Дата: MUBORAK JUMA, 2010.06.11, 23:01 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные
Bugun tongda ko’chaga chiqdim. Rejalashtirgan ishlarimni bajarib bolgandan keyin nonushta qilmaganim esimga tushib (aniqrog’i holim qolmagach) bir kafega kirib nonushta qildim, Yolg’iz….., xayotdan xafa…, yuragim siqilgan.., ishtxam yo’q… dunyo ko’zimga juda hunik ko’rinayotgan… go’yoki butun dunyoni g’am tashvishi mani boshimda.., dunyoda yashagim kelmayotgandek nafas olish ham og’ir botayotgan bir pallada, yig’lagudek holim, kulgu va tabassumdan asar ham yo’q yuzimni ko’rgan odam juda og’ir musibati bor deb o’ylashi shubxasiz edi. Maxzunlik butun jismimni qamrab olgandi. Go’yo dardlarim to’lib toshib yotibdiyu aytgani odam topolmay shu forumni o’zimga ermak qilib, bekorchi narsalarni yozib o’tirardim.. Negadir o’zimni juda baxtsiz xis qilar, qarshimdagi stol ko’pincha uning ortoqlari bilan kelib o’tiradigan joyi bolgani uchunmi o’sha tarafga goh intizorlik bilan qarab, kelishini kutardim. Gohida g’azab bilan qarab, bor nafradimni sochardim. Hulas shunday g’amgin hayollar bilan 2 chashka choyni ichish 1 soatga cho’zildi (essizgina vaqt..) O’zi manga nima bo’lgandi? Kimnidir sevib, bugun uni yoqotish arafasda turganim uchun shuning g’amidan shu axvoldamidim? Xa rostanam sevgan yoringizdan ayrilish naqadar azob.. lekin bu darajadagi tushkunlik iymonni zaifligidanmasmi? - keyin angladim. Kimdir otasi, onasi yoki jigargo’shasidan butunlay ayrilib qolsa sabr qiladiyu, men bo’lsa bor yo’gi bitta nomaxram men bilanmas, boshqasi bilan turmush qurayotgani uchun bunchalar kuyib pishishim naqadar achinarli… To’gri, uni sevardim, u bilan yashagim kelardi, unga islomni ilinardim, shunday chiroylik qiz islomni anglamay yashashi meni qiynardi, lekin…, andisha qilgan o’zimku? 3yil… biror marta sovchi yuborolmadimku???. Xa mayli bularni qo’yib turay agar bu qissani boshlasam tugatolmay qolishim mumkin, chunki sevgilimni maqtashdan va uni ayblashdan o’zimni xech qachon to’xtata olmayman. Xozir meni jiddiy o’ylashga majbur qilgan, tushkunlik bo’tqog’idan qutqargan voqeani aytib beray., 1 soatlik nonushtadan keyin kafedan yana o’sha g’amgin kayfiyatda chiqdim, eng baxtsiz odam singari. Ko’zim yo’lning u tomoniga tushganida serqatnov katta yo’lning u tomonidan chamasi 7 yoki 8 yoshlik qizni kimdir men tomonga yetalab kelardi… yo’q yo’q man adashibman bir qaraganda adashibman, balki u - jajjigina qiz u kishini yetalab kelardi.(otasi bo’lsa kerak) Chunki u ko’rmas ekan.. u qizcha otasini yetalab yurarkan… yonginamdan o’tib ketishdi, menchalik g’amgin emasdi ular…, muzlab qoldim, kichkina qiz.. va shu qizchasini o’z ko’zlari bilan ko’rmagan ota… xaqiqatda shu payt qalbim qiynaldi, oldinam ko’rganman shunaqa vaziyatlani lekin bunaqa ta’sir qilmagandi, ularni ahvoli juda g’arib edi… Qizcha va ko’r ota meni yonimdan 20 metr nari ketmay yana bir ko’nglim seskandi, mendan 5 metr orqaroqda taksi kelib toxdadi, yurmay qarab tursam taksini orqa o’rindig’idan bir ayol darrov tushdida oldi eshigini ochib bir kattaroq kishini avaylab tushirdi, oldiniga xayron bo’ldim. Chunki taksini oldi eshigi mendan nimanidir berkitib turardi, taksi yurgach holat ravshan bo’ldi. U kishini bir oyog’i butunlay yo’g’ekan, lekin e’tibor berdim ularning yuzida tushkunlik alomati yo’g’idi.. (shu payt Deyl Kernegining qaysidir kitobida o’qiganim bir voqea esimga tushdi, ismi esimda yo’q lekin Amerikaning mashxur odamlaridan biri juda katta qarzdor bo’lib qolib tushkunlikka tushib qolganda ko’chadagi 2 oyogi yo’q sudralib