YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:52
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 8
MEXMON 8
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2011 » Февраль » 23 » Samandar -Ilk hujum
20:47
Samandar -Ilk hujum

Ushbu loyihamizda suhbatlashish hududiga tashrif buyurgan har bir san’at vakili o’z ruhiyati orqali hayotning + va — belgilarida bahsga kirishadi. Suhbat so’nggida esa siz mehmon san’atkorning qay darajada haq yoki nohaq ekanligini bilib olasiz. Demak, ilk ishtirokchimiz O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Samandar Hamroqulov. Ilk hujumni esa — belgisi boshlaydi...


— Ilk xatolar aynan talalik paytlaridan boshlangan. Ya’ni institutda o’qib yurgan paytlarimizda o’qituvchilarimiz ko’p nasihat qilishardi-ki, sevib qolma, deb. Agarda mana shu holatga duch keladigan bo’lsang bo’ldi, o’qishing susayadi, ko’zingga dunyo ko’rinmay qoladi, deya. Afsuski, bu nasihatlarga amal qilmadim.

+

— Balki busiz ham iloji yo’q edimi deb o’ylayman. Negaki, o’shanda endigina balog’at ostonasidan o’tgandim, o’smirlikning eng go’zal chog’lari. Tabiiyki, sevmaslikning ham iloji yo’q edi.

— Eng asosiysi, o’sha qizning kelajagini yoki sevgimning qanday yakun topishini ham o’ylamasdan sevganman. Oxir-oqibat u qiz onamga yoqmadi va shu qarorni eshitganda ham o’z bilganimdan qolmasdan, muhabbat qissalarini davom ettirdim. Aslida, men poytaxtga otamga o’xshagan san’atkor bo’laman, san’at institutining eng yaxshi talabasi bo’laman, deb kelgandim. Bu orzularim amalga oshdi, lekin muhabbat yo’li ko’p vaqtimni olib, o’qishlarimdan chalg’itib yubordi. Institutda o’zlashtirishim kerak bo’lgan juda ko’p narsalarni o’zlashtira olmadim. To’rt yil davomida tilni yaxshi o’rganishim, raqs darslarini maromiga yetkazib, plastikamni oshirib olgan bo’lishim, sahna nutqi va sahna jangini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishim mumkin edi. Shu tufayli hozir o’zimni to’liq professionalman deb ayta olmayman!

+

— Lekin, shu xatoliklar bo’lmaganida balki hayot boshqa yo’nalishga burilib ketgan bo’larmidi... Kerakligi, men ana shu xatolarimdan to’g’ri xulosa chiqardim va oldinga yurishda davom etdim.

— Ilk filьmlarim, qo’shiqlarimdan so’ng xalq meni tanidi, bildi. Yashirmayman, ana shu holatni men ko’tara olmadim. Qaysidir ma’noda "yulduzlik kasali”ga chalindim. O’z-o’zidan odam ajratishni boshladim. Bu holat esa yaqinlarimni yo’qotib, ularning o’rniga boshqa insonlarni topishimga sharoit yaratdi. Afsuski, katta bir sinovga duch kelganimda ular go’yoki tarqalib ketgan tumandek meni tark etishdi. Yolg’iz o’zim qolgandim.

+

— Ana shu holatda birgina so’z ko’zlarimni ochdi. O’g’lim, mana endi yetib kelding, pishding, qancha-qancha nasihatlarni beparvo qoldirayotganding. Shu holat senga dars bo’ldi. Bundan buyon qadamingni o’ylab bosishni o’rganasan. O’g’lim, seni men dunyoga keltirganman va sening fikrlaringni o’zingdan ham yaxshiroq bilaman. Qaddingni ko’tar, deya onam suyanchig’im bo’ldi.

— Hammasini unutib o’zim rejissyor sifatida film suratga olishga qaror qildim. Xayrixohlar ko’p bo’ldi. Ana shularga ishonib, jamoam bor, kino suratga olsam bo’ladi, deb o’yladim. Avvaliga professional rejissyor tanlab, u bilan shu filmni suratga olishga qaror qildim. Taqdir taqozosi bilan o’sha rejissyor ham bu ijodiy ishda qatnasha olmaydigan bo’lib qoldi va butun boshli jarayonga o’zim kirishishimga to’g’ri keldi. Sababi homiylardan pul olib qo’yilgan, tashkiliy ishlar hal qilingan. Faqat oldinga yurishga yo’l bor edi. Nima bo’lsa bo’lar, deb ishga kirishdim. Barchasi o’zimga og’irlik qilishini bilganimdan so’ng, faqat ijodiy ishlarni o’z zimmamga olib, moddiy ya’ni homiydan olingan pullarni to’g’ri taqsimlash vazifasini boshqa odamga topshirdim. Ishonsangiz, filmning 95 foizi suratga olinib bo’linganidan keyin haligi men ishongan odam pulimiz tugadi, desa bo’ladimi? Qanday qilib tugaydi, axir olingan pul, filmni nafaqat suratga olish, balki reklama va boshqa harajatlariga ham yetishi kerak, edi-ku, desam menga barcha hisob-kitoblar aniq yozilgan daftarchani tutqazdi. Shunda bildimki, o’z ishining mohir ustasiga chuv tushgandim. Hech qanaqa vaj-karson ko’rsata olmasdan, u bilan aloqani uzdim. Hayotimda yana muvaffaqiyatsiz davr boshlandi. Xullas, ming azob bilan pullarni homiyga qaytarib berdim. Afsuski, bu holat birinchisi emas edi. Bundan oldin ham bir inson meni 15 millionga chuv tushirib ketgan.

+

— Yaqin bir yildan buyon o’zim bilan o’zim hisoblasha boshladim. Ko’p yomon holatlarga duch kelaverganimdan keyin ilk mashhurlik onlari bilan bugungacha bo’lgan hayotimni sarhisob qilib chiqdim. Bu esa mening qaerda xato qilganimni yaqqol namoyon etdi. Ilk qo’shiqlarimni yozgan paytimda hamma yoqqa o’zim yugurardim. Birorta joyga bormasdan qolmasdim. Keyin esa bu ishlarni boshqalarga ishondim. U odamlar esa meni anchagina noqulay vaziyatlarga duchor etishdi. Bundan shunday xulosa chiqardimki, oxirigacha o’zim kurashishim kerak ekan! Shu-shu qo’l telefonimga har kunlik kun tartibimni yozib, harakat qiladigan bo’ldim. Rejali bo’lishni birinchi o’ringa qo’ydim. Mana yarim yil ichida besh-olti yildan buyon bajara olmay yurgan ishlarimni o’z o’rniga qo’yib oldim.

— Samandar pulsiz to’ylarga bormaydi. Tekin joylardan iloji boricha qochadi. Nega?

— Buni ikki tomonlama o’ylab ko’rish kerak. Agarda bir muxlis qo’ng’iroq qilsa va do’stim, sizga havas qilib o’g’limizning ismini Samandar deb qo’ygandik. Alloh nasib etdi, sunnat to’yini qilyapmiz. Sizni niyat qilganmiz, kelib ketsangiz judayam xursand bo’lardik, desa, borishim mumkin.

— Deylik, mana shunday taklif Surxondaryoning olis bir qishlog’idan tushdi. Borasizmi?

— Agarda olis joylardan bo’lsa, yo’l xarajatlari va ma’lum bir miqdorda pulimizni berishsa boramiz. Negaki, men biznesmen emasman va boshqa daromad manbaim ham yo’q. Otam san’atning ortidan pul topib onamga yedirgan, biz onamizning qornida o’sha ozuqadan bahramand bo’lganmiz. Shuning uchun hozirgacha men ham faqat va faqat san’atning ortidan oilamni boqib kelaman. Buni to’g’ri tushunish kerak.

+

— Vaqti kelganda uch-to’rt to’ylarimizning puli bittagina klipimiz uchun sarflanadi. Lekin shuni deb biz ham butun boshli ijodiy jarayonimizning pulini bir odamga yuklab qo’yishga haqqimiz yo’q. Kelishuv asosida narxlar belgilanadi. Tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi. Hisobli do’st ayrilmas, deyishadi. Men uchun eng muhimi, insonning ko’nglini ranjitmaslik. Boshqalarni xursand qila olsak, Alloh bizga boshqa tomonlardan beraveradi. Qolaversa, men o’zimni juda yaxshi ko’raman va hurmat qilaman. Ko’nglim bo’shligi tufayli qancha azob chekdim. Hurmat va izzatni to’g’ri qilmagan odam bilan salom-alikdan nariga o’tmayman. Ba’zida bir og’iz aytsak kelib ketadi, deb ortimdan pul ishlaganlar ham bo’lgan.

— Samandarni biz Samandar qildik, agarki biz bo’lmaganimizda Samandar Samandar bo’lolmasdi, deganlarga nima deysiz?

— Samandarning Samandar bo’lishiga sabab Samandarning harakati. Dadam rahmatli olamdan o’tib ketganida uchta bola onamning qo’llarida qolib, rosa qiynalgan paytlarimda kechirasizu amakilarim va tog’alarimdan ham yordam bo’lmagan. Birortasi bitta non ko’tarib kelmagan, akamdan qolgan uchta bolaning taqdiri nima bo’ldi, deb. Begonani qo’yavering. Hammasiga 1996 yilda onamdan 2,5 ming so’m pul olib Namangandan Toshkentga kelganim sabab. Bu onamdan olgan oxirgi pulim edi. O’tgan kunlardagi qiyinchiliklarni birovga aytmaganman ham. Misol uchun talabalik chog’larimda oyog’imda kovush, egnim yupun holda diydirab, besh-oltita xo’rozqand sotganim haligacha esimdan chiqmaydi. Bunaqa azoblar son mingta edi, ko’zlarim shishib ketgan, kuchli shamollashdan o’zimni yo’qotgan paytlarim-chi?... Biz talabalar stipendiyamizga yog’, balkonni to’ldirib piyoz olardik. To’rt-besh yil davomida piyoz qovurib, buxanka non bilan qo’shib yeb kunimizni o’tkazganmiz.

+

— O’tgan yillarda omad Samandarni bir muddat tark etdi. Ya’ni ijodida sokinlik yuzaga keldi. Xitlar ham yaratilmadi.

— Yo’q, bu fikr xato. Men endi pul topa boshlagan paytimda birinchi bo’lib akamga uy olib berib, uni uylantirishga bor kuchimni sarfladim. Negaki, oilada birinchi aka uylanishi kerak edi. Keyin singlimni uzatdik. So’ng o’zimga uy olib, o’zim uylandim. Bu jarayonning ham shunchaki bo’lmasligini yaxshi bilasiz. Agarda barchasini o’zimga sarflaganimda eh-hee qancha narsam bo’lardi. Maqtanmayman, ammo siz meni qaysidir ijodkorlar bilan solishtiradigan bo’lsangiz, ular o’n yilda erishadigan yutuqlariga men bir yilda erishishim mumkin. Bu borada o’zimga ishonaman.

— Kech uylanganingiz sababi o’laroq shunaqa gap-so’zlar "bolalagandi.”.. Samandarni avval sevgan qizlari o’qitib tashlashibdi, baxt yo’li berkilib qolgan ekan va hokazo...

— Bu to’g’ri gap. Xalqimizning irimga ishonma, irimsiz yurma, degan gaplarini mana shunda tushunib yetdim. O’sha paytlarda ko’p qizlarga ishonib qo’yganman, qaysidir qizlar menga ham ishonishgan va hokazo. Baxtini boylab qo’yishgan ekan degan gaplarga e’tiborsizligim menga pand berdi. Deyarli besh yil o’zimni o’nglolmadim. Kechqurun uxlaganimda ham bezovta bo’lardim, ishimda ham halovat yo’q... Keyin o’z-o’zidan ishlarim orqaga ketib, salbiy bosim ta’sir qila boshladi. Ko’pchilik insonlar "ko’rinishing bejo, o’zingni o’qitib yurgin” deb gapiraverishganidan so’ng, shunga qaror qildim. Borib dam soldirishga tushdim, o’zimni o’qitdim va bildimki, bu narsa bor ekan. Tan olib aytaman haqiqatdan ham yo’llarimni bog’lab tashlashgan ekan. Bu ham men uchun bir dars bo’ldi. Negaki, paytida o’sha vaqtichog’likka, ko’ngilxushlikka berilmaganimda hayotimda juda ko’proq yutuqlarga erishgan bo’larmidim...

+

— Samandarni Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan solishtirganda. Undan qay darajada ustunsiz?

—  Shohrux Xondan ko’ra tabiiyroq o’ynayman rollarni. Men aktyorman va u aktyorlik jihatdan qanaqa o’ynay olayotganini yaxshi tahlil qila olaman. Shoxrux Xon obrazlarini texnik yo’l bilan professional darajada ijro etadi. Ya’ni hamma obrazlarida qaltirab, yig’laydi. Kechinma hammasida bir xil. Unaqa bo’lishi mumkin emas! Masalan sevgani boshqa bilan yurib ketsa, unda holat boshqacha bo’lishi, uyiga o’t ketsa yana boshqacha holatda, onasi olamdan o’tsa butunlay boshqacha holatlar yuzaga keladi. Unda esa bir xil o’tiladi. Shu jihatlarini olib qaraganda u Shoxrux Xonku men oddiy Samandarman deya olmayman. Odam qilgan ishni odam qiladi. Agarda, menda o’shanaqa darajada imkoniyat bo’lganida, aminmanki, Shohruh Xondan zo’r o’ynayman, rollarimni. Bu borada nafaqat hind yulduzlarini balki Gollivud yulduzlarini ham ortda qoldirishim mumkin. Menga Jonni Dep, Brit Pitt kabi aktyorlar yoqadi. Rollarini ishonarli o’ynashadi.


Eng esda qolarli so’zlari...

— 1996 yilda Rahimboy Jumaniyozovning "Sirli sandiq” teleo’yini qatnashib birinchi o’rinni egallaganman.

— Keyin Tvda "Omad yulduzi” nomli ko’rsatuvni menga berishdi.

— Ilk qadamlarim "Asr” guruhi bilan ishlashdan boshlangan. Keyinchalik ma’lum bir bahs-munozara orqali "hali o’zimni isbotlayman”, deb o’sha guruhdan chiqib ketganman.

— 1999 yilda "Chayongul” filmida suratga tushdim.

— 2000 yilda "Samar bo’lg’ay” deb nomlangan qo’shig’imni yozdim.

— 2002 yilda "Sevgi fazosi” qo’shig’im xit bo’ldi va yulduzlik davrim boshlandi.

— O’sha paytlarda Beshyog’ochdagi ko’prikning ustiga chiqib o’tirishni yoqtirardim. Yuragim keng odam bo’lganligim uchun kenglikni yoqtiraman. Hozir ham ofisimda Nyu-Yorkdagi bulutlar bilan tutashib ketgan ulkan ko’prigining surati osilgan. Unga qarab maza qilaman.

— Ijodimdagi qo’shiqlarni eshitib ko’rib yomonlik bilan tugaydiganlari bo’lsa o’chirib tashlayman. Filmlarda ham ssenariyni o’qib, oxiri o’lim bilan tugaydigan bo’lsa qaytarib beraman.

— Bir inson menga yomonlik qilgan bo’lsa-da, o’shanga Alloh yomonliklarini jazosini bersa, bundan xursand bo’lmayman. Birovning baxtsizligi men uchun hech qachon quvonch olib kelmaydi.

— Tashqi ko’rinishim uchun alohida e’tibor qarataman. Suzish, tosh ko’tarish va hokazo. Yaxshi kiyinishga harakat qilaman. Negaki, meni ekrandan yoki sahnadan tashqari hayotda ko’rganlar ham ijobiy bahoda bo’lishlarini ta’minlashim zarur.



mashhur.uz


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 1013 | Добавил: BEKO | Теги: Samandar, -Ilk, hujum | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz