YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:41
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 7
MEXMON 7
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Август » 28 » Xotirani “charxlash” usullari
18:01
Xotirani “charxlash” usullari
Xotirani “charxlash” usullari

Xotirangiz kerakli ma’lumotlarni eslab qolishda pand berayaptimi? Sizda tanishlaringiz ismini unutib qo’yish hollari tez-tez uchrab turadimi? Quyidagi holatlar balki sizga juda tanishdir: nima haqdadir gapirmoqchi bo’lasiz, lekin u kutilmaganda esingizdan chiqib ketadi; fikringizning o’rtasida aslida o’zi nima haqda o’ylayotganingizni hech eslay olmaysiz. Agar shu muammolardan birortasi sizga tegishli bo’lsa, maqolani o’qishda davom etavering. Bu maqola orqali siz qanday qilib xotirani mustahkamlashni bilib olasiz.


  • Bizning xotiramiz cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Agar biz shu imkoniyatlarni kengaytiruvchi usullarni qanchalik ko’p mashq qilsak, kerakli ma’lumotlarni eslab qolishimiz shunchalik osonlashadi.

  • Miyamizda 3 turdagi xotira mavjud va ular o’z vazifasini turli yo’sinda bajaradi. Masalan:

  • - Tasodifiy xotira hayotimizdagi sodir bo’ladigan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni turli his-tuyg’ular bilan bog’liq holda saqlab qoladi.

  • - Semantik xotira bizni o’rab turgan olam haqidagi, turli so’zlar va ularning ma’nolari to’g’risidagi umumiy bilimlarni o’z ichiga oladi.

  • - Takrorlanib turuvchi xotira esa bizga doimiy amallarni bajarishimiz uchun imkoniyat beradi.

  • Xotiraning pasayishi nimadan kelib chiqadi?

  • Buning bosh sababi atrofimizda har kuni ro’y beradigan chalg’ituvchi voqea-hodisalardir. Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, bir kunda hech bo’lmaganda mingta reklama namoyish qilinadi va bu chalg’itish uchun yetarli bo’ladi. Quyidagilarni ham sabab sifatida ko’rsatish mumkin:

  • 1. Gipertoniya – agarda qon bosimingiz yuqori bo’lsa, sizda xotirangiz pasayishi va ruhan og’irlashish ehtimoli ko’proq bo’ladi.

  • 2. Diabet – gipertoniya kabi miyamizning anglash, tushunish, o’rganish funksiyasini pasaytirishda katta rol o’ynaydi, bu holat asosan yoshi katta ayollar orasida ko’proq uchraydi.

  • 3. B12 vitamini yetishmasligi – agar sizning kunlik ovqatingizda yetarlicha B12 vitamini bo’lmasa, xotirangiz zo’riqishlarni osongina qabul qiladi. Boshqa oziq bo’ladigan moddalar yetishmasligi esa miya qo’shimcha funksiyasining susayishiga olib kelishi mumkin.

  • 5. Zaharlanish – shunaqangi zaharlovchi moddalar borki, insonning miya funksiyasini susaytirish bilan birga narkotikaga yo’liqtiradi.

  • 6. Klimaks davri (Ayollarda hayz ko’rishning butunlay to’xtashi) – ha bu to’g’ri, qadrli ayollar! Bu vaqt davomida siz xotira funksiyasi va fikrni jamlash bilan bog’liq talaygina muammolarni boshingizdan o’tkazishingiz mumkin.

  • Xotirtamiz qanday ishlaydi?

  • U avvalambor ma’lumotni ko’rish, hidlash, tegish, eshitish orqali saqlab qoladi. Ma’lumotni uzoq vaqtli xotiraga saqlab qo’yishdan oldin qisqa muddatli xotirada vaqtinchalik ma’lumotlar almashiniladi. Miyaning ma’lumotlarni avtomatik ravishda ro’yxatga olish tizimi yo’q. Eslab qolish qobiliyati yaxshi bo’lishi uchun ma’lumot xotirada kodlashtirilgan bo’lishi kerak.

  • Ma’lumotni qanday kodlashtirishimiz mumkin?

  • Bu uslubni siz maktabdan beri bilsangiz kerak: esda saqlab qolishni xohlagan narsani ifodali o’qish va uni hech bo’lmaganda bir marta qaytarish. Bu tez-tez uychraydigan holat. Masalan, biz telefon raqamini, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o’qisak, ularni eslab qolishimiz oson bo’ladi.

