Nechun bunday yakun topmoqda, Aloqalar tezda tugaydi. Olov bo'lib yongan yurakdan, Sevgidan bir asar qolmaydi. Shirin so'zlar aytgan tillari, Bugun deydi "Xayr, Alvido". Birga bo'lgan o'shal kunlari, Xotiradan o'chadi go'yo. U kunlarni ikkalasi ham, Eslamasdan tezda unutar. Hayotidan o'chirib tashlab, Bir oy o'tmay yangisin topar. Soxta bo'lgan tuyg'ular o'lar, Aslidaku bormidi ular? Bir-biriga ishonch yo'qolib, So'nib ketar baxtli orzular. Alishtirib xuddi kiyimday, Boyligiga uchadi ba'zan. Hammasiga "Sevgilimsan" deb, Nechta bilan yuradi birdan. Bir-biriga qilar xiyonat, Yomon yo'lga boshlaydi goho. Bu ishlar ham bo'lganidan so'ng, Deyishadi"Ey, zolim dunyo". Dunyo go'yo bunga aybdor, Yig'lab-siqtab qilishar nola. Yigit bo'lsa topgan o'zga yor, Qiz qornida nikohsiz bola. Ota-ona boshlari egik, Farzandlarning ayblari bois. Yo'qdir endi boshqa hech iloj, Yigit qizga uylanmoq joiz. Ne bo'lsa ham peshonasidan, Yo'l oxirin bilishmasmidi? Kelajagin bilganda balki, Gunoh ishlar qilishmasmidi?