kelib, Tohirni qarg‘abdi:

— E shum yetimcha! Men bilan o‘ynashguncha, borib Zuhra bilan o‘ynash.

Tohir bu so‘zlarni eshitgach, yugurib kelib kampirning qo‘lidan ushlabdi

— Buvijon, Zuhrani gapirdingiz. Tag‘in bir qaytarib ayting, jon buvi!

— Qo‘yvor qo‘limni, aytaman!

— Ayting buvijon, ayting!

— Bu so‘zlarni oyingdan so‘ra.

— Onam aytmaydi, siz ayting buvijon, — deb kampirning qo‘llarini qattiq qisib so‘rabdi Tohir.

Kampir gap o‘rgatibdi:

— Uyingga borib, oyingga yig‘la. Non bersa olma, osh bersa yema. Onang seni qarg‘ab urishadi. Hech narsaga qaramasdan yig‘layver. «Nima qilay, nima qilib beray?» deb yeo‘raganda: «Qo‘g‘irmoch qilib bering», degin. Qo‘g‘irmochnn kosada bersa olma, cho‘michda bersa olma, kapgirda bersa olma. «Nimada beray?» desa, «Hovuchingda ber» degin-da, hovuchida berganida qo‘lini mahkam qisib, «menga unashilgan qiz kim, shuni aytib bergin», degin. Shunda aytib beradi.

Tohir uyga yugurib kelib, kampir o‘rgatgan gaplarni aytib, oyisini ko‘p xafa qilibdi. Axiri oyisi qo‘g‘irmochni hovuchida beribdi. Tohir oyisining qo‘g‘irmoch ushlagan hovuchini qisib:

— Menga unashtirilgan kim? Rostini aytib ber, — debdi.

Oyisi:

— Qurib ketgur yetimcha! Senga kim o‘rgatdi buni? Voy voy, qo‘lim kuydi, — deb o‘g‘lini qarg‘abdi.

— Ayt, oyi ayt! Aytmasang qo‘ymayman, — debdi Tohir.

— Qo‘yib yubor, aytaman, aytib bo‘lmasa ham aytaman, — debdi onasi.

Ona bechora xafa bo‘lib: «Endi yashirganim bilan foyda yo‘q, mayli ayta qolay», deb eri bilan podshohning quda bo‘lishga va’da qilganini, vazirning o‘g‘il ko‘rganidan suyunib, yo‘lda ketayotganida otdan yiqilib o‘lganigacha bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘g‘liga so‘zlab beribdi va:

— Sen yetimchasan, baribir podshoh senga qizini bermaydi. Zuhra — podshoh qizi, sen bir yetimcha kambag‘alsan, — debdi.

Tohir:

— Mayli, oyijon, bo‘ldi, men shuni bilsam, bas, — deb ko‘chaga chiqib ketibdi.

Kunlardan bir kuni maktabda Tohir bilan Zuhra so‘zlashib, kulishib, kitob o‘qimay, domlani qiynabdilar. Domla kelib bu voqeani podshohga aytibdi:

— Podshohi olam, sizga arzim shukn, qizingiz Zuhrani Tohir o‘qitgani qo‘ymaydi.

Shunda podshoh g‘azablaiib:

— Tohirni bo‘lak joyga o‘tqazing, agar unga ko‘nmasa, o‘rtadan devor urib qo‘ying, — debdi.

Ikkisining o‘rtasiga devor olibdilar. Sal vaqtdan so‘ng devor buzilib, ikkovi tag‘in gaplashib o‘tiradigan bo‘libdi. Ular katta bo‘lib voyaga yetibdi. Ikkovi ham bir-birini ko‘rmasa, turolmas ekan.

Ulamolar: «Podshoh Tohirni yo‘q qilsin», debdilar.

Buni podshohga aytibdilar. Podshoh g‘azab bilan ustalarni chaqirib ularga bunday debdi:

— Katta bir sandiq yasanglar. Tohirni oqizaman! Bu gapni Zuhra eshitib, bir lagan tillani ustalarga olib borib:

— Shu tillani olinglar, sandiq shunday puxta bo‘lsinki, ichiga suv o‘tmasin, toki bechora yetimcha borgan joyida kun ko‘rsin, — deb zor-zor yig‘labdi.

Ustalarning Zuhraga rahmi kelib:

— Ey malika, agar sandiq siz aytgandan ortiq bo‘lmasa, bergan tnllangizni qaytib oling, — debdilar.

Bir kuni Tohir bilan Zuhra ikkisi hasratlashib turganlarida ayg‘oqchilardan biri ko‘rib qolib, podshohga aytibdi.

Darhol podshoh Tohirni zindonga solishga buyuribdi. Tohirni zindonga solibdilar.

Kunlardan bir kun sandiq tayyor bo‘lganini podshohga aytibdilar. Buni Zuhra eshitib, sandiqni ko‘rib kelibdi. Sandiq Zuhra aytgandan ham ortiq ekan. Podshoh jarchi quyib butun xalqni katta maydonga yig‘ibdi. Xalq Tohirni suvga oqizmaslikni talab qilibdi. Biroq podshoh xalqning talabiga quloq solmabdi, o‘z aytganini qilibdi.

Tohirni oqizish payti yetibdi, daryo labi xalq bilan to‘lib-toshibdi. Tohirning onasi g‘am-hasrat bilan dars bo‘yiga zo‘rg‘a yetib borib o‘g‘lini ko‘rib: «Yonida jon bersam koshki edi», deb yig‘layverib hushidan ketibdi. Xalqning g‘azabi qaynabdi. «Podshoh bir qizi uchun bechora yetimchani bunchalik qiynab, azoblaguncha, bir joyga yuborsin, podshoh ham Tohirning onasi kabi qon-qon yig‘lasin. Ana zulm! Ana noinsoflik! Bir qiz uchun shuncha odamni yig‘ib, bir yigitni suvga oqizish jallodlikdir!»

Shu payt jarchi jar chaqirib:

— Hozir Tohirni olib keladilar! —debdi.

Hamma odam Tohir yo‘liga termilib turar ekan. Tohirning onasi bechora o‘g‘lini ko‘rishga zor bo‘lib, boshini toshu tuproqqa urib:

— Qani mening begunoh o‘g‘lim, uni bir ko‘ray, — deb faryod qilar ekan.

Tohirning qo‘llarini orqasiga bog‘lab, onasi oldiga keltiribdilar. Ona bechora zor-zor yig‘lab, bolasini bag‘riga bosib turib, o‘lib qolibdi. Maydonga yig‘ilgan xalq jim bo‘lib qolibdi. Bir ozdan keyin kimlar yig‘lagan, kimlar baqirgan holda Tohirni olib borib sandiqqa solibdilar. Tohir sandiq ichida Zuhra bilan xayrlashib, shu g‘azalni aytibdi:

T o h i r:

Men ketaman ko‘rib qol,

Arg‘amchini ushlab qol.

Sog‘inganda yig‘larsan,

Qoram o‘chmay, qarab qol.

Z u h r a:

Suv kelar guldur-guldur,

Suyganim qizil guldir,

Suyganimga bermasa,

O‘lganim o‘sha kundir.

T o h i r:

Suv kelar axta-axta,

Sandig‘im temir taxta.

Sendan boshqa yor qilsam,

Qon yutay laxta-laxta.

Z u h r a:

Suv kelar tosh ustida,

Ro‘molim qosh ustida.

Tohir esimga tushsa,

Yig‘layman osh ustida.

T o h i r:

Suv kelar injudayin,

Ko‘pirib toshgan sayin.

Sendan o‘zga yor desam,

Xanjarga sanchilayin.

So‘ngra Tohir Zuhra bilan xayrlashib, oqib ketibdi. Hamma xalq g‘amginlik bilan shaharga qaytibdi. Zuhra Tohirdan ayrilib qolibdi.

Tohir suvda oqib-oqib olti oy deganda Xorazmga boribdi. Xorazm shohining ikki qizi bo‘lib, bular har juma kuni daryo labiga kanizlari bilan chiqar ekanlar.

