Mashxur bir doktor
kasalxonada öz xonasida
ötirardi. Bir kishi uning
qabuliga kirdi. Xotini jiddiy
kasalligini, zudlik b-n
operatsiya qilish lozimligini,
buni faqat shu yerda qilish
mumkinligini aytdi. Doktor
uni xafsalasizlik b-n tinglab,
darhol maqsadga köchib
qöyaqoldi: "Shuncha olib
kelasiz, kelishdikmi?" Haligi
odam xafa holda chiqib
ketgach boshqa bir paket
qöltiqlagan kishi kirib keldi.
Doktor unga qarab söradi:
"Kelishganimizdekmi?" "Ha,
hammasi" Deyarli 20 yillik
faoliyati shunday ötdi uning.
Goho yumaloq xatlar tufayli
ishi "yuqori"ga köchish xavfi
tug'ilsa yana darhol
tadbirkorlik qilardi. Tanishlar
bor. Ularga oddiygina qilib
shunday derdi:
"Kelishamizmi?" Vaqt-soati
yetib doktor olamdan ötdi.
Tangrining qudrati b-n
uning ruhi öz janozasini
kuzata boshladi. Deyarli
hech kim xafa emasdi. U
odamlarning özi haqida
öylayotganlarini eshita
olardi: -Rahmatlini ortidan
yomonlash gunohkuya, lekin
juda badnafs odam edi,-
öylardi biri. -Shayton yöldan
urgandi bechorani,- öylardi
biri. -Mana endi bosh
shifokorlik bizga
qoldi,- sevindi yordamchisi.
- Qabrda yomon azoblansa
kerak,-öylardi boshqasi. U
qörqa boshladi. Shuncha
gunoh qilibdi. Hammasi köz
öngidan öta boshladi... Uni
qabrga olib ketishardi. U
qop-qora, sovuq qabrga
qarab qoldi. Qabrga bir
siqim tuproq tashlangach u
g'oyib böldi. Bir zumdan
söng özini jasad ichida
kördi. Tepada ovozlar
tingach qabr azoblari haqida
öylay boshladi: "Söroqqa
keladigan farishtalarning
qiyofasi qanaqa bölarkan,
juda qörqinchli bölsa kerak"
Nihoyat u kutgan fursat
keldi. Bir zumda tor joy
kengayib qanaqadir
temirlarning taqir-tuquriga
öxshash ovozlar eshitila
boshladi. U hayron edi.
Qarshisida oq xalat va oq
niqobda bir sharpa turardi.
"Söroq qiluvchi shunaqa
böladimi",- öylardi u. Sharpa
jasad tepasiga kelib niqobini
yechdi. U sharpaning yuziga
qaradi. Bu aynan özining
qiyofasi edi. Sharpa qölida
xuddi doktor operatsiyada
ishlatadigan ötkir tig'ni
baland kötardi va unga
qarab sovuq jilmaydi:
-Kelishamizmi
shifokor agar qo'lidan kesa shifokor bulsan wuncha gipokrat qasamini ichib, keliwamizmi desa bunaqa busa biznesmen busin nima qiladi oq xalat kiyib. Insof bersin!