Дата: PAYSHANBA, 2011.12.22, 13:14 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные
bu u erda 1-chi ishtirokchi Faqat va faqat 1 ta Mavzuga mos so`zini yozadi shu so`z bilan bo`g`lama hosil qilamiza shu tariqa o`yin davom etadi va oyning oxirida bizninga Romanimiz qay darajada ekanligini ko`ramiza hammaga omad .... Flod va So'kinishlar bitta foydalanuvchi 1 tadan ortiq post(izox)qoldirish Bo'lmasin Flod bolmasin
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.10.05, 05:44 | Сообщение # 2853
Группа: Удаленные
Qadim zamondamas hozirgi zamonda Albatros degan qizaloq bor ekan bolaga kuchi yetmaganini bilib SP MUROD akam unga raxmi kelib blok beribdi chunki Albatros qizaloq Sp MUROD AKAMGA yeglapti ALBATROS qizga kimdir gap otsa ban berarkin vaxaxaxax
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.10.05, 05:45 | Сообщение # 2854
Группа: Удаленные
Qadim zamondamas hozirgi zamonda Albatros degan qizaloq bor ekan bolaga kuchi yetmaganini bilib SP MUROD akam unga raxmi kelib blok beribdi chunki Albatros qizaloq Sp MUROD AKAMGA yeglapti ALBATROS qizga kimdir gap otsa ban berarkin vaxaxaxax
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.10.05, 05:45 | Сообщение # 2855
Группа: Удаленные
Qadim zamondamas hozirgi zamonda Albatros degan qizaloq bor ekan bolaga kuchi yetmaganini bilib SP MUROD akam unga raxmi kelib blok beribdi chunki Albatros qizaloq Sp MUROD AKAMGA yeglapti ALBATROS qizga kimdir gap otsa ban berarkin vaxaxaxax
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.10.05, 05:45 | Сообщение # 2856
Группа: Удаленные
Qadim zamondamas hozirgi zamonda Albatros degan qizaloq bor ekan bolaga kuchi yetmaganini bilib SP MUROD akam unga raxmi kelib blok beribdi chunki Albatros qizaloq Sp MUROD AKAMGA yeglapti ALBATROS qizga kimdir gap otsa ban berarkin vaxaxaxax
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.10.05, 05:45 | Сообщение # 2857
Группа: Удаленные
Qadim zamondamas hozirgi zamonda Albatros degan qizaloq bor ekan bolaga kuchi yetmaganini bilib SP MUROD akam unga raxmi kelib blok beribdi chunki Albatros qizaloq Sp MUROD AKAMGA yeglapti ALBATROS qizga kimdir gap otsa ban berarkin vaxaxaxax
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 11:58 | Сообщение # 2864
Группа: Удаленные
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podshoh bor ekan. Lekin uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kun o‘ylab, xafa bo‘lib o‘tirsa, o‘ng qo‘l vaziri so‘rabdi: — E podshohi olam, nega xafasiz?
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podshoh bor ekan. Lekin uning farzandi yo‘q ekan.
Kunlardan bir kun o‘ylab, xafa bo‘lib o‘tirsa, o‘ng qo‘l vaziri so‘rabdi:
— E podshohi olam, nega xafasiz? Davlatingiz bor. Hamma fuqaro sizning ixtiyoringizda bo‘lgandan keyin, buncha xafagarchilikning nima keragi bor?
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 11:58 | Сообщение # 2865
Группа: Удаленные
— Men shuncha davlat-saltanatga ega bo‘lsamu, — debdi podshoh, — xizmatimga shuncha odamlar tayyor tursa-yu, dunyodan farzandsiz o‘tsam, men xafa bo‘lmay kim xafa bo‘lsin? Farzand bo‘lmagandan keyin bu podshohlik va davlatning nima keragi bor?
O‘zining befarzandligini eslab, vazir ham oh tortibdi. Podshohga ahvolini bayon qilibdi. Ikkalasi xafa bo‘lib, yig‘lab, bir uyga kirib dardlashib yotibdi. So‘ngra ikkisi befarzand bo‘lib dunyoda yurgandan ko‘ra davlat va izzat-ikromdan kechib, bosh olib ketishni ortiqroq ko‘ribdi. Podshoh bilan vazir butun mol-dunyoning bahridan o‘tib, shahardan chiqib ketishibdi. Yo‘l yura-yura ular oxiri bir boqqa yetishibdi. Ammo unga kirishga iloj bo‘lmabdi. Bog‘da gullar ochilgan, ko‘m-ko‘k maysalar yoyilgan, bulbullar, turli qushlar sayragan. Rayhon, jambil va boshqa xushbo‘y giyohlar gurkirab turarkan. Suvlar sepilgan. Supada gilamlar yozilgan, ko‘rpachalar solingan, yostiqlar qo‘yilgan emish. Bu bog‘ juda chiroyli ekan, qo‘rgan odamning bahri-dili ochilib, g‘am-hasrati, qayg‘u-alamlari ketar ekan. Bog‘ ichi jimjit, hech kim yo‘q ekan.
Ikkovlari boqqa kiribdilar va hayron bo‘lib, bir-biriga qarab o‘tiribdilar. Bog‘ning bir burchagidan bir chol chiqib kelibdi:
— Ha, bolalarim, nima qilib o‘tiribsizlar? — deb so‘rabdi.
Bular darhol o‘rinlaridan turib, salom beribdilar. Podshoh bilan vazir bir-birlariga qarab qo‘yishibdi va befarzand ekanliklari, shu sababdan xafa bo‘lib, mol-dunyodan kechib, shu joyga kelganliklariii gapiribdilar.
Chol bularning so‘zini obdon tinglabdi. Keyin qo‘ynidan ikkita qizil olma chiqarib, birini podshohga, birini vazirga uzatib, bunday debdi:
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 11:59 | Сообщение # 2866
Группа: Удаленные
— Bolalarim, bu olmalarni olib borib sevgan xotiningiz bilan baham ko‘ringlar, o‘z ishlaringizdan qolmanglar, fuqaroga jabr-zulm qilmay, yurtni obod saqlanglar.
Keyin ularga bir shart qo‘yibdi.
— Men olmani sizlarga shu shart bilan berdimki, qaysi biringizning xotiningiz o‘g‘il tug‘sa, otini Tohir qo‘ying, qaysi biringizning xotiningiz qiz tug‘sa, otini Zuhra qo‘ying. Ammo ularni bir-biridan ajratmang. Katta bo‘lib voyaga yetganda quda bo‘linglar, esdan chiqarmanglar, — deb kelgan tomonga qarab ketibdi. Podshoh vazirga, vazir podshohga qarabdi. Ular o‘ylashib keyin:
— Qani, cholning aytganini ham qilaylikchi, bizdan nima ketdi, — deyishib, orqaga qaytishibdi.
