Qadim zamonlarda yashagan qirollardan biri o‘z yurtini odillik bilan boshqarar edi. Kunlardan bir kuni qirol yurtining uzoq yerdagi joylariga sayohatga chiqibdi. U juda uzoq sayohat qilibdi. Bu sayohat sababli oyog‘ida yoriqlar paydo bo‘libdi. Chunki yo‘llarda tosh juda ko‘p edi. Bundan achchiqlangan qirol o‘lkaning barcha yerlariga teri qoplashni buyuribdi. Albatta, bu ish juda ko‘p hayvonlarning o‘limiga sabab bo‘lar va davlat xazinasiga ham juda katta zarar keltirar edi.
Shunda uning dono vazirlaridan biri ohistalik bilan qirolga yaqinlashib shivirladi: "Olampanohim, nega shuncha pulni bekorga isrof qilish kerak. Undan ko’ra, shu terining bir bo‘lagini kesib olib o‘z oyog‘ingizni o‘rab olsangiz ham bo‘ladi-ku”.
Bu taklif qirolga g‘alati eshitilgan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘ziga "oyoq kiyim” yasab olishga qaror qildi.
Bu hikoyada juda muhim falsafa bor: bu dunyoni go‘zal maskan qilish uchun odam o‘zini o‘zgartirishi kerak, dunyoni emas.