ketayotgan bir majruxning kulib aytgan samimiy bir og’iz so’zidan ta’sirlanib tushkunlikdan qutulgani, va shu so’zlar ta’sirida juda katta mavqega ega bo’lgani xaqida aytadi. O’shanda majrux kimsa, u kishini g’amgin ko’rib, <xa MISTER … nimaga bunchalik g’amgin ko’rinasiz? Hayotni go’zalligini qarang, zavqlanib yashash kerak degan ekan> bu gaplar nogiron odamni gaplari bo’lgani uchun jismi sog’ salomat, aqli bor odamni ancha o’ylashga majbur qiladi. ) Yarim soat shu o’y hayollar bilan yurdim, noshukrlik qilayotganimga deyarli amin bo’lgandim, yana bitta kulib turgan (bunisi juda qo’rqinchli, tasvirlashga qo’rqasan..,) o’zimga ibrat olishga shukr qilishga majbur qiladigan kishini ko’rdim, endi man tamomila o’zimni baxtli seza boshladim. Va yana bir kun oldingi yani kechagi voqeani esladim qarshimda yarim qo’li yo’q odam o’sha qo’lini ko’tarib kim bilandir xayrlashayotgandi, o’rtoqlarim bilan bo’lganim uchunmi unga e’tibor bermagandim, endi shunday voqealar birma bir hayolimdan o’ta boshladi, naqadar qo’rqinchlik.. bu kunni Alloh menga ibrat kuni qilib berdimi voqealar shu bilan tugamadi. Juma, bugun juma edi, juma namoziga juda oz vaqt qolgandi shoshib ketayotgandim. Moshinalar kam joyda 1 ta yoshi juda kotta bo’lsa kerak soqollari uzun chol turgan ekan. Man masjidga bo’lsa kerak kech qolmasinlar deb olvolgandim, masjidgami desam xa degandila, bu xa deyishlari kutilmagan savoldan gangib qolib adashishlari ekan, masjidgayam bordik endi shoshib qoldila og’lim men yo’lda tushishim, bozorga kirishim kerak edi.. qiziq gap bo’ldi, men xam tushunmabman… endi sezib qoldim asli benamoz odam ekanlar (essiz odam bir oyog’i go’rda bo’lsa, yoshini yashab o’limini kutib yashayotgan 70ga kirgan bu cholning Robbisini tanimasligi ruxiy nogironlik edi. Jismoniy nogiron bo’lib bu dunyoda qiynalib yashasa xam shunga sabr qilgani uchun, Robbisini tanisa uning oqibati albatta xavas qilinadigan darajada bo’ladi lekin Eng ayanchlik xodisa ruxiy nogiron bo’lsa uning 2 dunyosi juda achinarli bo’ladi.. Endi mani boshqa bir o’y chuqur o’ylatdi. Yoshligimdan xam jismoniy xam ruxiy butun yaratilgan ekanman. Robbimga xamdlar bo’lsin, men o’zligimni yo’qotayotgan payt menga bergan ne’matlarini shu yo’l bilan eslatib qo’ydi. Endi voqealar tugadi deb o’ylasam yuziga shunaqangi chaqalar toshib ketgan bolani ko’rdim, bechora yuzini odamlardan xijolat qilganidan tosib yuribdi, chaqalar ko’pligigan yiring oqvotti.. yana bir ayolni ko’rdim yuzi oqarib qolibdi (pes deydimi), yana bir yigitni ko’rdim o’zi kelishgan chiroylik ammo qo’li qaltiroq ekan……….. endi men tamom taslim boldim. Oxiri oyogida bir dona barmog’i yo’q odamni ko’rganimda yana bir narsaga amin bo’ldim, men bir dona barmog’imni qanchalar yaxshi ko’rar ekanman. Bu voqealar bir necha kunda bo’lgan deb o’ylamang, bu bor yog’i bugun 6 soat davomida sodir bo’ldi. Ortiq ko’chada yurolmadim. Uyga kirib olganimcha hali ko’chaga ham chiqolmadim.. endi o’zimni o’nglab olishim kerakligini to’lig’icha anglab yetdim, bitta menmas juda ko’pchilik ko’zimiz bu yorug olamni ko’rib turib, oyogimiz qo’limiz butun holda, badanimizda unday voximali kasalliklar bo’lmasa xam juda juda irodasizmiz, bitta muammo qarshisida bu hayotda yashagimiz kelmay qoladi. Yuzimizdan yiring oqish uyog’da tursin kichkina chaqa chiqsa vaximaga tushamiz, qo’rqib ketamiz, juda xunik bolib ketgandek o’zimizni noqulay xis qilamiz. Menga bugungi kunim juda katta dars bo’ldi, xali ayrilmagan ayrilish arafasida turganim azs uchun shunchalar qaygurishim, dipressuyaga tushib qolishim qalbim bilan ish qilayotganimda edi, ozgina aql ishlatib ish qilinmasa inson adashar ekan
Alloh barchamizni to'g'ri yo'lga boshlasin
Сообщение отредактировал Bmw_X6 - MUBORAK JUMA, 2010.06.11, 23:02
Bmw_X6, kitob yozadigan qobilyatiz borakan qoyil o'qib chiqdim fikrlarizni judayam keng tarzda ochib bergansiz buning uchun sizga rahmat misol uchun 100ta o'qigan odamdan 80--tasi shu gaplarizdan saboq olsa bu siz uchun judayam kotta + bo'ladi sizni bu bilan tabrikliman hayotimizda bunday voqealar juda ko'p uchraydi
avvalo raxmat, lekin tan olib etaman, bularni juda tez vaqtda tekshirib chiqmay yozganim uchun post qoldirib bolganimdan keyin imloviy va bazi iboraladagi xatolarimni korib kimdir tanqid qilarmikin degandimu togrilab qoygani eringandim raxmat, xursand qildila, man bundanam yaxshi yoza olardim erinchoqligim pand berdi, bu uchun uzr so'rayman
Дата: YAKSHANBA, 2010.06.13, 15:45 | Сообщение # 11
Группа: Удаленные
Ikki ko'z ko'r bo'lsa bo'lsin, Qalb ko'zing ko'r bo'lmasin, Tilda boling bo'lmasa xam, Tilda zaxring bo'lmasin, Tilda nuqson bo'lsa aytmas, Ko'z hayosiz bo'lmasin, Molu-mulk yo'q bo'lsa bo'lsin, Tanda darding bo'lmasin, Yorsiz o'tsa o'tsin umring, Bevafo yordan ko'ra, Dushmaning dono bo'lsin, Do'sti nodondan ko'ra, Ko'zi to'q miskin g'anidur, Ko'zi och boydan ko'ra, Gavda kalta bo'lsa bo'lsin, Aqli kalta bo'lmasin, Tinchi bor bir kulba yaxshi, Marvarid koshonadan, Burda noning yaxshiroq, Minnati bor oshdan, Yetti yot begona yaxshi, Oqibatsiz qarindoshdan, Yuzda dog'ing bo'lsa bo'lsin, Dilda dog'ing bo'lmasin, Millatin sevgandan foyda, Millatin sotgan zarar, Ilmi bor fosiqdan foyda, Ilmi yo'q joxil zarar, Avvaling xor bo'lsa bo'lsin, Oxiring xor bo'lmasin.
Дата: DUSHANBA, 2010.06.14, 09:23 | Сообщение # 21
Группа: Удаленные
Bmw_X6, :( xa men ham o'qip chiqtim ko'zimga yosh keldi nima bo'lsaxam hayotda achchiq chuchig'i bo'ladida , ko'p yig'lamang , bi tabbasum qip qo'yish xam kere , bu xayot hoz man yozsam yig'lab yuborishadi , shu uchun xam Olloh odam uchun sabr bergan ))))) raxmatik erinmay yozganiz uchun juda ta'sirli
Дата: PAYSHANBA, 2010.06.17, 05:36 | Сообщение # 25
Группа: Удаленные
bizning millatimiz eronlik. yani dadamning buvimning qarindoshlari ko'pisi eronda. Bir kuni uyimizga Erondan dadamning amakilari yani buvamning akalari nevaralari bilan keldilar. bir necha kun biznikida mehmon bo'ldilar. o'shanda men 17 yoshda edim. bu kishi har kuni erta tongda turib bomdod namozini o'qirdilar. 12 yoshli va 15 yoshli nevaralari ham baravar namoz o'qirdi. juda havasim kelgandi o'shanda. chunki bizning oilada hich kim namoz o'qimaydi. bir necha kun man ularga ovqat tayyorladim choy damladim. bir kuni ertalab choy damlab berdim. keyin u kishi meni oldlariga chaqirdilar va ochiq yuz bilan menga qarab -qizim, kechirasanu mendan xafa bo'lsang ham aytaman, men sen damlagan choyni icholmayman, chunki sen har doim oldingda o'zing bilan shaytonni olib yurar ekansan,- dedilar. avvaliga hayron bo'ldim. balki kiygan kiyimim uchun aytgandirlar deb o'yladim va sekin nima uchun dedim -qara seni tirnoqlaring juda uzun ekan. tirnoqlaringni o'stirib yurar ekansan. bu deganim seni tirnoqlaring ostida shayton in qurgan va bolalagan. mana shuning uchun men sening qo'lingdan choy icholmayman degandilar. bilsangiz edi bu gap menga qanchalik ta'sir qilganini. rostan ham o'sha vaqtlarda tirnoqlarimni o'stirib, bo'yab yurardim. mana shu gapdan keyin umuman tirnoq o'stirmadim. hatto bo'yamadim ham. balki bu voqea unchalik ham ta'sirli emasdir. lekin men uchun katta ibratli voqea bo'lgandi.