Yana podshoh bilan vazir yurt so‘rashda davom etishibdi.
Kundan kun, oydan oy o‘tib, vazirning xotini o‘g‘il, podshohning xotini qiz tug‘ibdi. Podshoh bilan vazir ovga chiqib ketishgan ekan. Darhol suyunchiga odam boribdi, u podshohga:
— Suyunchi beriig, sizning xotiningiz o‘gil tug‘di, — debdi.
Xotini qiz tuqqani uchun podshoh g‘azablanib, xabarchiga buyuribdi:
— Bor, o‘sha qizpi o‘ldirib, qoniga mana shu ro‘molchani bo‘yab keltir! — deb, bir oq ro‘molchani beribdi-da, keyin qizning o‘ldirilgan, o‘ldirilmaganini so‘ramabdi.
Vazir bo‘lsa suyunib ot choptirib ketibdi. Yo‘lda ketayotganida oti toshga qoqilibdi-yu, munkib ketibdi, vazir otidan yiqilib, til tortmay o‘libdi. Bu yomon qora kunlarga qolgan bechora xotin yig‘i-sig‘i qilib, ota yuzini ko‘rmay qolgan yetimchani yaxshilab tarbiyalashga kirishibdi. Kundan-kun, oydan-oy, yildan-yil o‘tibdi. Go‘daklar yo‘lga kiribdi. Kunlardan bir kun podshoh taxtida o‘tirgan ekan, ko‘chada o‘ynab yurgan Tohirga ko‘zi tushib, yonidagi vaziridan:
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 11:59 | Сообщение # 2867
Группа: Удаленные
— Bu kimning bolasi? — deb so‘rabdi.
— Ey podshohi olam, sultoni bokaram, bu bola avvalgi vaziringizning o‘g‘li Tohir bo‘ladi. Sizning ham qizingiz o‘lmaganda, shunday bo‘lib qolar edi, — debdi vazir.
Podshoh qattiq qayg‘uribdi va peshonasiga urib yig‘labdi. Shunda vazir darhol o‘rnidan turib podshoh xotinlaridan birini chaqirib so‘rabdi:
— Podshohning qizi tirikmi?
— Podshohim bilmasinlar. Qizchalari yo‘rtmachoq bo‘lib qolgan, bildirganimiz yo‘q hali, — debdi xotin. Vazir yugurib kelib:
— Ey, podshohi olam, sultoni bokaram, bir qoshiq qonimdan keching, sizga bir suyunchilik xabar aytaman, — debdi.
Podshoh yoshga to‘lgan ko‘zlari bilan vazirga qarab:
— Ayt, kechirdim, — debdi. Vazir:
— Yig‘lamang, podshohim, qizingiz hayot ekan, — debdi. Podshoh suyunib:
— Olib keling qoshimga! Tezroq keltiring, hayallamang! — debdi.
Qizni olib kelib, podshohga ko‘rsatishibdi.
Podshoh suyunib, qizini qo‘liga olib bag‘riga bosibdi, quvonganidan yana yig‘lab yuboribdi. So‘ngra qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilib beribdi.
Qizni yaxshilab tarbiyalay boshlabdilar. Tohir va Zuhra ko‘pincha birga o‘ynab yurar ekanlar.
Kunlardan bir kun Tohir yong‘oq o‘ynab yurganda, otgan yong‘og‘i ip yigirib o‘tirgan bir kampirning charxiga tegibdi. Kampirning achchig‘i kelib, Tohirni qarg‘abdi:
— E shum yetimcha! Men bilan o‘ynashguncha, borib Zuhra bilan o‘ynash.
Tohir bu so‘zlarni eshitgach, yugurib kelib kampirning qo‘lidan ushlabdi
— Buvijon, Zuhrani gapirdingiz. Tag‘in bir qaytarib ayting, jon buvi!
— Qo‘yvor qo‘limni, aytaman!
— Ayting buvijon, ayting!
— Bu so‘zlarni oyingdan so‘ra.
— Onam aytmaydi, siz ayting buvijon, — deb kampirning qo‘llarini qattiq qisib so‘rabdi Tohir.
Kampir gap o‘rgatibdi:
— Uyingga borib, oyingga yig‘la. Non bersa olma, osh bersa yema. Onang seni qarg‘ab urishadi. Hech narsaga qaramasdan yig‘layver. «Nima qilay, nima qilib beray?» deb yeo‘raganda: «Qo‘g‘irmoch qilib bering», degin. Qo‘g‘irmochnn kosada bersa olma, cho‘michda bersa olma, kapgirda bersa olma. «Nimada beray?» desa, «Hovuchingda ber» degin-da, hovuchida berganida qo‘lini mahkam qisib, «menga unashilgan qiz kim, shuni aytib bergin», degin. Shunda aytib beradi.
Tohir uyga yugurib kelib, kampir o‘rgatgan gaplarni aytib, oyisini ko‘p xafa qilibdi. Axiri oyisi qo‘g‘irmochni hovuchida beribdi. Tohir oyisining qo‘g‘irmoch ushlagan hovuchini qisib:
— Menga unashtirilgan kim? Rostini aytib ber, — debdi.
Oyisi:
— Qurib ketgur yetimcha! Senga kim o‘rgatdi buni? Voy voy, qo‘lim kuydi, — deb o‘g‘lini qarg‘abdi.
— Ayt, oyi ayt! Aytmasang qo‘ymayman, — debdi Tohir.
— Qo‘yib yubor, aytaman, aytib bo‘lmasa ham aytaman, — debdi onasi.
Ona bechora xafa bo‘lib: «Endi yashirganim bilan foyda yo‘q, mayli ayta qolay», deb eri bilan podshohning quda bo‘lishga va’da qilganini, vazirning o‘g‘il ko‘rganidan suyunib, yo‘lda ketayotganida otdan yiqilib o‘lganigacha bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘g‘liga so‘zlab beribdi va:
— Sen yetimchasan, baribir podshoh senga qizini bermaydi. Zuhra — podshoh qizi, sen bir yetimcha kambag‘alsan, — debdi.
Tohir:
— Mayli, oyijon, bo‘ldi, men shuni bilsam, bas, — deb ko‘chaga chiqib ketibdi.
Kunlardan bir kuni maktabda Tohir bilan Zuhra so‘zlashib, kulishib, kitob o‘qimay, domlani qiynabdilar. Domla kelib bu voqeani podshohga aytibdi:
— Podshohi olam, sizga arzim shukn, qizingiz Zuhrani Tohir o‘qitgani qo‘ymaydi.
Shunda podshoh g‘azablaiib:
— Tohirni bo‘lak joyga o‘tqazing, agar unga ko‘nmasa, o‘rtadan devor urib qo‘ying, — debdi.
Ikkisining o‘rtasiga devor olibdilar. Sal vaqtdan so‘ng devor buzilib, ikkovi tag‘in gaplashib o‘tiradigan bo‘libdi. Ular katta bo‘lib voyaga yetibdi. Ikkovi ham bir-birini ko‘rmasa, turolmas ekan.
Buni podshohga aytibdilar. Podshoh g‘azab bilan ustalarni chaqirib ularga bunday debdi:
— Katta bir sandiq yasanglar. Tohirni oqizaman! Bu gapni Zuhra eshitib, bir lagan tillani ustalarga olib borib:
— Shu tillani olinglar, sandiq shunday puxta bo‘lsinki, ichiga suv o‘tmasin, toki bechora yetimcha borgan joyida kun ko‘rsin, — deb zor-zor yig‘labdi.
Ustalarning Zuhraga rahmi kelib:
— Ey malika, agar sandiq siz aytgandan ortiq bo‘lmasa, bergan tnllangizni qaytib oling, — debdilar.
Bir kuni Tohir bilan Zuhra ikkisi hasratlashib turganlarida ayg‘oqchilardan biri ko‘rib qolib, podshohga aytibdi.
Darhol podshoh Tohirni zindonga solishga buyuribdi. Tohirni zindonga solibdilar.
Kunlardan bir kun sandiq tayyor bo‘lganini podshohga aytibdilar. Buni Zuhra eshitib, sandiqni ko‘rib kelibdi. Sandiq Zuhra aytgandan ham ortiq ekan. Podshoh jarchi quyib butun xalqni katta maydonga yig‘ibdi. Xalq Tohirni suvga oqizmaslikni talab qilibdi. Biroq podshoh xalqning talabiga quloq solmabdi, o‘z aytganini qilibdi.
Tohirni oqizish payti yetibdi, daryo labi xalq bilan to‘lib-toshibdi. Tohirning onasi g‘am-hasrat bilan dars bo‘yiga zo‘rg‘a yetib borib o‘g‘lini ko‘rib: «Yonida jon bersam koshki edi», deb yig‘layverib hushidan ketibdi. Xalqning g‘azabi qaynabdi. «Podshoh bir qizi uchun bechora yetimchani bunchalik qiynab, azoblaguncha, bir joyga yuborsin, podshoh ham Tohirning onasi kabi qon-qon yig‘lasin. Ana zulm! Ana noinsoflik! Bir qiz uchun shuncha odamni yig‘ib, bir yigitni suvga oqizish jallodlikdir!»
Shu payt jarchi jar chaqirib:
— Hozir Tohirni olib keladilar! —debdi.
Hamma odam Tohir yo‘liga termilib turar ekan. Tohirning onasi bechora o‘g‘lini ko‘rishga zor bo‘lib, boshini toshu tuproqqa urib:
— Qani mening begunoh o‘g‘lim, uni bir ko‘ray, — deb faryod qilar ekan.
Tohirning qo‘llarini orqasiga bog‘lab, onasi oldiga keltiribdilar. Ona bechora zor-zor yig‘lab, bolasini bag‘riga bosib turib, o‘lib qolibdi. Maydonga yig‘ilgan xalq jim bo‘lib qolibdi. Bir ozdan keyin kimlar yig‘lagan, kimlar baqirgan holda Tohirni olib borib sandiqqa solibdilar. Tohir sandiq ichida Zuhra bilan xayrlashib, shu g‘azalni aytibdi:
T o h i r:
Men ketaman ko‘rib qol,
Arg‘amchini ushlab qol.
Sog‘inganda yig‘larsan,
Qoram o‘chmay, qarab qol.
Z u h r a:
Suv kelar guldur-guldur,
Suyganim qizil guldir,
Suyganimga bermasa,
O‘lganim o‘sha kundir.
T o h i r:
Suv kelar axta-axta,
Sandig‘im temir taxta.
Sendan boshqa yor qilsam,
Qon yutay laxta-laxta.
Z u h r a:
Suv kelar tosh ustida,
Ro‘molim qosh ustida.
Tohir esimga tushsa,
Yig‘layman osh ustida.
T o h i r:
Suv kelar injudayin,
Ko‘pirib toshgan sayin.
Sendan o‘zga yor desam,
Xanjarga sanchilayin.
So‘ngra Tohir Zuhra bilan xayrlashib, oqib ketibdi. Hamma xalq g‘amginlik bilan shaharga qaytibdi. Zuhra Tohirdan ayrilib qolibdi.
Tohir suvda oqib-oqib olti oy deganda Xorazmga boribdi. Xorazm shohining ikki qizi bo‘lib, bular har juma kuni daryo labiga kanizlari bilan chiqar ekanlar.
Podshoh qizlari daryo labida o‘tirishsa, bir sandiq oqib kelaveribdi: «Kim ushlab oladi? Nima qilamiz?» deyishibdi.
Biri: «Oqib kelayotgan narsani kim ushlab olsa, u narsa o‘shaniki», debdi.
Sandiq yaqinlashibdi. Katta qiz sochini solibdi, sandiq unga ilashmabdi. Kichigi sochini solibdi, sandiq unga ilashib, yaqin kelibdi. Qizlar sandiqni daryo labiga tortib chiqaribdilar. Endi opa-singil orasida janjal boshlanibdi. Uzoq janjaldan keyin, axiri bir maslahatga kelishibdi. Kattasi: «Sandiqni men olaman», debdi, kichkinasi: «Sandiq ichidan nima chiqsa, shuni men olaman», debdi.
Sandiqni ochibdilar. Sandiq ichida bir yigit o‘tirgan emish, dunyoda uning tengi yo‘q emish. Sochi qop-qora, jingalak-jingalak. Qoshlari qop-qora, ko‘zlari shahlo, qaddi-qomati kelishgan ekan.
Qizlar uzoq janjallashibdi. Kichik qiz turib:
— Nimaga janjal qilasiz? Sandiq ichida nima bo‘lsa uni men olaman, degan edim. Bu maniki bo‘ladi, hech kimga bermayman, — debdi.
Podshohga xabar qilibdilar. Podshoh odamlari bilan kelib ko‘rsa, chiroyli bir yigit emish. Podshoh kichik qizining aytganini qilish uchun Tohir rozilik bermasa ham, qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilibdi. Qizning chiroyi ham Zuhraning chiroyidan qolishmas ekan.
Lekin Tohir Zuhraga bergan va’dasini eslab, qizga gapirmas, qizning savoliga javob ham bermas ekan.
Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin Tohir:
— Men bugun daryo labiga chiqaman, otangizga ayting, — debdi.
Qiz o‘zida yo‘q sevinib, yugurib yangasining oldiga chiqib. «Kuyovingiz gapirdilar, suyunchi bering, suyunchi! Otamga aytinglar kuyovlari daryo labiga chiqarmish», debdi.
Podshoh bu xabarni eshitib juda so‘yunibdi, daryo labiga tezdan sayl chaqirtiribdi. Butun shahar xalqi daryo labiga chiqibdi. Saylgoh o‘rtasidan kuyovga joy qilibdilar.
Podshoh jarchi qo‘ydiribdi:
— Kimki kuyovimning kulganini ko‘rib, yo eshitib menga xabar bersa, boshidan zar to‘kaman! — debdi. O‘zi ham kelibdi.
Endi so‘zni Zuhradan eshiting.
Zuhra Tohirdan ajralgandan keyin kechayu kunduz oh tortib, g‘am-hasrat chekaveribdi. Uni zolim otasi Qorabotir degan podshohvachchaga beribdi. Qiz g‘am-motam ichida qolibdi.
Kunlardan bir kun Zuhra tush ko‘rsa, Tohir bilan bog‘da yurgan emish. Oh urib o‘rnidan turibdi. Axiri, nima qilarini bilmay bir lagan tilla ko‘tarib, karvonsaroyga boribdi; karvonboshiga tillani berib:
— Bir odam bo‘lsin, butun dunyoni axtarib, Tohirning bor-yo‘qligini menga bildirsin, — debdi.
Karvonboshi tillani olib Tohirni axtargani yo‘lga chiqibdi. U Tohirni juda ko‘p axtaribdi, odamlar orasida Tohirga bag‘ishlab g‘azallar aytsa ham uni topolmabdi. Karvonboshi Zuhra oldidan chiqqaniga qirq kun bo‘ldi deganda, Tohir chiqqan sayilgohga yetib kelibdi va daryo labidagi bir balandlikda kishilar to‘planganini, ularning o‘rtasida bir yigitning o‘tirganini ko‘ribdi.
— Shu joyda ham bir g‘azal aytay, zora Tohir shu yerda bo‘lsa, — deb bir g‘azal aytibdi:
Men keldim karvon bo‘lib,
Karvonga sorbon bo‘lib.
Tohirjonni yo‘qotib,
Yuribman hayron bo‘lib.
Bu g‘azalni eshitib, Tohir qah-qah urib kulib yuboribdi. Uni poylab yurgan odamlar podshohga suyunchiga yugurib ketibdilar. Boshqalar esa hayron bo‘lib qolibdi. Tohir karvonboshiga qarab bir g‘azal aytibdi:
E tuya mingan yigit,
Orqangga qarab ketgin.
Hali aytgan baytingni,
Tag‘in bir aytib o‘tgin.
Karvonboshi:
Tohir degan sanmisan,
Zuhrani tanirmisan?
Zuhradan kelsa xabar
O‘rningdan turarmisan?
Tohir «Zuhra» degan so‘zni eshitish bilanoq, yugurib borib karvonboshi mingan tuyaning bo‘yniga osilibdi va:
— Meni olib ket, men ketaman, borib Zuhramni bir ko‘ray, — deb yolvoribdi. Karvonboshi so‘z boshlab:
— Zuhra erga tegib, uyda tinch o‘tiribdi, endi undan foyda yo‘q. Bu yerda shuncha vaqt turding, uylangandirsan. Men yolg‘iz sening bor-yo‘qligingni bilib ketgani keldim, — debdi.
Shunda Tohir:
— Yo‘q, ketaman, olib ket meni, o‘lsam ham o‘sha joyda o‘lay, — deb yana yolvoribdi.
Karvonboshi shuncha nasihat qilsa ham, Tohir unamabdi, karvonboshiga:
— Bu yerda podshohning qizini men rozilik bermasam ham zo‘r bilan berdilar. Bugun qirq kundirki, hali ham qizga bir og‘iz gap aytganim yo‘q, yuziga ham qaraganim yo‘q, — debdi. Karvonboshi Tohirga:
— E nodon, ketma, shu xotining bilan kun ko‘rib o‘taver, Zuhradan senga hech foyda yo‘q, — debdi.
Tohir unamabdi.
— Bo‘lmasa bor, umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yganing bilan xayr-ma’zur qilib chiq, — debdi karvonboshi.
Tohir xotini oldiga yugurib kelibdi, qiz yasanib o‘tirgan ekan. Unga qarab bir g‘azal aytibdi:
Ey podshohning qizi,
Hurmatim baland sizga.
Zuhradan keldi xabar,
Javob beringiz bizga.
X a d i ch a:
Suv kelar suzukmidi,
Qo‘limda uzukmidi?
Uzoqdagi Zuhraxon
Bizdanam tuzukmidi?!
T o h i r:
Suv kelar suzukkina,
Qo‘limda uzukkina.
Uzoqdagi Zuhraxon
Sizdan ham sulukkina —
deb, Xadicha bilan xayrlashib, chiqib ketibdi. Kelin bechora yig‘laganicha qolibdi. Tohir yugurib borib, karvonga yetibdi, tuyaga mingashib, yo‘lga ravona bo‘libdi.
Karvon yurib-yurib bir joyga kelibdi. Bu joyda uch yo‘l bor ekan. Biri — «borsa kelmas», biri — «borsa xatar», yana biri — «borsa kelar» ekan. Karvonboshi qaysi yo‘lga yurishni bilmay, o‘ylab qolibdi.
Tohir:
— Xatarli bo‘lsa ham shunga yuramiz, mayli, Zuhra qoshiga tezroq boraylik, — debdi. Shu bilan ular xatarli yo‘lga yurib ketibdilar. Yurib-yurib bir joyga yetibdilar. Bu joy qaroqchilar makoni ekan.
Qaroqchilar bu bechoralarning tuyalarini olib, o‘zlarini zindonga solibdilar.
Tohir zindonda yig‘lab-yig‘lab: «kel-e, zora shu joyda bir tanish bo‘lsa, bizni bo‘shatib yuborsa», deb bir g‘azal aytibdi:
Yursam yo‘lim uzundir,
Kecha menga kunduzdir.
Bizni qo‘ying, jon beklar,
Zuhra unda yolg‘izdir.
