SESHANBA, 2026.01.27, 04:58
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
saodat asri qissalari
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:28 | Сообщение # 51
Группа: Удаленные





"Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu
anhumlardan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh (s.a.v) aytdilar: "Alloh azza
va jalla": Azizlik izorim kibriyo
ridoimdir. Kim (bu ikkisi) Men bilan
talawsa uni azoblayman deydi.(Muslim rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:28 | Сообщение # 52
Группа: Удаленные





Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi: Payg'ambar (s.a.v)
aytdilar: "Jannat bilan Dözax talawib
qoliwdi. Dözax Zörovon va mutakabbir
kimsalar menda degan edi, Jannat Zaif
va miskin musulmonlar menda dedi. Alloh ular orasida ajrim qilib dedi:
Jannat sen mening rahmatimsan sen
orqali xohlagan bandalarimga rahm
qilaman. Dözax sen mening azobimsan
sen orqali xohlagan bandalarimni
azoblayman. Ikkingiz ham tölib towasiz." (Muslim rivoyati)
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:29 | Сообщение # 53
Группа: Удаленные





Horisa ibn Vahb roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi: "Rasululloh (s.a.v) ning:
Sizlarga dözax ahli kimlar ekanini xabar
qilaymi ular qöpol, yaxwiliklardan
tösuvchi va mutakabbir kimsalardir
deganlarini ewitganman". (Buhoriy va Muslim rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:29 | Сообщение # 54
Группа: Удаленные





Ibn Umar roziyallohu anhumodan
rivoyat qilinadi: " Rasululloh (s.a.v) ning:
Kimki özini bowqalardan afzal deb bilsa
yoki kibr havo bilan yursa Alloh taborak
va taoloni g'azablangan holda
uchratadi.Deganlarini ewitdim " (Tabaroniy rivoyati)
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:30 | Сообщение # 55
Группа: Удаленные





Abu Hurayra roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi: " Rasululloh (s.a.v)
aytdilar: Menga dözaxga birinchi bölib
kiradigan uch toifa körsatildi. Zolim
amir, Molidagi Alloh haqini ado
qilmaydigan boy va Mutakabbir kambag'al." (Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:31 | Сообщение # 56
Группа: Удаленные





Ibn Umar roziyallohu anhumodan
rivoyat qilinadi: " Rasuli Akram (s.a.v)
aytdilar: Kimda kim takabburlik qilib
kiymini sudrab yursa qiyomat kunida
Alloh unga qaramaydi." (Buhoriy
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:31 | Сообщение # 57
Группа: Удаленные





Salama ibn Akva' roziyallohu anhudan: "
Bir kiwi Rasululloh (s.a.v) ning
huzurlariga chap qöli bilan taom yedi.
Öng qölingda ye dedilar, yeyolmayman
dedilar. Wunda Nabiy: Yeyolmay qol
dedilar. Uni öng qölda yeyiwdan faqat kibr tösib turgan edi.Wundan keyin u
öng qölini og'ziga olib borolmaydigan
bölib qoldi. " (Muslim rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:32 | Сообщение # 58
Группа: Удаленные





Ayrim salafi solihlar aytganlarki Allohga
osiylik qilib sodir etilgan birinchi gunoh
kibrdir. Alloh taola aytadi: " (Ey
Muhammad alayhissalom) eslang biz
farishtalarga odamga tazim qiling
deyiwimiz bilan ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib kofirlardan
böldi." (BAQARA surasi. 34 oyat). Kimki
Iblisga öxwab haqdan kibr qilsa uning
iymoni befoydadir
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:32 | Сообщение # 59
Группа: Удаленные





Bandalardan ilmi tufayli takabburlik
qiladigan va özini bowqalardan afzal
deb biladigan kimsa eng yomon
mutakabbirdir. Uning ilmi ham
befoydadir. Zero kimki oxirat uchun ilm
talab qilsa ilmi uni bosiq tavozeli qilib qöyadi qalbi xuwuga töladi va nafsi
xotirjam böladi. Ilm uning nafsiga
qöriqchi posbon bölib oladi va yalqovlik
qilmasdan har vaqt uni nazorat qilib
hisob kitob qilib turadi. Bordi-yu
g'aflatda böyin tovlaydi va halok etadi. Kimda kim faxrlanish boshliq bölish
musulmonlarni ahmoq qilish
masxaralash va özini ustun qöyish
uchun ilm talab qilsa yuqoridagi oyat va
hadislarga aytilganidek jannatga
kirmaydi ".
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:33 | Сообщение # 60
Группа: Удаленные





