Ummon bo'lar urgan ohimiz, Chaqmoq bo'lar nigohlarimiz. Siz- mag'rursiz, men esa- hur qiz, Bir og'iz so'z aytolmaydigan. Ertagimiz "Layli- Majnun" mas, Unda hijron erur muqaddas, Siz- shu'lasiz, men undagi sas, Manglayiga bitilmaydigan. Qarshimizda tonglari oppoq, Bilamizki bir yo'l bor biroq, Siz- osmonsiz, men- hovuch tuproq, Bu yo'llardan o'tolmaydigan. Anduh o'rtar qalbimda notinch, Armon bizga bermaydi ilinj. Siz- sog'inchsiz, men ham bir sog'inch, Bir- biriga yetolmaydigan...... BARCHA MUHABBATI ARMON BO'LGAN QIZLARGA TEKIN MASLAHAT "UMMON" FAQAT SIZLAR BILAN BIRGA +998753199533 |