  • Aynan shu uslubdan murakkabroq ma’lumotlar uchun ham foydalansak, qanchalik samarali natija berishi mumkin? Masalan nutqni yod olish haqida nima deysiz? Uni takrorlayverish shak-shubhasiz foydali bo’lib chiqadi – nutqiningiz ustida qanchalik ko’p ishlasangiz, har bir qatorni eslab qola olasiz.

  • Yana bir foydali usul: ma’lumotlarni guruhlarga ajratish va ularni tanish biror narsa bilan bog’lab, eslab qolish. Uzunroq matnni tezroq yod olish uchun esa mutaxassislar quyidagilarni tavsiya qilishadi:

  • 1. O’qiyotgan ma’lumotingizning ko’rinishini miyangizda yarating. Ularni tasavvur qila olganingizda siz ma’lumotni yanada osonroq esda saqlab qolasiz.

  • 2. Kulgili yoki bema’ni biror narsa haqida o’ylang. Keyin shu ifodani o’qiyotgan narsangizga bog’lang. Bu sizga xotiralaringizni hissiyotlarga bog’lashga imkon beradi.

  • Agar sizda xotira susayishi kuzatilayotgan bo’lsa, bu holni yaxshilash uchun qo’llaniladigan bir qancha usullar mavjud:

  • 1. Vaqtingizni o’zingizni qiziqtiradigan ruhiy, xayoliy amallar bilan shug’ullanishga sarflang.

  • 2. Ovqatlanish tartibiga va ovqat tarkibiga e’tibor bering. Bilasizmi, miyamiz tana og’irligining atigi 2%ini tashkil qiladi, lekin biz qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarning 20%ini iste’mol qiladi. Umumiy qoidalarga ko’ra, siz qimmat ozuqaviy qo’shimchalarga muhtoj emassiz. Shuning uchun “yomon narsalar” iste’mol qilmayotganingizga ishonch hosil qiling.

  • 3. Miya tananing bir qismi ekanligini unutmang. Tanangiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam bera oladi.

  • 4. Mashqlarni ko’tarinki ruhda va kelajakka bo’lgan katta ishonch bilan bajaring. Tashqi hodisalar ta’siridan yoki o’z fikrlaringiz tomonidan zo’riqtirilganligidan qat’iy nazar, asabiylashish va xavotirlanish nerv xo’jayralarimizni halok qiladi va yangi bittasi yaralishiga to’sqinlik qiladi. Bunga misol tariqasida surunkali ruhiy zarbani ko’rsatishimiz mumkin. Miyangizdagi nerv xo’jayralarining qanchalik uzoq yashashi siz ulardan qanday foydalanishingizga bo’gliq.

  • 5. O’rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining sababi ham yashab turgan muhitimizni o’rganish, o’zgartirish. Bu miyangizni tez-tez yangi g’ayrat, faollik bilan harakatga undang deganidir.

  • 6. Bilamizki, biz sayyoramizdagi o’zini-o’zi nazorat qila oladigan, boshqara oladigan yagona tirik mavjudotmiz. Hayotingizda zabt etishingiz mumkin bo’lgan cho’qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni uyg’otuvchi so’zlar, nutqlarni tinglang. Maktab, kollejni, oliy o’quv yurtini tugatgandan keyin ham har doim izlanishda davom eting, bunda yoshingizning ahamiyati yo’q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko’rinadi.

  • 7. Tadqiqot olib boring, sayohat qiling. Turar joyni o’zgartirib turish sizni muhitga ko’proq e’tibor berishga undaydi. Yangi qarorlar qiling, miyangizni ishlating.

  • 8. Miyangizni tashqi manbalarga ko’ra ishlatmang. Kino yulduzlari, siyosatchilar, aqlli qo’shningizga ko’ra ham emas. O’z qarorlaringizni o’zingiz qabul qiling va hattoki xatolarni ham. Harakatlaringizdan to’g’ri xulosa chiqaring. Shu yo’sinda siz o’z miyangizni mashq qildirib borasiz, qo’shningiznikini emas.

  • 9. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va tez-tez kulib yurishga odatlaning.

  • 10. Ayollar uchun har hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi.

  • 11. Yangi til o’rganish - izlanishlar shuni ko’rsatadiki, o’z tilini ham yaxshi bilmaydiganlar yoki xorijiy tillarni bilmaydigan odamlar xotira pasayishi kasaliga nisbatan ko’proq duchor bo’lishadi.

  • Hozirdan kurashni boshlang va bugunning o’zidayoq yuqoridagi usullardan hech bo’lmaganda bittasini yaxshilashga harakat qiling!

Категория: Психология | Просмотров: 5846 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 4.5/4
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz