Najib Fozil kemada kitob o‘qib ketayotgan ekan. Muxlislaridan biri yaqinlashib: - Ustoz, dunyoga payg‘ambar yuborishning nima keragi bor edi? Alloh aql berib qo‘yibdi, yo‘limizni o‘zimiz ham topib olardik, - debdi. Najib Fozil kitobdan bosh ko‘tarmay javob beribdi: - Kemaning nima keragi bor. Dengizdan o‘zing suzib o‘taver!..