Онани ўкситиб оғримас кўнгил, Дунё деб аразда опа-ю, сингил, Отага тош ушлаб турибди ўғил. Забунлар ҳолига дилдан бўзладим, Одамлар ичидан инсон изладим.
Ошиқлик сохтадур, севги омонат. Муҳаббат оввора, ғурур хижолат, Етимлар хаққига кўрдим хиёнат, Уларни бир эмас, э воҳ юзладим, Одамлар ичидан инсон изладим.
Дунё бонг уради: одам савдоси, Гиёҳванд, ОИТС – аср вабоси. Хор этур уларни нафснинг балоси, Хатонгни тузат деб ибрат сўзладим, Одамлар ичидан инсон изладим.
Ёлғонлардан нечун ёнмайди замин? Махваридан чиқиб, тонмайди замин? Йўқ, йўқ, яхшилар бор гуллайди замин, Уларнинг ҳаққига бахтни истадим, Одамлар ичидан инсон изладим. Муҳаббат Пардаева
Bilsang edi hayotimda paydo bulib, Menga qanday baxt va quvonch ulashganing Bilsang edi, g’am-armonim uzoq ketib Faqat shodlik atrofimni qamraganin Har bir gaping aytmasingdan oldin sezib- Seni kimdir eshitsayu, tushunsa baxt. Eh, qaniydi uchratsaydim seni avval Behudaga yoshlar ila siqilgan vaqt. Mayli o’tgan- o’tdi deb ko’p aytar edim, Lek ne qilay o’tmishimga qaram edim. Endi bugun ming bor shukur seni topdim, Qiyin yo’l ozorin bir dam unutdim. Maroq erur senla suhbat qurishim Orzular qo’ynida parvoz qilishim Ishon, bayram misol- shodiyonadir- Suhbat qurib, seni qayta ko’rishim! Haqiqatdan tasodifga boy dunyo Shodligidan sinovi bisyor dunyo Sizni sinab bugun tordek tuyulsa, Ertasiga mukofoti tayyor dunyo. Lek baribir yashayapmiz, bor dunyo Intilamiz, bu bizga nasib dunyo. Bag’ri kengga keng, torlarga tor dunyo Izlayversang sirlari ko’p g’or dunyo. Chin yurakdan niyat qildim bugun men Ijobatin ko’ra olsam bas dunyo! Seni uchratganimchun men baxtiyorman, Hayotimda senday insonlar jam bulishsin iloho!!!
Дата: PAYSHANBA, 2012.03.29, 22:38 | Сообщение # 12
Группа: Удаленные
Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida, Ko'ngil ohi ko'zin yoshida: Bevafo ko'p ekan dunyoda... Nigohida oftoblari bor, Nolishlarin javoblari bor, So'ngan sevgi azoblari bor, Bevafo ko'p ekan dunyoda... Tovoniga tushgan kokillar, Qizginaga qo'shilib yig'lar, Bir so'z dilga sanchadi tig'lar - Bevafo ko'p ekan dunyoda... Dildan ko'chib ketsa xayollar, Yomonga yo'q ekan jazolar, Yolg'on dunyo ekan dunyolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda. Ermak ekan endi Laylolar, Majnun g'arib kezgan sahrolar, Ertak ekan Tohir-Zuhrolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.01, 12:20 | Сообщение # 15
Группа: Удаленные
Dunyo Sizga kerak bo'lsa tashlab ketay. Bor g'amlarni o'zim bilan boshlab ketay. Doim kuling yarashadi Sizga gulim. Menga boqmang ko'zlarimni yoshlab ketay. Bevafolik Sizga bugun muhr bo'ldi. Yurakkinam alamlarda kuyib o'ldi. Siz o'zgaga tillo uzuk taqqan kunda. Sizga atab olgan gulim biling so'ldi. Taqdir debsiz dugonangiz aytib ketdi. Vaqtdir davo deya u ham qaytib ketdi. Baxtdir balki o'sha o'tkan baxtli kunlar. Yodimizda bir umrga qolib ketdi. Endi choyni begim deya uzatgaysiz. Erta tongdan yoringizni kuzatgaysiz. Endi menga qo'llaringiz tutkazmassiz. Meni kutib vaqtingizni ketkazmassiz.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.01, 13:22 | Сообщение # 17
Группа: Удаленные
EY DÖST, DÖSTING XAQIDA BÒL DUODA. G'AYBONA DUO SAVOBI ZIYODA. MADX ETSANG GAR ÒZI YÖG'IDA SÖZLA. TANBEXNI YUZGA AYT XOLI MA'VODA. XAQIGA DUO QILINGAN MAZKUR KAS. WU JOYDA BOR YÖQLIGI MUXIM EMAS. MALOIK "OMIN" DEB TURAR DUOGA. U OLLOX YÖLIDA XOLIS BÖLSA BAS. ÖZARO MASOFA UZOQ YO YAQIN. ADO ETMOQ VOJIBDIR DÖSTLIK XAQIN. TO BARQAROR MEXRU VAFO SADOQAT. UMID QIL VA KUT DUO IJOBATIN.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.01, 13:27 | Сообщение # 18
Группа: Удаленные
O`zin ko`z – ko`z qildi bahor ziynati, Gullar atrin sochdi, sochilmaysizmi? Sizni ko`rmoq istab, ko`zim izladi, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Nahot, mumkin meni shuncha ko`p ayblash, Shuncha ko`p ayblashdan og`rinmaysizmi? Yo`llarni berkitgan g`azabmi, araz, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Bir – birin pinjiga kirmoqda qushlar, Erkangiz edim – ku xotirlaysizmi? Men haqda ko`rib ham bir shirin tushlar, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Aybsizligim, balki bilarsiz, kelib, Endi kechirmoqqa botinmaysizmi? Gina joningizga ketmasmi tegib, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Bahor kelganida yurib teskari, Qishning quchog`iga otilgaymizmi? Sevgim ortayotir sog`inganim sari, Ayting meni sira sog`inmaysizmi????
Дата: CHORSHANBA, 2012.04.18, 12:09 | Сообщение # 19
Группа: Удаленные
Sheriyat.com Муҳаббат Пардаеванинг расмий сайти. Ташриф буюриб, янги шеърлар билан танишиб боришингиз мумкин. Шунгингдек ўз шеърларингизни ҳам жойласангиз хурсанд бўлардим.
Yig''lamasam dilimdagi g''ubor ketmaydi. Ming urundim dilimdagi tilga chiqmaydi. So''z qidirsam bir tuzukroq so''z ham kelmaydi. Muhabbat, nahot sensiz yashab bo''lmaydi. Sha''ningga shoirlar she''rlarin bitdi. Xofizlar shu so''zla kuylarin bitdi. Oshiqlar sen uchun borini tikdi. Muhabbat, nahot sensiz yashab bo''lmaydi. Dardingga davoni tabib topolmas. Yaralangan yurakka malham surolmas. Yurak ham bir muddat sensiz turolmas. Muhabbat, nahot sensiz yashab bo''lmaydi. Baxtli yurishni istasang,Ollohga shukur qilishni o`rgan!
Дата: PAYSHANBA, 2012.05.31, 10:04 | Сообщение # 25
Группа: Удаленные
Ketmoqdasiz ko`zlarimni yoshga to`ldirib murg`akgina sof sevgimni bevaqt o`ldirib yuragimni azoblarga solib kuydirib ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
yashaymanmi nafasimni xovuchlab endi orzuimga yetmay turib armonim keldi qani ayting axir meni aybim ne edi ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
gaplashardik vaqtni bilmay xattoki tunda ko`chamizdan o`tardingiz soatlab kunda shirin damlar o`tib ketti nahot bir zumda ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
so`zlaringiz sehirlab hayolim oldi pok qalbimga ishqning mehrini soldi endi shu tuyg`udan ayting ne qoldi ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
meni sevishni o`zinggizga or bildingiz muhabbatim qo`llarizda xor qildingiz keng dunyoni ko`zlarimga tor qildingiz ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
hasratlarim alamimdan toshib ketti hayollarim o`ylarimdan shoshib ketti bu fe'lingiz xammasidan oshib ketti ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
sog`inaman mahkam bosib suratingizni nogoh eslab mag`rur savlatingizni endi qanday unutayin siyratingizni ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
xech vafoni tinglamapman so`zlaringizdan o`zga yorni anglamapman ko`zlaringizdan hammasi ayon ekan shundoq yuzlaringizdan ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
yuragingiz o`zga deya sevgimdan tondi yolg`oningiz muhabbatim sug`irib oldi sizdan faqat jonim shirin xotira qoldi ketayapsiz meni yig`latib uni kuldirib
kun keladi barchasini eslarsiz xam o`sha guldan iforimni izlarsiz xam xato qildim deya xali kelarsiz xam sizga shunda vafolarim buladi kam men ketaman sizni yig`latib uni kuldirib