LA HAVLA VALA QUVVATA ILLA BILLAH
ALIYYUL A'ZIM...Kuch va quvvat buyuk
va oliy Allohnikidir.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:36 | Сообщение # 61
Группа: Удаленные





Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Kimki dunyoda ipak kiysa, oxiratda
kiymaydi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Bu hukm barcha erkaklarga taalluqli.
Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytganlarki: «Tilla va ipak kiyish
ummatimning erkaklariga harom,
ayollarga esa halol
qilindi» (Termiziy rivoyati) Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu
aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bizni tilla va
kumush idishda ichish va yeyishdan,
ipak va diyboj (kimxob) kiyish va unga
o‘tirishdan qaytardilar» (Buxoriy
rivoyati). Qaysi erkak ipak kiyishni halol deb bilsa,
u
kofirdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam
esa faqatgina qichima, qo‘tir yoki
boshqa kasali bor odamlarga va dushman bilan
olishayotgan
jangchilarga ipak kiyishga ruxsat
berganlar. Anas
roziyallohu anhu aytadilar: «Zubayr va
Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhumo
qichima bo‘lganlari sababli, Rasululloh
sollallohu
alayhi vasallam ularga ipak kiyishga
ruxsat
berdilar» (Muttafaqun alayh). Biroq erkaklarning ziynat uchun ipak
kiyishlari
haromligiga musulmonlar ijmo’
qilishgan. Tarkibining ko‘p qismini ipak
tashkil etgan
kiyimlar ham haromdir. Shuningdek, erkaklarga tilla
buyumlardan
foydalanish ham haromdir. Binobarin,
tilla uzuk,
tilla ayil, tilla dastali qilich ishlatish ham
mumkin emas. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam bir kishining qo‘lida tilla
uzukni ko‘rib, uni yechib
olib: «Sizlardan bir kishi do‘zaxdan bir
bo‘lak
cho‘qqa intiladi-da, uni qo‘liga taqib oladi»,
deganlar (Muslim rivoyati). ar jiyakli, tilla bilan oro berilgan
liboslarni kiyish
ham erkaklar uchun haromdir.
Ulamolar yosh bolaning tilla va ipak
kiyishi joiz-
nojoizligi xususida ixtilof qilishgan. Bir toifa
ulamolar bunga ruxsat bergan bo‘lsalar,
qolganlari joiz emas, deb bilganlar va
Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamning ushbu hadisini
hujjat qilib keltirganlar: «Bu ikkisi (ya’ni, tilla va
ipak) erkak ummatimga haromdir» (Abu
Dovud
rivoyati). Hadisi sharifdagi hukm yosh bolalarga
ham
taalluqli. Bu Imom Ahmad va boshqa
ulamolarning fikridir.
Allohdan O‘zi suygan va rozi bo‘lgan
narsalarga muvaffaq etishini so‘ramiz. Albatta, U
saxiy,
marhamatli zotdir.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:36 | Сообщение # 62
Группа: Удаленные





Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Kimki dunyoda ipak kiysa, oxiratda
kiymaydi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Bu hukm barcha erkaklarga taalluqli.
Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytganlarki: «Tilla va ipak kiyish
ummatimning erkaklariga harom,
ayollarga esa halol
qilindi» (Termiziy rivoyati) Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu
aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bizni tilla va
kumush idishda ichish va yeyishdan,
ipak va diyboj (kimxob) kiyish va unga
o‘tirishdan qaytardilar» (Buxoriy
rivoyati). Qaysi erkak ipak kiyishni halol deb bilsa,
u
kofirdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam
esa faqatgina qichima, qo‘tir yoki
boshqa kasali bor odamlarga va dushman bilan
olishayotgan
jangchilarga ipak kiyishga ruxsat
berganlar. Anas
roziyallohu anhu aytadilar: «Zubayr va
Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhumo
qichima bo‘lganlari sababli, Rasululloh
sollallohu
alayhi vasallam ularga ipak kiyishga
ruxsat
berdilar» (Muttafaqun alayh). Biroq erkaklarning ziynat uchun ipak
kiyishlari
haromligiga musulmonlar ijmo’
qilishgan. Tarkibining ko‘p qismini ipak
tashkil etgan
kiyimlar ham haromdir. Shuningdek, erkaklarga tilla
buyumlardan
foydalanish ham haromdir. Binobarin,
tilla uzuk,
tilla ayil, tilla dastali qilich ishlatish ham
mumkin emas. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam bir kishining qo‘lida tilla
uzukni ko‘rib, uni yechib
olib: «Sizlardan bir kishi do‘zaxdan bir
bo‘lak
cho‘qqa intiladi-da, uni qo‘liga taqib oladi»,
deganlar (Muslim rivoyati). ar jiyakli, tilla bilan oro berilgan
liboslarni kiyish
ham erkaklar uchun haromdir.
Ulamolar yosh bolaning tilla va ipak
kiyishi joiz-
nojoizligi xususida ixtilof qilishgan. Bir toifa
ulamolar bunga ruxsat bergan bo‘lsalar,
qolganlari joiz emas, deb bilganlar va
Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamning ushbu hadisini
hujjat qilib keltirganlar: «Bu ikkisi (ya’ni, tilla va
ipak) erkak ummatimga haromdir» (Abu
Dovud
rivoyati). Hadisi sharifdagi hukm yosh bolalarga
ham
taalluqli. Bu Imom Ahmad va boshqa
ulamolarning fikridir.
Allohdan O‘zi suygan va rozi bo‘lgan
narsalarga muvaffaq etishini so‘ramiz. Albatta, U
saxiy,
marhamatli zotdir.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:38 | Сообщение # 63
Группа: Удаленные





Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, mol-
dunyolaringiz va bola-
chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan
(ya’ni,
Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib
qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana
o‘shalar ziyon ko‘rguvchi
kimsalardir!» (Munofiqun surasi, 9).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:39 | Сообщение # 64
Группа: Удаленные





Mufassirlar aytganlarki, oyatdagi
Allohning
zikridan murod besh vaqt namozdir. Kimki
namozni vaqtida o‘qishdan tijoratdagi,
oldi-
sotdidagi, kundalik hayotidagi mol-
dunyosi yoki
farzandlari sababli mashg‘ul bo‘lib qolsa, u ziyonkorlardandir.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytadilar:
«Bandaning qiyomat kunida birinchi
hisob-kitob
qilinadigan narsasi namozdir. Agar (namozi)
durust bo‘lsa, boshqa amallari ham
durust bo‘ladi.
Bordi-yu, (namozi) yaroqsiz bo‘lsa,
qolgan amallari ham yaroqsiz
bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:40 | Сообщение # 65
Группа: Удаленные





Alloh taolo do‘zax egalari haqida xabar
qilib
deydi: «(Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni
nima Saqarga
kiritdi?» (deganlarida): Ular ayturlar:
«Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik.
Miskin-
bechoraga taom berguvchi ham
bo‘lmadik.
Bizlar (botil-behuda so‘zlarga)
sho‘ng‘uvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni,
Qur’on va Payg‘ambar xususida tuhmat-
yolg‘onlar to‘qir edik). To bizlarga aniq
(o‘lim)
kelgunicha bizlar Jazo – Qiyomat kunini
yolg‘on der edik». Endi qo‘llaguvchilarning
qo‘llovi
ularga foyda bermas!» (Muddassir surasi,
42–48)
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:41 | Сообщение # 66
Группа: Удаленные





Sahihul Buxoriy»da rivoyat qilinishicha,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
shunday
deganlar: «Kimki asr namozini tark etsa,
uning
amali aniq habata bo‘libdi (ya’ni, behuda ketibdi)
».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Namozni tark etmagin. Zero,
kimki namozni
qasddan tark etsa, darhaqiqat, undan Allohning
zimmasi (himoyasi) soqit
bo‘ladi» (Tabaroniy
rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Insonlarga qarshi ular to Allohdan
o‘zga iloh
yo‘q va Muhammad Allohning elchisidir,
deb guvohlik bermagunlaricha, namozni
qoim
qilmagunlaricha va zakotni
bermagunlaricha jang
qilishga buyurildim. Agar shuni qilsalar,
mendan qonlari-yu mollarini saqlagan bo‘ladilar. Biroq,
islom haqi bundan muntasno. Ularning
hisobi
Allohga havola» (Muttafaqun alayh). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
«Kimki namozni muhofaza qilsa,
qiyomat kunida
u uchun (namozi) nur, hujjat va najot
bo‘ladi. Kimda-kim uni muhofaza qilmasa, unga nur ham,
hujjat ham, najot ham bo‘lmaydi va u
qiyomat
kunida Qorun, Fir’avn, Homon hamda
Ubay ibn
Xalaflar bilan birga bo‘ladi» (Imom Ahmad
rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:41 | Сообщение # 67
Группа: Удаленные





Ayrim ulamolar aytishlaricha, «Namozni
tark etgan kimsa ana shu to‘rt mal’un
bilan birga
qayta tiriladi. Chunki uni namozdan yo
molu
davlati, yo mulk-saltanati, yo vazirlik- mansabi va
yo tijorati mashg‘ul qilgan. Kimki
namozdan molu
davlati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Qorun
bilan
birga tiriladi.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:42 | Сообщение # 68
Группа: Удаленные





