Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 16 » Yuksak sevgi...
|
May kunlaridan biri.Endigina tong otmoqda.Quyosh chiqqancha yo’q hali,tashqari asta-sekin oqara boshlagan.Men o’rnimdan turib, shirin uyqaga cho’mgan sokin yuzingga tertulib o’tiribman.Ayniqsa uhlab yotganingda yana ham go’zal bo’lar ekansan. Yuzingga tushib turgan soch tolalari ham, nazokat va erkalik bilan balqib turgan lablaring ham –bularnning barchasi beqiyos go’zallik kasb etgandi.Uyqungni buzishga jur’at qilolmay, va go’zallagingdan zavqlanib yoningda o’tiribmanu,sendan sira kozimni uzolmayman…Sarhadlarda quyosh ko’rina boshlaydi va daqiqama-daqiqa xonangni yorqin yorug’lik bilan to’ldiradi.Quyosh nurlari asta-sekin , qadam-baqadam senga yaqinlashib keladi va sen yuzingga tushgan quyosh nuridan yuzlaringni burishtirib bahorning bulutsiz tongidagi osmonday zangori ajoyib ko’zlaringni ochasan.Va quyosh ko’zlaringda aks etib, ularga sehrli va maftunkor yarqiroqlik bag’ishlaydi. Men biroz o’zimga kelib, senga xayrli tong tilayman.Hayotbaxsh tabassumla karashmali kerishib sen ham menga shuni tilaysan.Shu qarashlar va tabassum uchun men hayotdagi hamma narsani senga berishga tayyorligimni tushunib yetaman. Mana shu shirin daqiqalardan mangu zavqlanish uchun vaqtni to’xtata olmay, hech kimga aytmagan dil so’zlarimni faqat senga aytishga qaror qilaman.Sekin, arang shivirlab, ko’zlaringga tikilgan holda seni sevishimni aytaman.Shu soniyalarda sening maftunkor ko’zlaring yarqirab ketdi.Yo’q, ko’zlaringdagi bu chaqnoqlik quyoshning aksi emas, balki shu asnoda dunyodagi eng baxtiyor odamning quvonchli jilvalari edi.Sen tezgina egilib, meni shunday qattiq quchoqlab oldinki, meni bundan keyin sira qo’yib yubormoqchi emasday.Shunda shivirlab meni qattiq sevishingni aytding.Seni erkabgina o’pib ohista bag’rimga bosdim.Quyosh bizning baxtiyor yuzimizni yoritib turardi.O’sha daqiqalarda bizga hech kim hech qachon bizchalik baxtiyor bo’lmaganday tuyulardi.Vaqt o’z yurishini to’xtatib qo’ydi va keyinchalik umuman to’xtab qoldi.Soat millari to’xtab qoldi, atrofga sukunat cho’kdi, endi ikki yuraklarimizning dukkilab urishidan boshqa narsani eshitmas edik.Dunyo go’yo ikkimiz uchun mavjuddek edi. Xuddi shu damlarda qayerdadir uzoqdan tanish qo’ng’iroq ovozi eshitilib, faqat o’zimiz kashf etgan tinch, osoyishta rohat – farog’atimizni buzib yubordi.Sen meni istar-istamas bag’ringdan bo’shatib deding: “Kechirasan… va alvido”.Va mening bag’rimda tongi tumandek yo’q bo’lib ketding. Qo’ng’iroq yana ham qattiqroq jaranglardi.Men ko’zimni ochib, budilnik turgan stolga yaqin keldim.Soat millari to’ppa – tog’ri 6:30 ni ko’rsatib turardi.Osmonni qo’ng’ir bulutlar qoplab olgan va shivalab yog’ayotgan yomg’ir deraza oynasini sekin tiqillatib turardi.Odamlar boshlarini zontik tagiga olgan holda, halqob suvlarni chetlab o’tib,menga noma’lum bo’lgan tomonga ketib borardilar.Joyimda qotgan holda so’nggi daqiqalarda boshdan kechirganlarim haqida mulohaza yuritishga harakat qilaman.Uyqum butunlay uchganidan keyin ko’rgan tushim men bilan qanchalik qattiq hazillashganini tushundim.Meni yolg’iz , bir me’yordagi hayotimdan uzoqlashtirib, boshimdan favqulodda sira kutilmagan hayajonlar sharsharasini quydi, qachonlardir unutilib ketgan g’alati tuyg’ularimni esimga tushurib, so’ngra tag’in bir siltov bilan bu go’zal, nafis, ta’sirchan olamdan sug’urib oldida, yana ko’pdan beri bunchalik go’zallik bo’lmagan yolg’izlik olamimga tashladi. Uyqum uchdi,biroq uning go’zal, sirli boqishlari, hayotbaxsh tabassumi va baxtdan chaqnagan o’tli boqishlari yodimda qoldi.Kunlar ketidan kunlar o’taveradi, hayot davom etaveradi,lekin baribir bu tush bir kun haqiqatga aylanib, bu go’zal tong, bu unutilmas izhorlar yana hayotimga qaytib kelishi umidi umrim davomida men bilan birga bo’ladi. PrezidenT[Gamer]
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1457 |
Добавил: BioHazarD
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|