Podshoh qizlari daryo labida o‘tirishsa, bir sandiq oqib kelaveribdi: «Kim ushlab oladi? Nima qilamiz?» deyishibdi.

Biri: «Oqib kelayotgan narsani kim ushlab olsa, u narsa o‘shaniki», debdi.

Sandiq yaqinlashibdi. Katta qiz sochini solibdi, sandiq unga ilashmabdi. Kichigi sochini solibdi, sandiq unga ilashib, yaqin kelibdi. Qizlar sandiqni daryo labiga tortib chiqaribdilar. Endi opa-singil orasida janjal boshlanibdi. Uzoq janjaldan keyin, axiri bir maslahatga kelishibdi. Kattasi: «Sandiqni men olaman», debdi, kichkinasi: «Sandiq ichidan nima chiqsa, shuni men olaman», debdi.

Sandiqni ochibdilar. Sandiq ichida bir yigit o‘tirgan emish, dunyoda uning tengi yo‘q emish. Sochi qop-qora, jingalak-jingalak. Qoshlari qop-qora, ko‘zlari shahlo, qaddi-qomati kelishgan ekan.

Qizlar uzoq janjallashibdi. Kichik qiz turib:

— Nimaga janjal qilasiz? Sandiq ichida nima bo‘lsa uni men olaman, degan edim. Bu maniki bo‘ladi, hech kimga bermayman, — debdi.

Podshohga xabar qilibdilar. Podshoh odamlari bilan kelib ko‘rsa, chiroyli bir yigit emish. Podshoh kichik qizining aytganini qilish uchun Tohir rozilik bermasa ham, qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilibdi. Qizning chiroyi ham Zuhraning chiroyidan qolishmas ekan.

Lekin Tohir Zuhraga bergan va’dasini eslab, qizga gapirmas, qizning savoliga javob ham bermas ekan.

Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin Tohir:

— Men bugun daryo labiga chiqaman, otangizga ayting, — debdi.

Qiz o‘zida yo‘q sevinib, yugurib yangasining oldiga chiqib. «Kuyovingiz gapirdilar, suyunchi bering, suyunchi! Otamga aytinglar kuyovlari daryo labiga chiqarmish», debdi.

Podshoh bu xabarni eshitib juda so‘yunibdi, daryo labiga tezdan sayl chaqirtiribdi. Butun shahar xalqi daryo labiga chiqibdi. Saylgoh o‘rtasidan kuyovga joy qilibdilar.

Podshoh jarchi qo‘ydiribdi:

— Kimki kuyovimning kulganini ko‘rib, yo eshitib menga xabar bersa, boshidan zar to‘kaman! — debdi. O‘zi ham kelibdi.

Endi so‘zni Zuhradan eshiting.

Zuhra Tohirdan ajralgandan keyin kechayu kunduz oh tortib, g‘am-hasrat chekaveribdi. Uni zolim otasi Qorabotir degan podshohvachchaga beribdi. Qiz g‘am-motam ichida qolibdi.

Kunlardan bir kun Zuhra tush ko‘rsa, Tohir bilan bog‘da yurgan emish. Oh urib o‘rnidan turibdi. Axiri, nima qilarini bilmay bir lagan tilla ko‘tarib, karvonsaroyga boribdi; karvonboshiga tillani berib:

— Bir odam bo‘lsin, butun dunyoni axtarib, Tohirning bor-yo‘qligini menga bildirsin, — debdi.

Karvonboshi tillani olib Tohirni axtargani yo‘lga chiqibdi. U Tohirni juda ko‘p axtaribdi, odamlar orasida Tohirga bag‘ishlab g‘azallar aytsa ham uni topolmabdi. Karvonboshi Zuhra oldidan chiqqaniga qirq kun bo‘ldi deganda, Tohir chiqqan sayilgohga yetib kelibdi va daryo labidagi bir balandlikda kishilar to‘planganini, ularning o‘rtasida bir yigitning o‘tirganini ko‘ribdi.

