Sizni uchratdim-u, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his qildim. Hayolimda jismi-joningizni qalamsiz chizganimcha, Sog’inchdan vujudim otash bo’lib yonmoqda: yonimda siz yo’qsiz… Sizni zolim deb atagan bo’lardim, ahir, mening murg’ak qalbimni yaraladingiz. Yuragim notinch daryo to’lqinlaridek bezovta. Mayli, har qanday sinov va sitamlar boshimga yog’ilsa ham, sizning yuragingizdan o’zga yigitni muhabbati joy olgan bo’lsa ham, hafa emasman. Men uchun muhimi – sevib qolganim. Sevgimni topib, bahtimni topolmaganimdan hafa emasman. Siz bir umrga mening qalbimdagi yashirin muhabbat bo’lib qolasiz.
ushbu sher sen uchun.......
Vaslingga umidvor bo’lgandim ammo Sen meni zor etib ketding "Sevgilim" Sen uchun jonimni etsamda fido O’zgani yor etib ketding "Sevgilim"
Sening ishqing menga bebaho edi Tilimda yangragan sho’x navo edi Sen ila quvonchim bir dunyo edi G’amga duchor etib ketding "Sevgilim"
Men orzu qilgandim sendek qizni Sen esa tanlading o’zga insonni Hajring ila ushbu yorug’ jahonni Ko’zimga tor etib ketding "Sevgilim"