Yoshi ulug', ammo hanuz chiroyini yo'qotmagan ayoldan bunday natijaga erishishda qanday vositalardan foydalanishini so'rashibdi. Ayol shunday javob beribdi; Lablar jilosi uchun HAQIQAT; Ko'zlar chiroyi uchun HAYO, MARHAMAT; Ovoz mayinligi uchun DUO; Qo'llar go'zalligi uchun SAXOVAT; Vujud bardamligi uchun HALOLLIK; Qalb nurafshonligi uchun MUHABBAT va SHAFQATdan foydalanaman. Boshqa vositalardan farqli tomoni ularni pulga sotib olishga ehtiyoj yo'q. Bu pardoz vositalari bilan natijaga erishish uchun, har qo'llaganda miqdori oshirib borilsa, kifoya!