Kimki namozdan mulk-saltanati sababli
mashg‘ul
bo‘lsa, u Fir’avn bilan birga tiriladi.
Kimki namozdan vazirlik – mansabi
sababli
mashg‘ul bo‘lsa, u Homon bilan birga tiriladi.
Kimki namozdan tijorati sababli
mashg‘ul bo‘lsa,
u Makkadagi kofirlarning tijoratchisi
bilan birga tiriladi».
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:42 | Сообщение # 69
Группа: Удаленные





Umar ibn Xattob roziyallohu anhu
jarohatlangan
vaqtlarida: «Ey amiral mo‘minin, namoz
(ya’ni,
namozni o‘qib oling)», deyishdi. Shunda
u zot roziyallohu anhu: «Ha, to‘g‘ri. Namozni
zoe qilgan
biron bir kishi uchun Islomda nasiba
yo‘q», dedilar-da namozni o‘qidilar.
Jarohatlaridan esa
qon oqib turardi.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:43 | Сообщение # 70
Группа: Удаленные





Abdulloh ibn Shaqiq Tobi’iy roziyallohu
anhu
deydilar: «Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning sahobalari namozdan
boshqa hech
bir amalni tark etishni kufr deb hisoblamasdilar» (Termiziy rivoyati).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:43 | Сообщение # 71
Группа: Удаленные





Ibrohim Naxa’iy va Ayyub Sahtiyoniylar
ham shu
gapni aytishgan. Avn ibn Abdulloh
deganlar:
«Agar banda qabriga qo‘yilsa, birinchi
bo‘lib so‘raladigani – namozdir. Agar namozi
yaroqli
topilsa, uning boshqa amallariga
qaraladi. Bordi-
yu, yaroqli deb bo‘lmasa, undan keyin
boshqa biron amaliga qaralmaydi».
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:43 | Сообщение # 72
Группа: Удаленные





Ibn Hazm: «Shirkdan keyin namozni
vaqtidan
kechiktirish va mo‘minni nohaq
o‘ldirishdan
ko‘ra ulkanroq gunoh yo‘q», deganlar.
Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida birinchi
bo‘lib namozni tark etguvchilarning
yuzlari qorayadi. Jahannamda «Lam-
lam» nomli ilonlar
darasi bo‘lib, har bir ilonning yo‘g‘onligi
tuyaning bo‘ynidek, uzunligi bir oylik masofaga
teng bo‘ladi. Ular namozni tark
etguvchilarni
chaqadilar. Uning zahari namozni tark
etguvchining jismida yetmish yil
qaynaydi-da, so‘ng uning go‘shtlari erib tushadi.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:44 | Сообщение # 73
Группа: Удаленные





Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir
ayol Muso
alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey
Allohning
elchisi, men ulkan gunoh qilib qo‘yib,
so‘ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim.
Allohdan
tavbamni qabul qilib, gunohimni
mag‘firat
etishini so‘rab duo qiling», dedi. Muso
alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb
so‘ragan edi, u: «Ey Allohning
payg‘ambari, men
zino qilib, bola tug‘dim-da, so‘ng uni
o‘ldirdim»,
dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey
fojira! Yana kafosating tufayli
osmondan olov
tushib, bizni yondirib yubormasin»,
dedi. Ayol payg‘ambar huzuridan qalbi
o‘ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib:
«Ey
Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba
qilgan
ayolni qaytarib yubording? Undan ko‘ra
yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?»
deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey
Jabroil, undan ham yomonroq kimsa
kim?» deb so‘ragan
edi, «Namozni qasddan tark etgan
kishi», deb javob berdi.
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:45 | Сообщение # 74
Группа: Удаленные





Alloh taolo namozni vaqtidan
kechiktirib
o‘qishdan ogohlantirib aytadi: «So‘ng,
ularning ortidan namozni zoe qiladigan
va shahvatlarga beriladigan kimsalar
o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta
yomonlikka (ya’ni, yomon jazoga)
yo‘liqurlar.
Magar tavba qilib, iymon keltirgan va
yaxshi
amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslarlar). Bas, ular jannatga
kirurlar va
ularga biron zulm qilinmas» (Maryam
surasi, 59– 60).
 
→•ZVERI•←Дата: SHANBA, 2012.12.29, 22:45 | Сообщение # 75
Группа: Удаленные





Ibn Abbos roziyallohu anhumo:
«Namozni zoe
qilgan degani, uni butunlay tark etgani
degani
emas, balki namozni o‘z vaqtidan
kechiktirib o‘qigan deganidir», deganlar.
 
Поиск:

2026 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz