Man bir yigit bilan salkam 6 yildan beri gaplashaman u mani qattiq sevadi lekin man unga shunchalik befarq bo'lib qolganmanki hatto ovoziniyam eshitgim kelmidi. Bunga sabab o'zi mani qattiq haqorat qilgan o'shandan beri undan ko'nglim qolgan.
U mani shunaqangi sevadiki o'zim ham hayronman u bilan aloqani uzish uchun qancha harakat qilmay foydasi yo'q hamma ayblarimni kechiradi nima disam ham ko'taradi unga aytmagan gapim qilmagan ishim qolmadi. Balki ko'pchilik aytishi mumkin bunday sevgi senga xayf dib. Nima qilishga hayronman axir unga nisbatan qalbimda hech narsa qolmagan uni endi sevolmayman unga shu gaplarni ochiqchasiga ko'zlariga qarab aytdim seni sevmayman sevmayman didim u esa unday dima man sansiz yashay olmayman agar hozir yana shunaqa disang o'zimni biror nima qib qo'yaman dib aytdi undan qo'rqib qoldim. Iltimos maslahat beringlar nima qilishim kerak undan qattiq ko'nglim qolgan qiz bolani yigit kishidan bir marta ko'ngli sovisa qayta isimas ekan yigitim juda kelishgan yoqimtoy bola universitetda o'qidi dunyo qarashi keng hamma gapga tushunadigan. Ammo mani gaplarimni nazariga ham ilmidi sovuq gaplashaman yana o'ziga ko'ramiz majburlab o'zizda qachongacha tutib qolarkansiz didim u esa kulib umrimni oxirigacha didi bu gapni eshitib qo'rqib ketdim hali sevmagan odamim bilan gaplashish man uchun bir azob birga yashasam tirik murdadan farqim qolmasa kerak U esa qayta qayta aytadi mani yana sevib qolasan dib man aniq ayta olamanki endi uni seva olmayman umuman lekin uni tashlab ketsam bir yigitni sevgisini uvoliga qolaman uni muhabbati haqiqiy buni bilaman o'shanda haqorat qilgani uchun haligacha har kun kechirim so'raydi Ammo na qilay uni sevolmasam.....