Chiroyini ko'rib oy ham uyalar, Nigohidan ko'ngilga may quyilar, Yerga boqsa aqllidek tuyilar, Zamonamning zamonaviy kelinlari. Unga boqqan gulning o'zi so'lib qolar, Qaynonasin gapda tili kuyib qolar, Ajalidan besh kun oldin o'lib qolar, Zamonamning zamonaviy kelinlari. Choyin ichib tugatadi choyxonani, Jang maydonga aylantirar gul xonani, Xizmatchidek ishlatadi qaynonani, Zamonamning zamonaviy kelinlari. Vafo qilmay biror va'dayu ahtiga, Erlari ham qo'ydek yuvoshdir baxtiga, Kelin bo'lib o'tirar shoxning taxtiga, Zamonamning zamonaviy kelinlari. Gapirsa ham gapirganda to'yib olar, Ko'ksingizga issiq kapkir qo'yib olar, Nari borsa ko'zingizni o'yib olar, Zamonamning zamonaviy kelinlari.
|