— Shu joyda ham bir g‘azal aytay, zora Tohir shu yerda bo‘lsa, — deb bir g‘azal aytibdi:

Men keldim karvon bo‘lib,

Karvonga sorbon bo‘lib.

Tohirjonni yo‘qotib,

Yuribman hayron bo‘lib.

Bu g‘azalni eshitib, Tohir qah-qah urib kulib yuboribdi. Uni poylab yurgan odamlar podshohga suyunchiga yugurib ketibdilar. Boshqalar esa hayron bo‘lib qolibdi. Tohir karvonboshiga qarab bir g‘azal aytibdi:

E tuya mingan yigit,

Orqangga qarab ketgin.

Hali aytgan baytingni,

Tag‘in bir aytib o‘tgin.

Karvonboshi:

Tohir degan sanmisan,

Zuhrani tanirmisan?

Zuhradan kelsa xabar

O‘rningdan turarmisan?

Tohir «Zuhra» degan so‘zni eshitish bilanoq, yugurib borib karvonboshi mingan tuyaning bo‘yniga osilibdi va:

— Meni olib ket, men ketaman, borib Zuhramni bir ko‘ray, — deb yolvoribdi. Karvonboshi so‘z boshlab:

— Zuhra erga tegib, uyda tinch o‘tiribdi, endi undan foyda yo‘q. Bu yerda shuncha vaqt turding, uylangandirsan. Men yolg‘iz sening bor-yo‘qligingni bilib ketgani keldim, — debdi.

Shunda Tohir:

— Yo‘q, ketaman, olib ket meni, o‘lsam ham o‘sha joyda o‘lay, — deb yana yolvoribdi.

Karvonboshi shuncha nasihat qilsa ham, Tohir unamabdi, karvonboshiga:

— Bu yerda podshohning qizini men rozilik bermasam ham zo‘r bilan berdilar. Bugun qirq kundirki, hali ham qizga bir og‘iz gap aytganim yo‘q, yuziga ham qaraganim yo‘q, — debdi. Karvonboshi Tohirga:

— E nodon, ketma, shu xotining bilan kun ko‘rib o‘taver, Zuhradan senga hech foyda yo‘q, — debdi.

Tohir unamabdi.

— Bo‘lmasa bor, umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yganing bilan xayr-ma’zur qilib chiq, — debdi karvonboshi.

Tohir xotini oldiga yugurib kelibdi, qiz yasanib o‘tirgan ekan. Unga qarab bir g‘azal aytibdi:

Ey podshohning qizi,

Hurmatim baland sizga.

Zuhradan keldi xabar,

Javob beringiz bizga.

X a d i ch a:

Suv kelar suzukmidi,

Qo‘limda uzukmidi?

Uzoqdagi Zuhraxon

Bizdanam tuzukmidi?!

T o h i r:

Suv kelar suzukkina,

Qo‘limda uzukkina.

Uzoqdagi Zuhraxon

Sizdan ham sulukkina —

deb, Xadicha bilan xayrlashib, chiqib ketibdi. Kelin bechora yig‘laganicha qolibdi. Tohir yugurib borib, karvonga yetibdi, tuyaga mingashib, yo‘lga ravona bo‘libdi.

Karvon yurib-yurib bir joyga kelibdi. Bu joyda uch yo‘l bor ekan. Biri — «borsa kelmas», biri — «borsa xatar», yana biri — «borsa kelar» ekan. Karvonboshi qaysi yo‘lga yurishni bilmay, o‘ylab qolibdi.

Tohir:

— Xatarli bo‘lsa ham shunga yuramiz, mayli, Zuhra qoshiga tezroq boraylik, — debdi. Shu bilan ular xatarli yo‘lga yurib ketibdilar. Yurib-yurib bir joyga yetibdilar. Bu joy qaroqchilar makoni ekan.

Qaroqchilar bu bechoralarning tuyalarini olib, o‘zlarini zindonga solibdilar.

Tohir zindonda yig‘lab-yig‘lab: «kel-e, zora shu joyda bir tanish bo‘lsa, bizni bo‘shatib yuborsa», deb bir g‘azal aytibdi:

Yursam yo‘lim uzundir,

Kecha menga kunduzdir.

Bizni qo‘ying, jon beklar,

Zuhra unda yolg‘izdir.

Tohirning hammaktab o‘rtoqlaridan biri shu yerda ekan, u Tohirga:

— Ha, Tahir, haliyam Zuhraning ko‘yida kuylab yuribsanmi-a? — debdi. Keyin zindonbonni chaqirib, unga bir hovuch tilla berib:

— Buni qo‘yib yuboringlar, bu o‘zi kuygan qul, buni kuydirib nima qilasizlar, — debdi. Shu bilan Tohirni va u bilan kelayotganlarni zindondan bo‘shatib yubordilar.

Bular bir necha kun cho‘l-biyobonlarni kezishibdi. Zuhra dardida yurak-bag‘ri ezilib yurgan Tohir sahar vaqtida Zuhra yotgan uy tagiga yetib kelibdi. Bu paytda Zuhra shirin uyquda ekan.

Tohir g‘azal o‘qib, Zuhrani uyg‘otibdi. Zuhra Tohirni ko‘rishi bilan yugura kelib ko‘rishibdi. So‘ngra ikkovlari yashirincha boqqa kirib ketibdilar. Bu voqeadan Qorabotirning singlisi xabardor bo‘lib turgan ekan.

Qorabotir kelganda Zuhra uyda yo‘q ekan, u singlisidan: «Zuhra qaerga ketdi?» deb so‘rabdi. Singlisi javob beribdi:

— Bugun saharda Tohir keldi, yangam u bilan boqqa kirib ketgan. Qorabotir bu gapni eshitib g‘azablanibdi va podshohga borib Zuhrani chaqibdi. Podshoh tezda Tohirni tutdirib kelib qamabdi. Ulamolarning bergan maslahati bilan podshoh:

«Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osaman! Uni o‘ldirmasam, qizimni qo‘ymas ekan», debdi.

Shu gapdan so‘ng podshoh yana jarchi qo‘yib, shahar xalqini chaqirtiribdi. Maydonga katta-kichik, xotin-xalaj yig‘ilibdi. Zuhra bilan Tohirning qarindosh-urug‘lari ham kelishibdi. Xalq orasida shivir-shivir gaplar tarqabdi. Odamlardan biri:

— Tohir nima uchun qaytib kelgan ekan? — deb so‘rabdi ikkinchi bir odamdan. Unisi aytibdi:

— Tohirni bu yerga keltirgan narsa uning Zuhraga bo‘lgan muhabbatidir. Shuning uchun bechora yigitni o‘ldirish kerakmi, qonxo‘r podshohga ming la’nat!

Jallodlar Tohirning ko‘zlarini bog‘lab, maydon o‘rtasiga olib kelib, qilichlarini qayrabdilar.

Zuhra bechora esa zolim otasiga yolvoribdi. Otasi quloq solmabdi. Zuhra o‘z sevganini jallod oldida ko‘rib, hushidan ketib yiqilibdi. Jallod o‘tkir qilichini havoda yarqiratib, zarb bilan Tohir tanasini ikkiga bo‘lib tashlabdi, so‘ng darvozaga osibdi. Hamma yoqni odamlarning dod-faryodi, yig‘isi bosib ketibdi. Tohirning xolasi qattiq oh tortib, podshohga qarab shu g‘azalni aytibdi:

Qonxo‘r jallod qo‘lida,

Tilla qilich qayraldi.

Tilla qilich damlari

Qora qonga bo‘yaldi.

Bu havo havomidi?

Qor-yomg‘ir yog‘armidi!

Qiz uchun yigit o‘lmoq

Shahringda davomidi?

Shundan so‘ng Zuhra boshini ko‘tarib, bir g‘azal aytibdi:

Qator-qator tuyalar

Qatorlashib o‘tdilar.

Xon otamiz davrida

Tohir go‘shtin sotdilar.