Tohirning hammaktab o‘rtoqlaridan biri shu yerda ekan, u Tohirga:
— Ha, Tahir, haliyam Zuhraning ko‘yida kuylab yuribsanmi-a? — debdi. Keyin zindonbonni chaqirib, unga bir hovuch tilla berib:
— Buni qo‘yib yuboringlar, bu o‘zi kuygan qul, buni kuydirib nima qilasizlar, — debdi. Shu bilan Tohirni va u bilan kelayotganlarni zindondan bo‘shatib yubordilar.
Bular bir necha kun cho‘l-biyobonlarni kezishibdi. Zuhra dardida yurak-bag‘ri ezilib yurgan Tohir sahar vaqtida Zuhra yotgan uy tagiga yetib kelibdi. Bu paytda Zuhra shirin uyquda ekan.
Tohir g‘azal o‘qib, Zuhrani uyg‘otibdi. Zuhra Tohirni ko‘rishi bilan yugura kelib ko‘rishibdi. So‘ngra ikkovlari yashirincha boqqa kirib ketibdilar. Bu voqeadan Qorabotirning singlisi xabardor bo‘lib turgan ekan.
Qorabotir kelganda Zuhra uyda yo‘q ekan, u singlisidan: «Zuhra qaerga ketdi?» deb so‘rabdi. Singlisi javob beribdi:
— Bugun saharda Tohir keldi, yangam u bilan boqqa kirib ketgan. Qorabotir bu gapni eshitib g‘azablanibdi va podshohga borib Zuhrani chaqibdi. Podshoh tezda Tohirni tutdirib kelib qamabdi. Ulamolarning bergan maslahati bilan podshoh:
«Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osaman! Uni o‘ldirmasam, qizimni qo‘ymas ekan», debdi.
Shu gapdan so‘ng podshoh yana jarchi qo‘yib, shahar xalqini chaqirtiribdi. Maydonga katta-kichik, xotin-xalaj yig‘ilibdi. Zuhra bilan Tohirning qarindosh-urug‘lari ham kelishibdi. Xalq orasida shivir-shivir gaplar tarqabdi. Odamlardan biri:
— Tohir nima uchun qaytib kelgan ekan? — deb so‘rabdi ikkinchi bir odamdan. Unisi aytibdi:
— Tohirni bu yerga keltirgan narsa uning Zuhraga bo‘lgan muhabbatidir. Shuning uchun bechora yigitni o‘ldirish kerakmi, qonxo‘r podshohga ming la’nat!
Jallodlar Tohirning ko‘zlarini bog‘lab, maydon o‘rtasiga olib kelib, qilichlarini qayrabdilar.
Zuhra bechora esa zolim otasiga yolvoribdi. Otasi quloq solmabdi. Zuhra o‘z sevganini jallod oldida ko‘rib, hushidan ketib yiqilibdi. Jallod o‘tkir qilichini havoda yarqiratib, zarb bilan Tohir tanasini ikkiga bo‘lib tashlabdi, so‘ng darvozaga osibdi. Hamma yoqni odamlarning dod-faryodi, yig‘isi bosib ketibdi. Tohirning xolasi qattiq oh tortib, podshohga qarab shu g‘azalni aytibdi:
Qonxo‘r jallod qo‘lida,
Tilla qilich qayraldi.
Tilla qilich damlari
Qora qonga bo‘yaldi.
Bu havo havomidi?
Qor-yomg‘ir yog‘armidi!
Qiz uchun yigit o‘lmoq
Shahringda davomidi?
Shundan so‘ng Zuhra boshini ko‘tarib, bir g‘azal aytibdi:
Qator-qator tuyalar
Qatorlashib o‘tdilar.
Xon otamiz davrida
Tohir go‘shtin sotdilar.
Tohir go‘shti go‘sht emas,
Qo‘y go‘shtiga o‘xshamas.
Tohirjonni o‘ldirgan.
Bu dunyoda yashamas.
— Buni ko‘minglar! — deb buyruq qilibdi podshoh. Odamlar Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osilgan joyidan darhol olib, go‘rga ko‘mibdilar.
Zuhra sevikli yori Tohirning ta’ziyasini bajo keltirish uchun qora kiyib, qirq kungacha motam tutibdi.
Zuhra: «Bugun Tohirning o‘lganiga qirq kun bo‘ldi, otam menga javob bersin, qizlar bilan borib, qabrini ko‘rib kelayin», debdi.
Otasi ko‘p qiyinlik bilan ruxsat beribdi. Zuhra ikki cho‘ntagiga marvarid to‘ldirib, qo‘liga oshpichoq olib, Tohir ko‘milgan qabristonga jo‘nabdi. Qirq kaniz uni kuzatib boribdi. Yo‘lda Zuhra kanizlariga qarab bir g‘azal o‘qibdi:
Qizlar, tez yuguraylik,
Tohirjonga yetaylik.
Tohirjonga yetganda,
Marvaridlar sochaylik, —
deb cho‘ntagidan marvarid olib sochib yuboribdi. Qizlar marvaridga ovora bo‘lib o‘sha yerda qolibdi. Zuhra esa qabrga yetmoq uchun shoshilibdi.
Marvarid sochish, g‘azal aytish to qabristonga borguncha uch-to‘rt marta qaytarilibdi. Axirida qabristonga yaqinlashganda Zuhra bor marvaridini sochib, o‘zi yugurganicha ilgari ketibdi. Qizlar orqada qolibdi.
Zuhra Tohirjon qabriga yetibdi.
Boshidan paranjisini irg‘itib tashlab, oshpichoq bilan peshonasiga bir urib: «Ochil, go‘r!» debdi.
Go‘r ochilibdi. Zuhra, go‘r ichida gul kabi ochilib, qosh-ko‘zlari mavj urib yotgan Tohirning quchog‘iga otilibdi. Go‘r yopilibdi.
Qizlar marvaridni terib yurib, Zuhrani yo‘qotib qo‘yishibdi. Biroq Zuhraning paranjisi, kavushi va bir qonli oshpichoq yerda yotgan ekan. Qizlar har tomonga yugurib Zuhrani chaqirishibdi, hech kim tovush bermabdi. Bu voqea shaharga tarqalibdi. Podshoq va Qorabotir, uning singlisi va Tohirning xolasi mozorga kelishibdi. Tohirning go‘riga qarabdilar. Zuhraning soch piligi go‘rga qisilib qolganini ko‘rib, go‘rni ochibdilar. Qarasalar, ikki oshiq-ma’shuq qizil guldek qizarib, qosh-ko‘zlari suzilib, yonma-yon yotishgan emish. Ularni ko‘rgan kishi shirin uyquda yotibdi deb xayol qilar ekan.
