Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Август » 7 » UMID
|
Bir xonada to‘rtta sham sokin yonardi. Xonada, shu qadar sokinlik hukm surar ediki, ular orasidagi shivirlashlar ham bemalol eshitilardi. Birinchi sham «Men – tinchlikman» debdi. «Afsus, hech kim meni doim yonib, atrofimga yorug‘lik sochib turishimga yordam bermayapti. Endi esa so‘nish arafasida turibman»… va u sokingina qorong‘ilikka ko‘milibdi… Ikkinchi sham «Men – Iymonman» debdi. «Ammo, endi kerak ekanligimga ishonmayman… yonib turishimning ham hech bir qiymati yo‘q»,derkan, yengil shabada unining yorug‘ligini ham so‘ndiribdi… Uchinchi sham juda xafa ko‘rinardi. «Men – Sevgiman, lekin atrofimga yorug‘lik sochishga kuchim qolmadi. Insonlar meni doim bir burchakka surib qo‘yishadi. O‘zlariga eng yaqin bo‘lganlarni ham sevmay qo‘ydilar...» deya sevgi shami ham so‘nibdi… Shu vaqt xonaga bir bola kiribdi. Uch shamning so‘nganini ko‘rib sababini so‘rabdi va afsuslanib yig‘labdi. Shunda, to‘rtinchi sham yumshoq, tinchlantiruvchi tovush bilan bolani yig‘lashdan to‘xtashini so‘rabdi. «Qo‘rqma, men atrofimga yorug‘lik sochib turar ekanman, boshqalar yangidan yonishadi va ular ham yoritishni davom ettirishadi, zero men UMIDMAN!». Ko‘zlari porlagan bola umid shamini olib boshqa shamlarni birma-bir yoqibdi… Ichingizda umid shamini also so‘ndirmang! Boshqa so‘nish atrofida bo‘lgan uch shamning ham davomli yoniq qolishi uchun harakat qiling…
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1007 |
Добавил: 6300best
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|