Tohir go‘shti go‘sht emas,

Qo‘y go‘shtiga o‘xshamas.

Tohirjonni o‘ldirgan.

Bu dunyoda yashamas.

— Buni ko‘minglar! — deb buyruq qilibdi podshoh. Odamlar Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osilgan joyidan darhol olib, go‘rga ko‘mibdilar.

Zuhra sevikli yori Tohirning ta’ziyasini bajo keltirish uchun qora kiyib, qirq kungacha motam tutibdi.

Zuhra: «Bugun Tohirning o‘lganiga qirq kun bo‘ldi, otam menga javob bersin, qizlar bilan borib, qabrini ko‘rib kelayin», debdi.

Otasi ko‘p qiyinlik bilan ruxsat beribdi. Zuhra ikki cho‘ntagiga marvarid to‘ldirib, qo‘liga oshpichoq olib, Tohir ko‘milgan qabristonga jo‘nabdi. Qirq kaniz uni kuzatib boribdi. Yo‘lda Zuhra kanizlariga qarab bir g‘azal o‘qibdi:

Qizlar, tez yuguraylik,

Tohirjonga yetaylik.

Tohirjonga yetganda,

Marvaridlar sochaylik, —

deb cho‘ntagidan marvarid olib sochib yuboribdi. Qizlar marvaridga ovora bo‘lib o‘sha yerda qolibdi. Zuhra esa qabrga yetmoq uchun shoshilibdi.

Marvarid sochish, g‘azal aytish to qabristonga borguncha uch-to‘rt marta qaytarilibdi. Axirida qabristonga yaqinlashganda Zuhra bor marvaridini sochib, o‘zi yugurganicha ilgari ketibdi. Qizlar orqada qolibdi.

Zuhra Tohirjon qabriga yetibdi.

Boshidan paranjisini irg‘itib tashlab, oshpichoq bilan peshonasiga bir urib: «Ochil, go‘r!» debdi.

Go‘r ochilibdi. Zuhra, go‘r ichida gul kabi ochilib, qosh-ko‘zlari mavj urib yotgan Tohirning quchog‘iga otilibdi. Go‘r yopilibdi.

Qizlar marvaridni terib yurib, Zuhrani yo‘qotib qo‘yishibdi. Biroq Zuhraning paranjisi, kavushi va bir qonli oshpichoq yerda yotgan ekan. Qizlar har tomonga yugurib Zuhrani chaqirishibdi, hech kim tovush bermabdi. Bu voqea shaharga tarqalibdi. Podshoq va Qorabotir, uning singlisi va Tohirning xolasi mozorga kelishibdi. Tohirning go‘riga qarabdilar. Zuhraning soch piligi go‘rga qisilib qolganini ko‘rib, go‘rni ochibdilar. Qarasalar, ikki oshiq-ma’shuq qizil guldek qizarib, qosh-ko‘zlari suzilib, yonma-yon yotishgan emish. Ularni ko‘rgan kishi shirin uyquda yotibdi deb xayol qilar ekan.

Bu holni ko‘rgan Qorabotir: «Zuhradan ajralib men nima qilay», deb o‘zini shu joyda o‘ldiribdi. Qorabotirni Tohir bilan Zuhraning o‘rtasiga qo‘yibdilar, zolim Qorabotir ikki oshiq-ma’shuqni o‘lganida ham tinch qo‘ymabdi. Tohir ustidan qizil gul, Zuhra ustidan oq gul, ular o‘rtasida yotgan Qorabotir ustidan esa qora tikan o‘sib chiqibdi. Gullar o‘sib, tikanlar ham baland ko‘tarilib, bir-biri bilan chirmashib ketibdi.
 
M@STERДата: SHANBA, 2012.11.17, 22:37 | Сообщение # 2899
Группа: Удаленные





DAVOMI KEYINGI SONDA
 
-xurshid9991-Дата: CHORSHANBA, 2012.11.21, 03:05 | Сообщение # 2900
Группа: Удаленные





bowladik
 
Поиск:

2026 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz