Mashhur qo‘shiqchi Nik Keyv dumcha (?!.) bilan tug‘ilgan. * Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida. * Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan. * Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o‘ynagan. * Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o‘ldirgan. Shundan so‘ng u jonvorlarni multfilmlarda «tiriltirish»ga kirishgan. * Bir kuni Betxoven «sayoqligi uchun» qamoqqa olingan. * Oyga qadam qo‘ygan astronavtlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — inglizcha Oy ma’nosini beradi. * Eynshteyn jon berayotganida uning so‘nggi so‘zlari ham o‘zi bilan birga ketgan — yonida o‘tirgan ayol nemischaga tushunmagan. * Yuliy Sezar sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan. * Jorj Vashington tomorqasida marixuana yetishtirgan. * Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — ular gung bo‘lishgan. * Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo‘rqish dardiga duchor bo‘lgan. * Yevropaning eng baland nuqtasi Kavkaz tog‘larida (Rossiya) joylashgan — 5642m. Shimoliy Amerikada eng baland joy esa Mak-Kinli (AQSh) tog‘idadir —6199m. Argentinadagi Akonkagua tog‘ining eng yuqori cho‘qqisi yerdan 6959m balandda. Osiyoning eng yuqori nuqtasi esa hammaga ma’lum. Bu —Nepaldagi Jomalungma cho‘qqisidir (Himolay tog‘i) —8848m. Everest deb ham ataladigan bu cho‘qqi butun dunyoda ham eng baland hisoblanadi. Shuningdek, Osiyodagi Jomalxari (eng yuqori cho‘qqisi 7314 m, Butan), Novshak (eng do‘ng joyi 7475m Afg‘oniston), Pomir (eng baland nuqtasi 7498m, Tojikiston) tog‘lari ham dunyo bo‘yicha eng «ulug‘» tog‘lar ekanligi aniqlangan. * Ma’lumki, «Ginnesning rekordlar kitobi»dan eng ajabtovur jahon rekordlari o‘rin oladi. 1955 yildan boshlab har yili chop etiladigan bu kitobning bugungacha 100 millionga yaqin nusxasi sotilgan. Har yili 40 ming kishi «Rekordlar kitobi»ga kirishga harakat qiladi, ammo ulardan 5600 nafarigagina bu nasib etadi. 276 betlik 2006 yilgi nashr 276 betdan iborat bo‘lib, undan mingdan oshiq yangi rekordlar o‘rin olgan. * U asosiy maqsad emas, u yangi kunga tayyorgarlik vositasi bo‘lishi darkor, deya ish tutgan Napoleon va Edison bor-yo‘g‘i 4-5 soatgina uxlashni odat qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘z ishiga katta qiziqish bilan yondashganligi bois, uncha-muncha toliqishni sezmaganlar. Biroq Enshteynda, u fizikani har qancha sevishiga qaramay, mutlaqo buning aksi kuzatilgan. Buyuk olim hamisha 10 soatdan ko‘p uxlagan. Hatto yaqin do‘stlari hazillashib, uni «uyquchi» deb ham atashgan. Vaholanki, Enshteyn davrida 10 soatdan ko‘p uxlashni odat qilgan «uyquchi»lar soni umumiy aholining 4 foizinigina tashkil etgan. * MDU (Rossiya)-dunyodagi eng katta universitet bo`lib 40 000 ta xonadan iborat. Mug`iliston okean va dengiz bilan tutashmagan yagona yirik davlat (2.2 mln km.kv) Bangladesh aholi soni bo`yicha dunyoda 5-o`rinda (110 mln), maydoni jixatdan 87-o`rinda (165 000 km.kv) turadi. * Maykl Blumbergni 2001 yilda Nyu-York meri etib tayinlash uchun 744757 kishi ovoz berdi. Mazkur saylov kampaniyasi 62 million dollarga tushdi. Bu har bir ovoz uchun 92 dollaru 60 tsent sarflandi deganidir. * Jahondagi eng qimmat sigaret esa Treasurer rusumiga tegishlidir. Uning bir pachkasi 24 yevro turadi va maxsus do‘konlarda sotiladi. * Narxi eng osmon mehmonxona Dubaydagi Burj Al Agovdir. Uning oddiy nomerida tunash uchun 770 yevro to‘laysiz. Oliymaqom mehmonlar uchun mo‘ljallangani esa 7700 yevroga tushadi. * Ko‘ylagi haqiqiy brilliantlar bilan bezatilgan Barbi qo‘g‘irchog‘i kimoshdi savdolaridan birida 100 ming yevroga sotilgan. * Amerikalik 50 yoshli Natali Savanarello hamma odamlarga o‘xshab spagettini og‘iz bilan emas, burun bilan yeyishni xush ko‘radi. U bu g‘alati usulni bir qancha yil oldin bolalarga bahs qilib, o‘rganib olgan edi. Endi esa har qanday makaronli taomlarni burni bilan bemalol «eya» oladi. Natalining aytishiga qaraganda, makaron burnini qitiqlab, tomog‘iga o‘tarkan. Xuddi ana shunisi unga zavq bag‘ishlar ekan. Doktorlarning xulosasiga ko‘ra, bunday noyob qobiliyat kamdan-kam kishilarga nasib etarkan. Chunki shu ishni qilmoqchi bo‘lgan boshqa bir odam bo‘g‘ilib nafas ololmay halok bo‘lishi mumkin. * Pokistonlik 33 yoshli Xomisa ham burni orqasidan «kun kechirayapti» desak yanglishmaymiz. U har kuni kelayotgan sayyohlar oldida o‘zining «shoh hunari»ni namoyish qiladi, ya’ni ingichka ilonni burnidan tiqib, og‘zidan chiqarib oladi. Bunga jami bo‘lib 20 lahza vaqt ketadi. Bu ishi uchun u har kuni 30 dollar ishlaydi. Alloh taolo ana shunaqangi burundan ato etsa millioner bo‘lib ketish hech gap emas. * Yarim kechada katta yo‘lda yo‘rg‘alab ketayotgan tipratikanni katta tezlikda kelayotgan mashina to‘satdan bosib ketdi. Ammo haydovchi mashinadan tushib qarasa kirpivoy hali tirik ekan. Uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizdi. Axir, Angliyada bemor tipratikanlar davolanadigan 200 o‘rinli shifoxona bor-da! * AQShning Texas shtatida ilonxo‘r qushlar ancha tadbirkor ekanlar. Uyalari iflos bo‘lganini sezib qolishsa, yegani olib kelgan ilonlarni uyalariga qo‘yib yuborishar ekan. Ilon jahl bilan uyadagi barcha chiqindilarni yamlamay yutishga tusharkan. Qarabsizki, uya yog‘ tushsa yalaguday top-toza bo‘lib qoladi. Hindistonlik 70 yoshli Gauri Banerji ismli odam 25 yildan beri ko‘rmas edi. Bir kuni eshik kesakisiga boshini qattiq urib olgach, u ko‘ra boshladi. Ammo, buni qarangki, kuchli zarb natijasida bechora kar bo‘lib qoldi. Lekin, bundan ruhini tushirmagan janob Banerji garanglik ko‘zi ojizlikdan ko‘ra afzalroqdir, dedi.
|