Qora atirgul sabab nomussiz qizga uylanmagan yigit
O'zing bahtli bo'lolmasang ham kimnidir bahtini topishiga sabab bo'lishing mumkunku....
Notanish yigitning maktubi…
Velekiy neznokomes men sizga ''Qoraatirgul'' sabab bu xatni yozyapman. Men yaqinda Rossiyadan O’zbekistonga qaytdim. U yerda ishlab o’tgan yillar mobaynida yashayotgan uyimizni qaytadan qurish oilaviy biznesni yo’lga qo’yish uchun pul yeg’dim va uyga jo’natdim. Uyga qaytgach esa qilgan mehnatlarim samarasini ko’rdim. Uyimizni hashamati va oilamizga qarashli savdo do’konlarni ko’rib quvondim. Onam meni uylamoqchi ekanliklarini va menga mos qiz topib qo’yganliklarini eshitib to’yga rozi bo’ldim. Uchrashuvga chiqdim. Qiz menga maqul bo’ldi. Biroq… Ertasiga ro’y bergan voqea mani katta bahtsizlikdan saqlab qoldi... Avtomoykada mashinamni yuvdirayotgan edim. Avtomoykada ishlaydigan bola kelib qo’limga kanvert berdi. Menga qandaydir bir yigit berib ketganini aytdi. Hayron bo’lib kim ekanini so’rasam, birinchi marta ko’rganini uni tanimasligini aytdi. Konvertni ochsam ichida xat va rasmlar bor edi. Rasmlarda men uylanmoqchi bo’lgan qizni begona erkak bilan quchoqlashib turgani muhrlangan edi. Xatda esa uni aslida qiz bola emasligi, genekolik qatnayotgani, suratdagi erkak esa uni hushtori ekankigi va genekolikka katta pul evaziga to’ygacha "Qizligini” tiklashga homiylik qilayotgani haqida yozilgan edi. Avval ishonmadim. Keyin yaxshilab o’ylab, xatda yozilgan ularni uchashadigan joyiga bordim. Qo'limdagi rasmdagi holatdan ham ortig'iga guvoh bo'ldim. Shu joyni o'zida hammasini hal qilishga qaror qildim. To'g'ri ularni ustiga bostirib bordim. ''It tekkan osh'' menga kerakmasligini aytib, rasmlarni ikkalasini yuzlariga otib yubordim. Ikkalasi ham nima qilishini bilmay qotib qolishdi. -Bizni munosabatlarni qayerdan bildingiz uka - deb savol bergan akaga ''Qoraatirgul''dan deb javob berdimda uyga qaytdim. Haqiqat yuzaga chiqdi. Men to’yni qaytardim sir sirlicha qoldi. Xatni so’ngida shu jumlalar bor … "Men sizni bir bahtsizlikka saqlashlashga harakat qildim. Meni to’g’ri tushuning. Bularni men qanday bilganimga qiziqsangiz Odnoklassniki.ru saytida "Великий незнакомец'' nomli profil egasiga bu voqea haqida maktub qoldirganman. Shu orqali bilib olishingiz mumkin…
Sizga cheksiz baht tilab "QORAATIRGUL” – deb yozilgan edi.
"QORAATIRGUL” maktubi…
Bundan bir necha oy oldin men avtohalokatga uchradim. Aytarli qattiq jaroxatlanmadim biroq qo'rqanim sabab hushimni yoqotgandim. Hushimga kela boshlaganimda men mashinanimg orqa o'rindig'ida edim qulog'imga esa shu so'zlar eshitala boshladi: - Siqilaverma endi Nigora. Hammasi yaxshi bo'ladi... - Nimasi yaxshi bo'ladi? Chimildiqqa kirganimda hammasi ma'lum bo'ladiku... - Hech kim hech nima bilmaydi. Bilasanmi nega chunki hozir biz ketayotgan shifoxonada tanish genekolog bor u hammasini ''OK'' qiladiki o'sha Rossiyadan kelgan kuyov tugul anavi ''Chimildiq poyloqchilari'' ham sezishmaydi. - Mayli siz nima desangiz shu. Suhbat shu yerga yetganda shifoxonaga yetib keldik. Ular meni o'zimga kelganimdan bexabar edilar. Men ham ko'zimni ochmasdan yotaverdim. Shifoxonada meni yengil tan jarohat olganim ma'lum bo'lgach shafyor aka (keyin bilishimcha juda badavlat ekan, lekin nima ish qilishini bilolmadim) juda xursand bo'ldi. Yopig'liq qozon yopiqligicha qoldi. Faqat akamiz azgina ''Harakat'' qildilar halos. O'sha kundan boshlab qizni kuzata boshladim. Chunki u turmushga chiqayot yigit bir umr bahtsiz bo'lishi aniq edi. Sirni esa to'rt kishi biladi. Ularni uchtasi hech kim hech narsa aytmaydi. Birgina men bo'lajak kuyovni xabardor qilishim mumkin edi. Uni ishontirish uchun fotosuratlar kerak edi. Nihoyat ular har doim uchrashadigan joyida rasmga ham tushurdim ikkalasi birga, ammo rosa qiynaldim. Oradan bir hafta o'tgach Nigorani bir yigit bilan xiyobonda birga ko'rib qoldim. Bu yigit bo'lajak kuyov ekanini uni kuzatgach bildim. Ortidan uyigacha bordim. Mahallasidagilardan uni yaqinda Rossiyadan qaytganiyu to'yiga taraddud ko'rayotganini bilib oldim. Eng qiyin ish qolgan edi. Xaqiqatni aytish. Qayday yo'l tutsam ekan deb o'ylandim, oxiri qisqa va lo'nda qilib xaqiqatni xatga tushirdimda rasmlar bilan birga konvertga soldim. O'sha yigit mashinasini yuvdirayotganda mashina yuvayotgan boladan konvertni berib yubordim... Imzo o'rniga "Qoraatirgul" deb yozdim. ( Bu taxallus sizniki ekanini bilaman. Bir paytlar ''Odno''da shu nomdagi guruhingiz bor edi. O'sha guruh azolaridran biri ''Qoraatirgul''ni manosini so'raganda bergan javobingiz menga yoqqan edi. Shu sabab men ham o'zimga bu nomni tanladim.)
Nigorani kuzatganimda uni Odnoklassniki.ru da ham profili borligini ko'rgandim. Uni to'yi qaytganini eshitgach Odnoklassnikidagi profilim nikini "Qoraatirgul'' deb o'zgartirdim. Saytdagi qidiruv tizimi orqali Nigorani qidirib topdim. Unga Toxir Malikni shu Uchligini Soopsheniya qilib yubordim. ''Vijdonsiz yurakni yulib olginda, Rentgen nurlariha sol va ajablanma Iblis ko'zlarini ko'rganingda sen''