Статистика |
XOZIR SAYTDA 10 MEXMON 10 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 18 » QIZIQ
|
Odam tanasi
Odam tanasining 60% suvdan iborat bo`lib, u quyidagicha taqsimlangan: * yog` to`qimalari umumiy og`irligining 20%, * suyaklarning 25%, * jigarning 70%, * muskullarning 75%, * qonning 80% va * miya umumiy og`irligining 85% ni suv tashkil qilar ekan.
Inson o`z og`irligining 1% ga teng miqdorda suv yo`qotsa, chanqoq his qiladi. 5% dan ko`p suv yo`qotish insonning hushidan ketishiga, 10% dan ko`p yo`qotishi esa qurish tufayli o`limiga sabab bo`lishi mumkin.
Inson organizmida 700 dan ortiq fermentlar ishlab chiqariladi.
Bilasizmi, aslida eng «bag`ritosh» erkaklar ham kuniga 1-3 ml ko`z yosh to`kar ekan. Nima uchunligini bilasizmi? Inson ko`z yosh bezlari tomonidan doimo ko`z yosh ishlab chiqariladi va u ko`z shilliq qavatini havo va changdan himoya qilar ekan.
Inson tanasi 100.000.000.000.000 = 1014 (yuz trillion) dan ortiq hujayradan iborat. Filda esa bu raqam 6.500.000.000.000.000 = 65●1014 (olti yarim kvantrillion) ni tashkil etadi.
Inson organizmining asosiy tashkil etuvchi elementlar kislorod, uglerod, vodorod va azot hisoblanadi. Katta yoshli odamning organizmida ularning miqdori 70 kg atrofida. Bundan tashqari suyaklarning mustahkamligini ta'minlovchi kalsiy va fosfor birgalikda taxminan 2 kg ni tashkil etadi. Temir moddasi esa atigi 6 grammni tashkil etishiga qaramay, gemoglabinning asosiy tashkil etuvchisi bo`lgani tufayli inson tanasi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi.
Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi 100000 km ni tashkil etadi.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1103 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 3.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|