Sovuq kezar,atrofda g’iz g’iz,
Urinadi nochor bo’lsada,
O”z ortidan qoldirmoqqa iz..
Uni kimsa,tanimas alhol,
Butun tani,titrar entikib.
Suyanadi daraxtga behol,
Olislarga nigohin tikib..
Ko’z o’ngida,aylanar sahna,
Bir haftalik ojiza o’tmish..
Huddi bo’lgan soniya oldin,
U sevgani,yengiltak emish..
Ishonmasdi,avvallar bunga,
Ora sira gaplar uchquni..
Majbur etdi,nogahon shunda,
Xiyonatlar o’tkir tutuni..
Ko’rdi aniq,sodir hiyonat,
Ko’z o’ngida chirpirak dunyo.
Topolmasdan bunga matonat,
Bahtin asir,etgandi ro’yo..!
Titrab labi,so’zlar uchmadi,
Boshin egib,chiqib ketdi jim..
Xiyonatkor yorla kezinib,
Oniy bahtni topa olgan kim..!?
O’sha o’sha notanish kimsa,
Kezib yurar ko’chada bedor..
Unga la’nat toshin otishdi,
U ediku,haqiqiy nochor..!
Manfur xotin,tilga berib erk,
Xaloyiqqa g’iybatlar tashir..
Bu kimsa-chun barcha eshik berk,
Ko’chalarda kezmoqda gir gir..!
Ayni shahar qor quchog’ida,
Ketardi och,uysiz va nochor.
Keng shaharning chet o’chog’ida,
Bir eshikka yetdi hokisor..!
Chorlamadi,bir befarosat,
Kampir unga sochgandek qahrin.
Yaqinlashdi qora sukunat:
— Darbadardir, ehtimol, o‘g‘ri...
Ketardi u,g’amgin va mudhish,
Sovuq o’tib borar quchog’I.
Kutib oldi hayotin so’lg’in.
Sovuq boqqan ko’lning qirg’og’i..
Seskandi — yu, bosildi titroq,
Hushdan ketdi tebranib oldga...
Uzildi jon, beso‘z yo‘ldayoq
Olgan kabi o‘limni yodga...
U jon berdi. qorlar kuylaydi,
Boshlanadi shov — shuvlar sayri.
Eh, odamlar, hamon o‘ylaydi:
— Darbadardir, ehtimol, o‘g‘ri...
Muallif:EL_SHaFeY