Bu holni ko‘rgan Qorabotir: «Zuhradan ajralib men nima qilay», deb o‘zini shu joyda o‘ldiribdi. Qorabotirni Tohir bilan Zuhraning o‘rtasiga qo‘yibdilar, zolim Qorabotir ikki oshiq-ma’shuqni o‘lganida ham tinch qo‘ymabdi. Tohir ustidan qizil gul, Zuhra ustidan oq gul, ular o‘rtasida yotgan Qorabotir ustidan esa qora tikan o‘sib chiqibdi. Gullar o‘sib, tikanlar ham baland ko‘tarilib, bir-biri bilan chirmashib ketibdi.
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:54 | Сообщение # 2869
Группа: Удаленные
Bevafoyim ishongim kelmas, Yoningda o'zga yor men emas, Meni sevgimni yuraging his etmas, Seni husni jamoling hayolimdan ketmas, Bu hiyonatdan qalbim bo'ldi pora, Qaniydi azoblarim bilsayding zora, Borgansari mendan yiroqdasan tobora, Hammasiga chidayman endi nachora, Balkim keyinchalik yonimga kelarsan, "Sizsiz yashayolmayman" deb aytarsan, Hatolaring tushunib yetarsan, Qilgan ishingdan hali afsuslanarsan, Seni sevishimni tan olaman, Lekin senga umuman bildirmayman, Vaqt hammasiga da'vo dardimga, Seni unutaman albat bir umrga, Men bo'lmagan dunyoda, Mensizlikda xoru zor bo'lgin, Menga bergan ulkan azoblarga, Bir kun o'zing ham duchor bo'lgin, Sen o'zing hohlading ketishimni, Qaytishimga hojat ham yo'q, Seni shunday unutayki, Bir bor eslashimga zor bo'lgin!
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:54 | Сообщение # 2870
Группа: Удаленные
Baxtliman baxtsizim baxtli boloLsaz Bir kuni Yonimga tiz chokolsaz Qayta siz bilan uchrashganimda Kechirgin deb zora aytolsaz Baxtliman baxtsizim sizni korolsam Bir zumda yonizga men qaytolsam Vaqt otib meni soginganizda Men ham sizni, siz kabi tark etolsam Baxtliman baxtsizim baxtliman bugun Yonimda baxtli qilardi yorim Dostlarim yonimda baxtliman chunki Bugun baxt toyim Bugun baxtli kunim Men baxtliman chunki yonimda ozga Inson men uchun qaygurmoqda Baxtliman bugun Qayerdadir Men uchun Baxt qasri qurulmoqda Baxtli boling siz ham baxtli boling Bir kuni ozga yor qoliz tutganda Siz ham men kabi koz YOWI toking Gar koziZ yowlansa bilingki taqdir Sizga ham men kabi baxtni beroldi Faqat unutmang eng baxtli kuniz Men bilan dostlashgaN osha yillariz!!!
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:55 | Сообщение # 2871
Группа: Удаленные
Sensiz kim edim kim boldim qara Yuragim sendayu qalbimda yara Unutolmay qiynaldim Yigladim yana Azobga yor boldim yorga begona Armonlar koksimga bow qoyar bolsa Sevganim hiyonat qilgan bolsa Dilimga Armon u solgan bolsa Azobga yor boldim Yorga begona Endi kimman senga Ayt kimman begona yoringman begona yoring Sevganim sen eding suyganim ham sen Azobga yor boldim yorga begona Mayli endi sensiz yashay Sensiz yashayman bir kuni yoningga albat qaytaman unutma men seni har vaqt sevaman Azobga yor boldim yorga begona Sensiz kim boldim kim boldim qara
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:56 | Сообщение # 2872
Группа: Удаленные
Ушанда Университетнинг 4 курсини муваффакиятли тугатган пайтим эди. Энди каникулда хузур килиб дам оламан деб юрган кунларимнинг бирида, тонгда унг бикиним санчиб уйгондим. Врачлар ташхиси буйича «куричак» эканлигимни эшитдиму, «капалагим учиб кетди», аммо ойимнинг «худога шукр, бундан жиддийроги булганда нима буларди», деганларидан, бу унчалик хавфли эмас экан деб уйладим. Жаррохлик операциясидан кутилиб чиккач, врачлар курсатмасига кура бир ой огир мехнатдан узок юришим лозим эканлиги боис уйда теливизор куриб ётишдан бошка иш килмадим хисоби. Шундай кунларнинг бирида даъфатдан телефон жиринглаб колди. Тожик шевасидаги кунгирокдай овозда бир киз аввал салом берди, сунг узининг муддаосига кучиб, уни бизнинг кишлогимиздан иккита бола телефон килиб безовта килаётганлиги, хамда уларни кимлигини билиб беришимини илтимос килди. Бу илтимосини холисона бажармок учун айтилган номерларни тердим, хеч ким жавоб бермади. Бироз утгач, киз мендан натижани суради ва безовта килганлиги учун кечирим суради. У жуда зерикаётганлигини айтиб, «сиз билан гаплашиб турсам карши эмасмисиз» деб суради. Мени танимаслиги, бугунги сухбатимизга эса оддийгина тасодиф сабаб булганлигини, энди бу телефон номерларини умрбод эсда саклашини кушиб куйди. Кечга бориб телефон яна жиринглади. Уша киз! У бу сафар халиги болаларни безовта килишларию узининг унаштираётганлиги ва акаси йуклиги сабаб «сизни акам катори куриб маслахат сурасам нима дейсиз ?», деб суради. Мен унга «факат сизни яхши курадиган йигитга турмушга чикинг, агар сиз уни яхши курсангизу у яхши курмаса кадрингизга етмайди», деб маслахат бердим. Эртасига худди уша пайт яна телефон жиринглади. Дарров эсимга уша киз келдию гушакни кутардим. -Алло, ассалому алайкум, кимнинг хонадони бу ? -Ва алайкум ассалом, Комиловларники. Ким керак эди ? -А… Унда кечирасиз, менга бошка бировники керак эди… Балки ушанда телефон гушагини куйиб куйганимда шунча вокеалар булмас эдиб аммо ушанда китмирлигим тутиб гапга солгандим. -Кечирмасам-чи?! -Унда…, унда узим кечираман! Яхшимисиз Рустамжон ака, сиз эканлигинигизни сезиб турсамда шубхалангандим. Зерикиб телефон килаяпман, безовта килмадимми? …Шу зайил кунлар утаверди. Вазият шу даражага етдики, мен хар окшом беихтиёр телефон кунгирогини кутадиган булиб колдим. У билан доим сухбатимиз «кечирасиз - кечирмасамчи» кабилидаги «паролимиз» билан бошланар ва узок давом этаради. Шу уртада таътил хам тугади. Бу орада унинг исми Шахноза эканлиги, узи ва ойиси болалар яслисида ишлашлари, дадаси инженер эканлигини ва битта укаси борлигини билиб олдим. Баъзида мен унга хазиллашмаётгандай охангда келинойингиз ундай, келинойингиз бундай, кабилидаги гапларни гапирсам хам у бегубор кулар ва сиз мени акамсиз ахир деб куярди. Аммо узининг унаштирилиш вокеасига хеч кайтмасди… Хар хафта охирида укишдан кайтганимда Шахноза кунгирок билан кутиб олар, хол ахвол сурар ва узининг ишлари хакида гапирарди. Шундай сухбатларнинг