TAOMINI KO‘RIB, BAHO BERING Psixologlarning fikriga ko‘ra, yegan taomiga qarab, kishining fe’l-atvoriga baho berish mumkin ekan. Tadqiqotdan ma’lum bo‘ldiki, achchiqni muttasil iste’mol qiluvchilar o‘zlarini ko‘proq o‘ylaydigan xudbinlar ekan. Qandolatchilik mahsulotlari oldida o‘zini tiyolmaydiganlar anchagina romantik bo‘lib chiqdi. Sho‘rtakni yaxshi ko‘ruvchilar ijod qilishga moyil. Oldiga nima qo‘yilsa yeydigan kishilarga berilgan ta’rif barchani hayratda qoldirdi: bugun rahmdil va aziz, ertaga esa naq iblisning o‘zi. Ikkinchi va uchinchi guruhga mansub bo‘lgan ma’qulroq, birinchi va to‘rtinchi toifaga kirishdan Xudo asrasin!