Rashid uning savol bilan boqqan nigohlariga dosh bera olmadi..Uning ko’zlarida allanechuk noma’lumlik va hayrat mujassam edi-ki,huddi yosh bir qizaloq savol nazari bilan "Men nima qildim?”degandek ma’sum boqar edi.. -Uzr..lekin men sizga ko’nglikhushlik taklif etganim yo’q..!Soniya hijolatomuz yerga qaradi.. Rashid ortiq gapira olmadi.. -Kechiring meni,bu yerda tunab qola olmayman..Odill chiqsa mening ishim chiqib qolganini aytib qo’ying..Xayrli tun..! Rashid boshqa so’z aytmadi..Indamasdan eshikni yopib chiqib ketdi.. Tashqari anchagina sovuq edi..Katta ko’chagacha bo’lgan masofani amallab bosib o’tdi.. Taksi to’xtatdi..Taksi belgilangan manzilga yetib keldi.. Sovuq havodan ko’ksini to’ldirib nafas oldida,bitta bitta qadam bosib uy tomonga yurib ketdi.. Uy yaqinida 2 kishi bir biriga suyangancha Rashid tomonga kela boshladi.. -Bratishka,chekishdan bormi?dedi haligilardan bittasi.. -Yo’q..Uzr men chekmayman..javob berdi Rashidjon.. -Vay u,manubuni qara,chekmas ekan..!xiringlab kulgancha,Rashidjonni masxara qila boshladi.. Rashidjon agar biror bir so’z aytsa,janajl chiqishini va bu begona yerlarda militsyaga ishi tushsa holiga maymunlar yig’lashini sezib qadamini tezlatishga tayyorlandi.. -Iya,to’xta..!Qayoqqa shoshayapsan..Biz hali gapimizni tugatganimiz yo’q-ku!? -Yana nima gap..!?Rashidning avzoyi buzila boshladi..Tanasiga singiy boshlagan alokogolning ta’siri kuchayayotgan vaqtda bu janjal ortiqcha edi.. -Qara bunga,,Yana gap qaytarayapdi.. Ulardan biri Rashidning yoqasidan ola boshladi.. Rashidning sabr kosasi to’ldi..Haligilardan birining yuziga yahshilab musht tushirdi.. Shunda ikkinchisi tomonidan berilgan tasodifiy zarbadan,ko’zidan o’t chiqib ketdi.. Rashidning ko’z oldi hiralashdi..Ko’zidan o’t chaqnab ketdi.. Bor kuchi bilan tusmollab haligilardan birining jag’iga tushirdi..Lekin mast holatda haligi ikkisiga bas kela olmasdi..Ikkalasi birgalashib Rashidjonni rosa tepkilashdi.. Rashid hushini yo’qotdi.. Ikkalasi uning cho’ntaklarini titkilab,arzimagan pulni topishgach..So’kinib bir ikki marta tepkilashgach ko’zdan yo’qolishdi.. Rashid chamasi oradan bir yarim soatlar o’tib o’ziga keldi..Hira nigohida atrof yorisha boshlagach,zo’rg’a hotirladi..So’ng o’rnidan arang turib yotoq tomonga yo’naldi.. Yotoqqa zo’rg’a yetib keldi..Ko’ngli ko’tarilib kafeda yegan ichganini qayt qilib tashladi.. So’ng kravotga cho’zilib,uyquga ketdi.. Ertalab o’rnidan zo’rg’a turdi.. Ko’zini arang ochdi..Ko’zi shunday zirillab og’riq berar edi-ki..Og’riqdan ingrab yubordi.. Kechagi bo’lgan voqelarni eslab so’kingancha,nonushtaga ham hafsalasi kelmasdan ishga chiqib ketdi.. Kuni bo’yi azoi badani qaqshab og’riq berganidan,zo’rg’a ishladi..Butun tanasini istima o’z otashida yondirar edi.. Arang ishni tugatib uyga yetib keldi..Ichkariga kirganda honada uni Odil kutib turar edi.. -Iya,men seni haqiqiy jo’ram desam kecha meni bir o’zimni uyalmasdan tashlab ketding-a?Senda umuman oqibat degan narsa yo’q ekan.. -Tinchlikmi?Namuncha gina qilasan.?Rashid suhbat unga yoqmasa ham javob berdi.. -Bu nimasi..?Lekin kecha ketib qolganing chakki ish bo’ldi-da,o’zi umuman men senga qoil qolmadim..Nima endi xotini o’lgan kishiga o’hshab aza tutib yuraverasanmi?Mundoq odamga o’hshab hayotdan lazzatlanishni qachon o’rganasan-a?Men senga ichim achigandan gapirayapman..Shuncha pul jo’natganing bilan ertaga sog’ligingni yo’qotsang,hatto o’sha uyingdagi hotining ham joningga oro kirmaydi..Bilding! Rashidning ortiq uning so’zlarini eshitishga sabri chidamadi.. -Menga qara oshna..!Sen meni oilamga til tekkazma..Men senga oldin ham aytganman hozir ham aytaman..Men o’shalar,ya’ni onam va hotinim uchun bu yerlarda zahmat chekib ishlayapman..Bitta o’zim bo’lganimda maishat qilishni sendan zo’r eplardim.Lekin men unaqa oilasini arzimagan jononlar quchog’iga alishadigan nomard emasman..!Shu mavzuga nuqta qo’ymasang kelisha olmaymiz..! Odil unga gapirish befoyda ekanligini sezib hafsalasizlik bilan "Bilaganingni qil”degandek qo’l siltadi.. Shu vaqt Odilning qo’l telefoni jirnglay boshladi..Odil hursand bo’lib telini qo’liga oldi-da,Rashidga qarab -Qara…qara jo’ra..!Haligi Jononlar tel qilishayapdi..Meni Nastenkam..!Ayalanay … Rashidning ensasi qotib joyiga yotdi-da,boshini ko’rpaga orab oldi… Shu vaqt Odil telni ko’tardi-da,javob berdi.. -Privetik..!Qalesan Odilchik..!Tinchmi..?go’shakdan Nastyaning yoqimli ovozi eshitildi.. Ular ikkisi ishqiy salomlashib bo’lshganidan so’ng Nastsa aytib qoldi.. -Odilchik,,Haligi o’rtog’ing bor edi-ku!Biznikiga mehmonga kelgan..O’sha o’rtog’ing nima qilayapdi..? -Tinchlik so’rab qo’libsan..Har doimgidek yakka moxov bo’lib,yotib olgan..!O’sha kungi ahvol-da! -Yo’q..Bilasanmi uni Soniya so’rayotgan edi..Shunga agar mumkun bo’lsa trubkani bervorasanmi? -Bajonidil..! Odil Rashidni turtdi-da qulog’iga shivirladi..”O”sha kungi Soniya bor-ku,o’sha jonon seni chaqirayapdi..Javob ber..Bu safar odamni "parod”qilmaysan degan umiddaman.. Rashid istamay turubkaga javob berdi.. -Salom..! Go’shakdan o’sha Soniyaning jarangdor ovozi eshitildi.. -Salom..Rashid..ahvollar yahshimi?Nimagadir o’sha chiqib ketganingizdan keyin havotir olgan edim..Shunga tel qilib ahvolingizni bilgim keldi..! -Hechqisi yo’q..O’sha kungi qo’polligim uchun uzr so’rayman..Men ham hijolatdaman..! Dedi Rashid .. -Hijolat bo’lmang..Men shunchaki sizni harakteringizni hurmat qildim..Siz ajoyibsiz?Sizdan yahshi do’st chiqadi deb o’ylab qoldim..Shunga…Soniya tutildi.. -Mayli…agar do’slik samimiy bo’lsagina qabul qilishim mumkun..Faqat do’stlikni shuni unutmasangiz bizdan yahshigina do’st chiqadi..dedi Rashid qizni ko’nglini og’ritgisi kelmay.. Soniya hayrni manzurni qisqa qildi..Chunki Rashidning ovozi nimagadir dardchil kelyotgan va bundan uning tobi yo’qligini bilish qiyin emas edi.. Odil esa Rashidning qo’lidagi telni yulqib oldi-da,Nastya bilan ishqiy suhbatni boshini ko’rpaga burkab olgancha davom ettirdi.. Yarim tunda Rashid alahsib uyg’onib ketdi..Soatiga qaradi tungi 2:35 ni ko’rsatayotgan edi..Uyqusi o’chib sigaretani tutatgancha deraza yoniga keldi.. ‘Buncha katta shahar..Tunda go’zal bo’lib ketar ekan-a,qaniydi bunday joylarga olib kelib aylantirib ketsam onamni..Sho’rlik onam shaharchadan tashqariga chiqishni orzu ham qilmagan bo’lsalar kerak..Ayni paytda nima qilayotgan ekanlar-a!Meni tashvishimni chekayotgan bo’lsalar kerak..Moxira nima qilayotgan ekan..?!Meni o’ylayotganmikan?Onamga qanday qarayotgan ekan-a?!”O’ylarini ortiq davom ettira olmadi.. Chunki davom etadigan bo’lsa ko’ngliga shubha gumonlar oralashini va bundan o’zi bezovta bo’layotgan ko’ngli yanada zulmatga to’lishini yahshi anglab turar edi..O’zining masofalar oldida naqadar ojiz ekanligini,tushunib qo’lidagi sigaretani uloqtirib yubordi..Og’ir ho’rsinib karavotga cho’zilar ekan..Hayollari qop qorong’ilikdan iborat edi…
Davomi bor.. Muallif :EL_SHaFeY(Erkinbek Samandarov)
Hammaga salom, shu hikoyani yozayotganda birdan ko'proq qilib yoziylar, o'qiganga yarasha bir maza qilib o'qiylik, 2-3 ta qismdi birdan yoziylar iloji bo'lsa oldindan raxmat.