бирида у туш курганлиги ва унда узини келинчак мени эса куёв курганлигини кула-кула айтиб берди. Мен тушга хар нарса кириши мумкин дедим. Мен Шахнозани енгилтак кизлардан деб уйламасдим, чунки у шундай болаларча бегуборлик билан сузлардики, шубха килишга узимдан уялар эдим. Бора-бора мен унинг овозига махлиё була бошлаганимни хис килдим. Унинг узбекчани тожик шевасидаги майин талаффузи замирида оппок, пок рухи мужассам эди гуё. У мени сехрли дунёга бошлаб кирди. Нихоят мен уни бир курмокчи булиб ундан манзилгохини сурадим. Шунда у дадасидан чучиши, шу туфайли кучада хам зарур иши булмаса юрмаслигини айтди. Аммо учрашишга карор килдик. Янги йил окшомида шахар кучасида бекор кездим. Эртасига Шахноза ухлаб колганлигини, ваъдаси эсига тушгач эса кеч булганлигини минг бор илтижо билан тушинтирди. Мен кечирдим. Мен уни севиб колганман дейишимга асос йук эди, шунчаки, урганиб колган эдим халос. Бир кун у кувнок овозда энди чиндан хам унаштирилаётганлиги, у йигит пойтахтда туриши, тагида машинаси борлигию, казоларни угилларидан эканлигини айтди. Мен котиб колдим. Олдингидай хазил деб уйласамда бир зум кугирчогини кизгонган болакай ахволига тушиб колдим. Узимни кулга олиб уни табрикладим. У туй кунини айтиб, албатта, ака катори туйимга катнашишингиз шарт, деб огохлантирди. Хафта охиригача укишда кандай юрганлигимни билмайман. Уйга келдиму интизорлик билан унинг кунгирогини кута бошладим. Аммо телефон гунг эди. Шундагина мен унинг телефон номерини хеч сурамаганлигимга афсусландим. Кун буйи узимни хар хил ишлар билан овутиб юрдим. Кеч кирди хамки телефон гунг. Нихоят, телефон тилга кирди. Одатдаги савол-жавоблардан сунг у жим булиб колди. Мен хайрон эдим. Этибор бериб унинг охиста йиглаётганлигини сездим... Сабабини сурашим билан, у гуё аланга олиб кетди: -Ха Рустамжон ака, эртага туй! Кувнанг, уйнанг, кулинг сизга бари-бир эмасми. Сиз хеч нарсани тушунмайсиз, тугри, биз оддий тарбиячи киз сиздай Университетда укиган йигитга ким булибмиз? Бахт тилайсиз, кани уша бахт? Ахир уни йуклигини билиб туриб менга тилаяпсиз-а?! Шу пайтгача уйламадингизми, бу киз нима учун бунчалар куп сим кокиб колди деб? Тугри, мен сизни курмаганман ва бунга ёлгиз парвардигор хам гувох. Аммо сиз кай холда булманг мен сизни… ган эдим! Узук-узук товуш эшитилди. Йук, булиши мумкин эмас! Бу ёлгон, уйлардим мен. Шу зайил уз-узим билан бир соатча гаплашиб турдим. Кутганимдай телефон яна жиринглади: -Рустамжон ака, мен сизни уйланмаганлигингизни билар эдим, чунки уйланган киши ярим кечагача аллакандай киз билан телефонда валаклашиб утирмайди, бу сизнинг йул куйган хатоингиз. Энди айтингчи дадамнинг айтганларига кириб, йигитларга киё бокмадим, факатгина сиз билан жонсиз гушак оркали танишиб мен нимага эришдим? Мени кечирингу, сизга куёв булмиш йигит тугрисида ёлгон гапиргандим. У узимизнинг махалладан, тижоратчи йигит. Машинаси йук, оддий оиланинг фарзанди. Мен нолимайман, аммо менинг кунглимчи? Сиз зур бериб мени узингиздан узоклатмокчисиз, тушунаман, хавотирланманг сир сирлигича колиб кетаверсин. Факат бир нарса - туйимга келинг,сиздан утиниб сурайман!…Хеч булмаса менинг хурматимга сазовор булган кимсани бир маротаба булса хам курай, илтимос! -Шахноза, акл билан иш куринг, у йигит билан бахтли буласиз ва кейинчалик бу гапларга уялиб хам коласиз. Кечиринг, аммо мен туйга боролмайман. Чиндан хам мен бу туйга боришни ич-ичимдан истамасдим. -Агар келмасангиз, мени кечирингу ота-онангиз юзига оёк куйган билан баробарсиз, менинг гапим тамом. -Йук, бундай деманг, мен бари бир… бормайман. -Охирги марта илтимосимни бажаринг, инсон! Майли сиз хам уйланиб, бахтли булинг, ширин фарзандларни суюкли отаси булинг. Факат…факат битта, сизни жонидан ортик суйган инсон –«синглингиз» борлигини эсдан чикарманг, илтимос! Мен сизни интизорлик билан кутаман, бог куча 20-уй! Агар худо насиб килиб, угил курсам сизга ваъда бераман, исмини Рустам, Рустамжон куяман… Йиги, йиги ва яна йиги…Ич-ичимдан тугён уриб келаётган куч бугзимга келиб тикилди. Кузимдан томчи ёш гушакка томди.Шу тун уйку уз пардасини курсатмади. Минг азобда тонг оттирдим. Кун хам бемаъно утди. Кечга якин туйга бормасам булмаслигини хис килиб, йулга чикдим. Бог кучанинг муюлишида туй тараддуди шундай куриниб турарди. Аста якинлашиб, туйхонга кирдим. Одамлар гавжум, туйхона безатилиб, столлар терилган. Хали туй базми бошланмаган экан. Бир оз утгач, хамма шошиб колганда сездимки, келин-куёв келаяпти... Мен карийб бир йил давомида телефондаги хамсухбатимни куришга интизор булсамда узимни тутдим. Бардошим етармикан? Ана куёв куринди. Хурсанд, огзи кулогида, жураларига хазилнамо гапириб куяди. Ва нихоят кузим окликка бурканган, ок кабутардай кийинган келинга тушди... Во ажаб, нахот шу гузал, бегубор чехра, хуркакнигох, оху кузлар мен билан бир йил хамсухбат булди. Куёвнинг билагидан охистагина тутган куллар кимтингандай, бир бир узилиб колар, иккинчи кулдаги гулдаста эса зир титрарди. Ана, у атрофга бир зум синчиковлик билан караб чикди. Бу кузлар… Кимнидир излаётган кузлардан томаётган томчилар, билмадим, гавхарми инжу. Гузаллик ва мухаббат намунаси махзун нигохлари ила унга факат хиссиз гушак оркали танилган ва севгисига сазовор булган кимсани кидирмокда эди. Мен эса унинг махзун нигохлари таъкибидан узимни куярга жой тополмасдим… Орадан куп йиллар утди. Хар сафар кишлокка борганимда уша тун, алам ва надоматла уриб синдирилган ва кейинчалик елимлаб куйилган телефон гушагига кузим тушади. Уни бир неча бор янгисига алмаштиришга ахд килганман, аммо негадир, хар гал бу фикрдан кайтаман. Ким билсин, балки уни уша кунлар хотираси булиб колишини истагандирман… Кишлокдан кайтар эканман, машина магнитоласидан кунглимга хамоханг дардли кушик таралади... Иккимиз ёшликдан беркиниб уйнаб, Хамон тополмаймиз бир-биримизни. Сен хам юргандирсан узингни кийнаб, Эсдалик суратга тукиб ёшингни.
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:57 | Сообщение # 2873
Группа: Удаленные
Bugun ham yurakni qiynar muhabbat. Ikki kuch kurashar bunda beayov. Biri der: -Men usiz yashashim kerak. -Biri der hayotim usiz zim-ziyo. Aslida yuragim yasholmas sizsiz, Tirikdir u sizning yodingiz bilan. Sizsiz yashamoqqa hohishim emas, Hayot majbur etsa ayting ne qilay ? Siz-la qurgim kelar uzoq suhbatlar, Uzun-uzun hatlar bitgim keladi. Ammo oramizda uzoqdir yo'llar, Uzun armonlarim, Tangrim biladi. Hayot yo'li boshqa bo'lsa ham hatto, Ko'ngil yo'li boshqa ekan, voajab. Ko'ngil amrin har dam etolmay ado, Inson yashar ba'zan baxtidan ajrab. Tushunolmay qoldim,o'zimga o'zim, Nimani kutaman ? o'zim bilmayman. Goho sizni eslab, entiksam goho, Sizsizlikdan to'yib-to'yib yig'layman. Umrbod shu sevgim bilan yashashni, Qanchalar xohlashim bilsangiz edi ... Lek, sevgi talpinish bo'lsa, besamar talpinishning, ayting, foydasi nedir ??? O'lmaydi deydilar, asl muhabbat, Men ham bugun uni yurakka ko'mdim. Ochilmayin so'lgan sevgim haqqiga, Pinhon tilovatlar qilishga ko'ndim. O'zimni qiynamoq menga orzumas, Yuragimni berib qayg'u alamga. Endi unutishim kerak sizni, bas ! Yo’qsa qalbga kim solmas alanga. Sizni unutmasam murg'ak yurakni, Bir umrga armon parchalab tashlar. Tatimay qoladi eng baxtli damlar, Sizsiz bag'ri – dilim ayriliq g'ashlar. Naqadar azobli sizni unutish, Qalbimga yozilgan har bir so'zingiz. Har vaqt davo etsa ham, lekin, Yillar ham yuvolmas qalbimdan izingiz. Bilaman, yashaysiz kimlardir uchun, Ko'ngil-chun yashamoq shartmikan, deysiz. Unutmang, yashayman men ko'ngildagi Inson-chun, siz o'sha inson erursiz. Azizim, avf eting kechiring meni, Sizni shunday deya ataganimga. Kechiring sevgim-chun, she’rlarim uchun, Har bir onim sizni yodlaganimga ... Shunday yo'l topayki, toki yuragim, Baxtim, hayotimga yetmasin ozor ! Shunday xotiraga aylaning, toki Sizni eslab, dilda yashnasin bahor. Sizni eslaganda yoshlik muhabbat, Qalbimga baxsh etsin ajib ehtiros. .... Men sizni unuta olmadim, aslo, Sizsiz yashamoqni o'rgandim, xolos ..
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:57 | Сообщение # 2874
Группа: Удаленные
"Xamma narsa o`zgargan, xatto muhabbat xam", dedilar. Men yo`q dedim. Ahir muhabbat ming yildan buyon o`lmaydi, eskirmaydi, o`zgarmaydi. Mening yuragimga xam o`shal go`zal tuyg`u tashrif buyurdi. U qalbimni ezgu umidlarga to`ldirdi. Menga seni tanitdi. O`sha ondan boshlab hayotimga mazmun kirdi. Sen bilan o`tayotgan kunlarim fayzli, tarovatli edi. Bir kuni esgan yozuv shamol esa bizni bir birimizdan ayirdi. Seni yozuvlar changalidan asrab qololmadim. Ular seni o`ziga bo`y sundirib oldi. meni begona o`rnida ko`ra boshlading. Ayb senda emas, ular sening ko`zlaringga qora parda to`sib qo`yishgan.
men buni yaxshi bilaman. Men sevgimda sodiq qolaman. Sen baribir bir kuni oldimga qaytasan. O`sha kunni kutib yashayman..
Дата: PAYSHANBA, 2012.11.15, 13:58 | Сообщение # 2875
Группа: Удаленные
Bir kecha bexosdan uyg'onib ketsam, Yig'lab o'tiribdi yuragim yum-yum. Cho'chib suradim: senga nima bo'ldi erkam? Nimaga yig'laysan? Men nima qildim? Unday desam bo'mas, bunday desam ko'nmas. Chiqib sokin hovlini kezdim. Hamma yulduz so'ndi. Bir yulduz so'nmas. Ko'zimga mo'ltirab turar ilk sevgim. Yulduzdan ham olis, sen buyuk g'am. Bugun o'zing yo'qsan faqat yonimda. Hijron kuying chalib qon o'rnida ham, armon aylanadi joni tanimda. O'ylayman, o'ylayman,o'ylarim uzun. Qo'lim qisqa sevgim bo'ylari uzun. Endi sen men uchun eng uzun ertak. Endi meni yomon qiynar bu yurak. Chekaman tutunga tuladi xona. Ilk sevgim mo'ralar to'rt burchakdan. Men dalli, yuragim mendayin devona. Yotmayman deb yig'lar to'shagingda